10
atamani shakllantirish) nomli maqolasida ijtimoiy ish falsafasining talqini va uning
tuzilishi, ijtimoiy ish xodimining kasbiy sifatlarini
shakllantirish masalalari,
shuningdek, ijtimoiy ishning inson hayotdan qoniqishini ta’minlashdagi ahamiyatli
jihatlari, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali bartaraf etishda madaniy
me’yorlariga amal qilish lozimligini ko‘rsatadi
14
. Madaniy me’yorlar, yordam
oluvchi va yordam ko‘rsatuvchilarning munosabat tarzini ta’minlab, ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish jarayonining mo‘tadil kechishiga xizmat qiladi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tizim sifatida idrok
etish va uning tarkibiy
qismlarini belgilash uchun ijtimoiy falsafaning qonuniyatlariga tayanishi lozim
15
.
Ijtimoiy ishni tizim tarzida o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy manbalarning nazariy
tahlillariga ko‘ra
16
, ijtimoiy xizmat tushunchasiga uch xil tarzda yondashish holati
kuzatiladi. Tadqiqotlarning
birinchi guruhida
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga ijtimoiy
faoliyatning zamonaviy paradigmasi,
ikkinchi guruhida
–
murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitda fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashning samarali ijtimoiy
texnologiyasi,
uchinchi guruhida
esa, ijtimoiy sohaning prinsipial muhim sektori
sifatida qaraladi.
Ijtimoiy ish tarixini o‘rganish
shundan dalolat beradiki, bu xayrli amaliy
faoliyat, ijtimoiy munosabatlarda ma’naviy komponentlarning amaliy ko‘rinishini
belgilash imkonini beradi. Ijtimoiy xizmat faoliyat turi sifatida dunyoning barcha
mamlakatlarida tobora rivojlanib bormoqda. Masalan, Akiko Mishimaning
ta’kidlashicha, Yaponiyada ijtimoiy xizmatning diniy omil va milliy qadriyatlarga
tayangan
turlari amal qilib kelmoqda
17
. Hindistonda ijtimoiy xizmat nogironlar
tabaqalari, boshpanasizlar hamda mehnat davomida jarohat olganlarga amaliy
yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘lib, B.Vijayalakshmining ma’lumotlariga ko‘ra,
ijtimoiy xizmat ko‘rsatgichlari yil davomida ortib bormoqda. Shuning uchun
mutaxassislarni tayyorlashga institutsional yondashuvni
rivojlantirish zarurati
ortmoqda
18
. Muallif amaliy ijtimoiy yordam ko‘rsatishda milliy va umuminsoniy
madaniyatga tayanishni taklif etadi.
Insoniyatning uzoq o‘tmishida ijtimoiy ish yoki xizmat deb ataluvchi
muayyan tizim bo‘lmagan bo‘lsa-da, biroq bu faoliyatning elementlari qadimdan
mavjud bo‘lgan. Misol uchun, qadimgi Misr ibodatxonalarida ochlarga tekin non
va
boshqa oziq-ovqat turlari, qadimgi Yunoniston va Rimda amal qilgan
14
Paul Force-Emery Mackie. Your Philosophy of Social Work: Developing a Personaland Professional Definition
to Guide Thought and Practice – www.socialworker.com
15
Орозалиев Э.С., Мусаева Н. Философия социальной работы. - Бишкек. 2012. – 246 с.
16
Приступа Е.Н. Социальная работа с лицами с ограниченными возможностиями здоровья. - М.:Форум,
2015. – 160 с.; Актуальні питання теорії та практики соціальної роботи: навч.-метод. посіб. /
О.П.Песоцька, В.І.Степаненко, Н.О.Островська, Н.В.Маркова, Н.Б.Ларіонова, К.В.Ігнатенко та ін. –
Луганськ: Вид-во ДЗ, ЛНУ імені Тараса Шевченка, 2013. – 528 с., Эдилова М.М. Жакырчылык – социалдык
көрүнүш (Өткөөл мезгилдеги Кыргызстандын мисалында) // Филос. илим. д-ру ...дис. – Бишкек, 2001. – 300
б.,
Айтбаева
П.М.
Истоки
социальной
работы
в
культуре
кыргызского
народа
http://topnews.kg/news/view/puti-sozdanija-nacionalnoj-modeli-socialnoj-raboty-v-kyrgyzstane,
Самаров
Р.
Ижтимоий иш назарияси ва амалиётининг илмий-назарий асослари // Замонавий таълим журнали., 7-сон,
2013. 20-23–бетлар.
17
Akiko Mishima Critically Rethinking Postmodern Social Work in Japan: Academic Madness or a Genuine
Alternative? // Japanese Journal of Social Welfare, 2014. 54 (5), Р. 31–40.
18
Vijayalakshmi B. Building Social Work Know ledge: SomeIssues // The Indian journal of social work, Volume 65,
Issue 1, January 2004. – Р. 74–86.
11
filantropik harakatlar, ya’ni kambag‘allashgan aholi qatlamlariga non, kiyim-
kechak
hamda pul tarqatilishi, Qadimgi Xitoyda hamdard bo‘lish va g‘amxo‘rlik
ko‘rsatish
19
kabilarda kuzatish mumkin
20
. Filantropiya
21
beg‘araz axloqni ifodalab,
xayr-ehsonni targ‘ib etishga yo‘naltirilgandir. Qadimgi Rimda imperatorlar bu
ishni faoliyat turi sifatida targ‘ib etib, S.V.Teterskiyning ta’biri bilan aytganda uni
“xalq an’anasiga aylantirgan”
22
.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, diniy ta’limotlarda madad berish bilan
ifodalanadi. Uning ma’naviy-kognitiv tushunchalari tahlili quyidagi yondashuvlar
mavjudligini qayd etadi:
buddizmda
Do'stlaringiz bilan baham: