Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

25
 www.naswdc.org/practice - National Association of Social Workers 
26
 International Journal of Social Work and Human Services Practice / Horizon Research Publishing. Vol.3. No.3 
June, 2015, - pp. 109-11. 
27
 Целых М.П. Становление социальной работы и профессионального образования социальных работников в 
США: историко-педагогический аспект / Автореф.дис. доктора педагогических наук. - Ростов-на-Дону, 
2006.-http://www.dissercat.com/content/stanovlenie-sotsialnoi-raboty-i-rofessionalnogo-obrazovaniya 
28
 Ўзбекистон Республикасининг “Кексалар, ногиронлар ва аҳолининг бошқа ижтимоий эҳтиёжманд 
тоифалари учун ижтимоий хизматлар тўғрисида”ги Қонуни // “Халқ сўзи” газетаси, 27 декабрь 2016 йил. 
255 (6690)-сони. 
29
 Большой юридический словарь / Под ред. А. Сухарева, В.Крутских. – М.: Инфра-М, 2004. – С. 456-464. 
30
 Ўлмасов А., Ваҳобов А. Иқтисодиёт назарияси. – Тошкент: Шарқ, 2006. 27-43–бетлар. 
31
 Большой психологический словарь / Под ред. Б.Г.Мещерякова, В.П.Зинченко. - royallib.ru 
32
 Олий таълим. Луғат-маълумотнома / С.С.Ғуломов умумий таҳрири остида. – Тошкент: Молия, 2003. - Б. 
131-136. 


13 
muayyan masalalarda bilimini oshirishni taqozo etadi. Tibbiy chora-tadbirlar
33
esa 
insonni me’yoriy jismoniy sog‘ligini saqlash, mustahkamlash va organizmining 
funksional holatini ta’minlash uchun xizmat qiladi va tug‘ma nuqsonli yoki 
jismoniy jarohat olganlarni me’yoriy hayot tarziga qaytarish uchun olib 
boriladigan tadbirlardan tarkib topgan. Bu borada professor I.Ergashev xizmat 
ko‘rsatish hududiy rivojlan-tirishning amaliy ahamiyati xususida to‘xtalib, “xizmat 
ko‘rsatish tarmoqlariga yo‘l ochish juda katta ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy 
chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan, har bir viloyat ehtiyojlari aniq 
hisobga olingan dasturga ega bo‘lishi va uni muntazam hayotga tatbiq etishi 
maqsadga muvofiqdir”
34
, ‒ deya ta’kidlaydi. 
Agarda, ijtimoiy ishga kasb tariqasida yondashsak, bunda quyidagi ijtimoiy 
majmua namoyon bo‘ladi: 
- “
ehtiyoj+maqsad+motiv+harakat+joriy etilgan kasbiy me’yor = mehnat 
natijasi (ehtiyoj/talabning amaliy qondirilishi
)”. Har qanday faoliyatning 
amaliyotda mavjudligi quyidagi kabi bir qator omillarga bog‘liqdir: motivatsiya; 
mutaxasislar (kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning huquqiy
35
, ilmiy va 
uslubiy jihatlari); moddiy-texnikaviy; ilmiy-uslubiy; moliyaviy; tashkiliy; 
me’yoriy-axloqiy; huquqiy-siyosiy; jamiyatda ijtimoiy buyurtma sifatida ijtimoiy 
yordam olishni namoyon bo‘lishi; axborot; jamiyat hayotini moddiy farovonligi 
va ma’naviy madaniyati. 
Faoliyat esa odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, 
ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, 
shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflanadi. 
M.Basovning ko‘rsatishicha, bunda reaksiya (inson xotirasida saqlanadigan 
ma’lumotlar) va stimulning rivojlanishi alohida mazmun kasb etadi
36
. Masalaga 
strukturaviy-funksional yondashgan holda quyidagicha munosabat bildirish 
mumkin: “
Ijtimoiy ish deganda, insonning fundamental ehtiyojlarini qondirish 
hamda maishiy va ijtimoiy hayot davomida vujudga keladigan ijtimoiy mazmunga 
ega bo‘lgan turli muammolarni bartaraf etish uchun amalga oshiriladigan 
maqsadli amallarning majmuasini tushunish lozim”
37

Ijtimoiy ish rivojlanishining institutsional bosqichgacha bo‘lgan davrida har 
bir mintaqaning o‘z amaliyoti bo‘lib, ushbu amaliyot etnomadaniy, milliy-diniy 
qadriyatlar va me’yorlar tarkibida amal qilgan. O‘z navbatida etnomadaniyatning 
amal qilishida hamkorlik, birdamlik, o‘zaro aloqalarni yarata olish muhim 
hisoblanib, bunda streotipli munosabatlar tarzi alohida o‘rin tutgan. Chunki u 
kasbiy faoliyat hamda maishiy va ijtimoiy hayotda katta ahamiyat kasb etgan. 
33
 Ҳаммабоп тиббиёт қўлланмаси: Оилам соғлом бўлсин десангиз / Муал. Д.Вернер, К.Туман, Ж.Максвел ва 
бошқ. – Қайта нашр. - Тошкент: Ғафур Ғулом, 2011. – 190-213 бетлар. 
34
 Эргашев И. Қишлоқ сиёсий-ижтимоий жараёнлар тизимида (сиёсий-фалсафий таҳлил). – Тошкент: 
Шарқ, 1998. – 78 –бет. 
35
 Топилдиев В.Р. Таълим тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун маъмурий жавобгарлик // 
Андижон давлат университети Илмий ахборотномаси, 2017. 2-сон. 48–51 бетлар. 
36
 Басов М.Я. Поведение личности как предмет изучения. В кн.: Избранные психологическое произведения. – 
М.: Педагогика, 1975. - С. 53. 
37
 Рахмонов Д.А. Ижтимоий хизмат кўрсатишнинг касб сифатида шаклланиши // ЎзМУ хабарлари. – 
Тошкент, 2016. 1/4 – Б. 247. 


14 
Bular bevosita etnomadaniyatning tarkibiy elementlari hisoblanmish 
an’analar, 
qadriyatlar, me’yorlar, marosimlar, udumlar, arxetiplar
kabilarda mujassamlanib, 
sotsiumda hamkorlikni ta’minlash funksiyasini bajaradiki, bu xususda Y.A.Eroxina 
alohida to‘xtalib o‘tgan
38
. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bizning mintaqada 
ijtimoiy munosabatlar jarayonida etnomadaniyatning asosiy tushunchalari o‘z 
mohiyatini yo‘qotmagan. Bunga misol tariqasida “savob”, “gunoh”, “xayr”, 
“sharr”, “ehson”, “sadaqa”, “rahm”, “shafqat”, “harom”, “halol”, “insof” kabi 
tushunchalarni keltirishimiz mumkin. 
Fikrimizcha, ijtimoiy muammolarni samarali hal qilish va ularni ilmiy nuqtayi 
nazardan tadqiq etishda uchta texnologik bosqichga amal qilish lozim. Bular ‒ 
nazariy, 
uslubiy
va 
amaliyot bosqichlari
dir
.
Nazariy bosqichda
ijtimoiy xizmat mijoziga ta’sir etuvchi sabab-oqibat aloqalari 
va munosabatlarini aniqlash, maqsadni qo‘yish va shakllantirish, texnologizatsiyalash 
predmetini aniqlash, tuzilma tarkibiy elementlari o‘rganiladi. 
Uslubiy bosqichda
 
ijtimoiy xizmat obyekti holati to‘g‘risidagi axborotni olish 
yo‘llari va usullari, manbalarini tanlash, shuningdek, uni qayta ishlash va tahlil qilish 
vositalari va usullari, kelgusidagi faoliyati uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqish va 
maqsad shakllantiriladi. 
Amaliyot bosqichida
 
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish, ishlab 
chiqilgan tavsiyalarni tekshirish, taklif qilingan tavsiyalardan foydalanishdagi 
kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish hamda harakatlar algoritmini o‘rnatish bilan 
bog‘liq vazifalarni hal etish ko‘zda tutiladi. 
Ijtimoiy ishni faoliyat tarzida tasnif qilish masalasi ancha murakkab. Chunki 
u ijtimoiy, kasbiy va milliy me’yor hamda qadriyatlar tarkibida, maishiy hayotning 
aralash jarayonlarida o‘z aksini topgan. Shu sababli, ijtimoiy ishni tushuncha 
sifatida talqin etish uchun quyidagilarni inobatga olish lozim: 
- ijtimoiy munosabatlar tarzini tartibga keltirishda tanlangan me’yorlarning hayot 
bilan bog‘liqligi; 
- ijtimoiy muammolarni bartaraf etishni modellashtirish va prognozini amalga 
oshirishda etnomadaniy omillarni inobatga olish; 
- muammolarga aloqador axborotlar, ular tahlili va maqbul qaror qabul qilish 
texnologiyasi; 
- ijtimoiy siyosat darajasidagi chora-tadbirlar, ularning vujudga kelgan talablarni 
qondirishga qaratilganligi; 
- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun ta’lim muassasalarida 
alohida yo‘nalishlarning tashkil etilganligi; 
- jamiyat, turli ijtimoiy guruhlar orasidagi muvozanatni ta’minlay olishi; 
- ma’naviy tushunchaga e’tibor qaratilganligini va boshqalar. 
Ijtimoiy ish faoliyat sifatida bularning barchasining amaliy jihatini aks ettiradi, 
ijtimoiy xizmat turlari va professional kadrlar faoliyati samaradorligini aniqlaydi. 
Texnologik jarayonlarning mohiyati, namoyon bo‘lishidagi o‘ziga xosliklarni 
o‘zlashtirish mutaxassis tayyorlashdagi zaruriy shart va asos hisoblanadi. A.Xolbekov 
38
 Ерохина Е.А. Коммуникативные подход в этносоциологии // Сибириский философский журнал, 2008, т. 6. 
№3. С.109-114. 


15 
va U.Idirovlar ijtimoiy xizmatga “Ijtimoiy xizmat – korxona, muassasa va 
tashkilotning xizmatchilar va ishchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali mehnat 
jamoasini boshqarish sohasi”,
39
deya ta’rif berishgan. Vaholanki, korxona va muassasa 
jamiyat institutlari hisoblanadi. Bu ta’rif xizmat ko‘rsatish qamrovini nisbatan 
chegaralaydi. Birinchidan, oila, tibbiyot muassasalari, muruvvat uylari, mehribonlik 
uylari va boshqalar ham ijtimoiy institut hisoblanib, ularning a’zolariga ham ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy xizmat “mehnat jamoasini boshqarish sohasi” 
emas, balki jamoa a’zolariga beg‘araz yordam berish kasbi hisoblanadi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish