8. amaliy. Kun tartibini gigienik baholash. Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash. Darsning maqsadi



Download 192,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana23.01.2023
Hajmi192,56 Kb.
#901422
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8. AMALIY. Kun tartibini gigienik baholash. Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash.

 
 
Kun tartibini bolaning yoshiga mos ravishda tuzish. 
Maktab o’quvchilarining kun tartibini tuzishda nerv sistemasining funksional 
biologik ritmi asos qilib olindi. Ko’pchilik sog'lom yosh bolalarda bosh miya yarim 
sharlari qo’zg’alishining yuqori ko’rsatkichlari ertalabki va kunduzgi soatlarda
uning pasayishi esa kechki soatlarda kuzatiladi. Kuzatishlar o’quvchilarning ish 
qobiliyatlari ko’rsatkichlarining o’zgarishini, ya’ni kun davomida bu 
ko’rsatkichning 2 martta ortishini (birinchisi soat 8 dan 12 gacha, ikkinchisi 16 dan 
18 gacha bo'lishini) aniqladi. Ish qobilyatining birinchi ko’tarilishi ikkinchisiga 
nisbatan yuqori va davomliroq bo’ladi. Lekin hamma bolalarda ham yuqori 
bioritmik holat shu oraliqda bo’lmaydi. Masalan, kichik maktab yoshidagi 
bolalarning fiziologik funksiyalarining davriy o’zgarishini maxsus tadqiq qilish 
ularni turli har akterdagi bioritm guruhlariga ajratishga imkon beradi. Birinchi 
guruhni kun mobaynida fiziologik ko'rsatkichlari 2 martta ortidagan bolalar
ikkinchi guruhni esa funksional ko'rsatkichlari kunning o'rtasida bir martta 
ko'tariladigan bolalar tashkil etadi. Uchunchi guruhga yuqori funksional 
qo’zg’alishga ega bolalar, to'rtinchi guruhga esa bu ko’rsatkichlar noto’g’ri 
ko’rinishlarga ega bolalar kiradi. 
O'quvchilarning kun tartibini organizm fiziologik funksiyalarning tabiiy 
ortishi va pasayishi davrlariga mos kelgan ravishda tuzish mumkin.
U quyidagi tarkibiy qismlarni:
1. Maktab va uydagi o‘quv mashg’ulotlarini;


2. Ko’proq ochiq havoda dam olishni;
3. Muntazam va to’laqonli ovqatlanish va ertalabki badantarbiya bilan 
shug’ullanishni; 
4. Gigiyenik jihatdan to’laqonli uyquni;
5. 0’z xohishiga qarab tanlagan mashg’ulotlarga (badiiy kitob o’qish, musiqa 
bilan shug’ullanish, rasm solish va boshqalar) ham vaqt ajratishni o‘z ichiga oladi. 
Kun tartibining noto’g ‘ri bo’lishi, ayniqsa to’yib uxlamaslik bosh miya 
po’stlog’ining tiklanish jarayonlariga hamda o'quvchilarning ish qobiliyatiga ta’sir 
qiladi. 
Gigiyenik jihatdan asoslanib tuzilgan kun tartibi o'quvchining kun bo’yi 
bajaradigan asosiy faoliyati turlarini me’yorlashga, aqliy va jismoniy mehnatini
dam olishini to’g’ri olib borishiga imkon beradi. Maktab dasturi o’quvchilarning 
aqliy faoliyatini jadallashtirishni to’g’ri rejalashtirmas ekan, o’quv jarayoni va 
sog’liqni saqlashda ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin bo’ladi. 
Kun tartibiga qat’iy amal qilmaslik o 4sib kelayotgan organizmga juda yomon 
ta’sir ko’rsatadi. O'quvchilarning ish qobiliyati pasayib, o’zlashtirishi 
yomonlashadi, vaqto’tishi bilan esa, sog’ligida salbiy o'zgarishlar paydo bo'ladi. 
Kun tartibi ayrim bandlarining muntazam takrorlanib, turishi organizm hayot 
faoliyatining ma’lum bir maromga tushib olishini ta ’minlaydi. Bola ma’lum bir 
vaqtda uyg'onishga o‘rganadi, ma’lum soatlarda qorni ochganini, kuch-quvvatga 
to'lib-toshganini, ma’lum bir vaqtda charchaganini sezadi. O'quvchining kun tartibi 
organizmning jismoniy va ruhiy imkoniyatlariga mos tarzda tuzilishi kerak. 
0‘quvchining kuni ertalabki gigiyenik gimnastika mashg'ulotlari bilan 
boshlanadi. Ertalabki badantarbiya va suv muolajalari uyquni qochirib, o‘quv 
faoliyatiga tez kirishib ketishga yordam beradi. 
Ertalabki badan tarbiya nerv sistemasi tonusini oshirib, ichki organlar, 
ayniqsa yurak-tomir sistemasi ishini yaxshilab, bolani tetiklashtiradi va ancha irodali 
bo‘lishiga yordam beradi. Ertalabki badan tarbiyani uyqudan uyg'ongandan 10-15 
daqiqa o‘tgach, yaxshi shimollatilgan xonada o‘tkazish kerak. Gimnastikaning 
davomiyligi 10-20 daqiqadan ortmasligi avval yengil mashqlarni bajarib, asta-sekin 
nagruzkani ortira borish lozim. Mashg'ulotdan so’ng tomir urishi bir oz tezlashadi, 
bu normal fiziologik holat bo’lib, birmuncha vaqtdan so’ng normaga qaytadi. 
Ertalabki badan tarbiyada cho’zilish, bukilish, gavdani aylantirish, yurish sakrash, 
sekinroq yugurish va boshqalardan foydalanish mumkin. Ertalabki badan tarbiya m 
ashg'ulotlarida 5-8 ta mashq bajariladi, har bir mashq 2-3 martadan 8-10 martagacha 
takrorlanadi.
Nafasni uzoq vaqt to‘xatib turadigan mashqlarni qilmaslik kerak. 
Mashg'ulotlar paytida yengil kiyim kiyib olish lozim, yotib bajariladigan 
mashg'ulotlar uchun kichik gilamcha bo’ladi. 
O'quvchi uyda maxsus jihozlangan joyda qaddini to‘g‘ri tutib, boshini 
qiyshaytirmasdan, tirsaqlarini stol ustiga qo’ygan holda o’tirib dars tayyorlashi 
kerak. Y orug’lik yetarli bo'lm asa, ko’z muskullari tez charchaydi. Shuning uchun 
yorug’lik normal bo'lishi va chap tomondan tushushi kerak. O'kiyotganda kitobdan 
ko'zgacha bo'lgan masofa 40 sm bo’lishi shart. To'xtamay uzok vaqt yozish 
o‘quvchini charchatadi.


Shuning uchun 7-10 yashar o'quvchi tinimsiz 10 daqiqa. 10-12 yoshda 15
daqiqa, 12-15 yoshda 20 daqiqa, 15-18 yoshda 25-30 daqiqa yozishi mumkin. 
Bola dars tayorlashdan oldin va keyin hamda uyqudan oldin bo'sh 
vaqtlarini ko'proq ochiq havoda o4kazishlari lozim. Kichik maktab yoshidagi 
o'quvchilar ochiq havoda 3-3,5 soat, o‘rta maktab yoshidagilar 2,5-3 soat va yuqori
sinf o'quvchilari 2 soatdan kam bo'lmasligi kerak. 
O'quvchi tushlik ovqatini yeb bo’lib, dam olganidan keyin kechi bilan soat 
16:00 da uy vazifalarini bajarishga kirishishi kerak. 0‘quvchilarning nonushta va
tushlikdan keyin ochiq havoda bir oz o ‘ynab kelib, keyin dars tayyorlashi
maqsadga muvofiqdir. 
14-17 yoshni shifokorlar va fiziologlar oraliq yosh deb hisoblashadi
chunki shu yoshda o'smir organizmi zo‘r berib rivojlanib, balog'atga yetib
boradi, markaziy nerv sistemasi holatida va o'smirning yurish- turishida
o'zgarishlar sodir bo'ladi. 
14-17 yashar o‘quvchining o'quv dasturi ancha og'ir bo‘ladi, chunki 
o'quvchi va talabalar imtihonlarga ham tayyorgarlik ko 4radi, imtihonlarga 
tayyorlanish va topshirish davrida organizm hammadan ko4p zo4riqadi.
Mana shu davrda kun tartibiga puxta amal qilish, tunda yetarlicha 
qoniqibuxlash kerak. Ish qobiliyatini kun bo4yi yuksak darajada saqlab qolish 
uchun o’quvchilarga kunduzi 1,5-2 soat uxlab olib, keyin bir soat ochiq havoda 
sayr qilish tavsiya etiladi. O'quv mashg4ulotlari mahalida har 45 daqiqadan keyin 
10-15 daqiqa tanaffus qilib turish lozim. 
0‘quvchi qanchalik yosh bo’lsa, mehnat qobiliyati tiklanishi uchun shunchalik 
ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. O'quvchining yoshiga qarab tungi uyquning fiziologik 
me’yorlari belgilangan. 
Uyqu asab sistemasini toliqib qolishdan saqlaydi. Uxlaganda organizmdagi 
hamma a’zo va to’qimalar, jumladan, bosh miya po’stlog’i orom oladi. Nerv
hujayralari oziq moddalar zaxirasiga to’lib, quvvat yig'adi, organizm yangi
mehnat kuniga tayyorlanadi. 
Odam qattiq va miriqib uxlashi uchun ma’lum bir soatda yotishga o'rganishi, 
uxlashdan 1-1,5 soat oldin hech qanday aqliy ish bilan shug’ullanmasligi kerak. 
Uyquga qoniqmaslik o'quvchilarning ish qobiliyatiga salbiy ta ’sir ko’rsatadi.
Uxlashdan oldin xonani shamollatish, xona harorati 16-17 S bo’lganda deraza yoki 
fortochkani ochib qo’yish kerak. 
Maktabdagi mashg’ulotlardan keyin ochiq havoda sayr qilish, serharakat 
o’yinlar o’ynash kuch-quvvatni tiklashga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Aqliy mehnat 
bilan jismoniy mehnatning, almashinib turishi ish qobiliyatini oshiradi. Yurak-
tomirlar sistemasi, nafas a’zolari faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini 
kuchaytiradi. 
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning (sport mashg’ulotlari, turistik 
safarlar, to’garak ishi, jamoat ishi, adabiy kechalar, muzeylarga borish va boshqalar)
o’quvchilarga zavq bag’ishlab, kuch-quvvatlari va aqliy mehnat qobiliyatlarini 
oshirishda yaxshi ta’sir qiladi. 
Ba’zi to’garaklarga qatnashishga ancha vaqt va kuch sarflanadi, buni 
unutmaslik kerak (modellar yasash, radio, foto to’garaklari, havaskorlik to’garaklari 


va boshqalar). Mashg’ulotlar ko’pi bilan haftasiga 1-2 marta, 50-60 daqiqadan 
o'tkazilgani ma’qul. Har bir o’quvchi bitta to’garakda, istisno tariqasida ikkita 
to’garakda qatnashishi mumkin. Sinfdan tashqari ish va jamoat ishlarini tushlikdan 
so’ng, ochiq havoda dam olib bo’lgandan keyin o’tkazish kerak. 
Aqliy mehnat bilan shug’ullangandan keyin albatta dam olish, badantarbiya 
mashqlari bilan shug4ullanish lozim (kerishish, gavdani pastga egish, o’tirish-turish) 
va hatto uy ichida aylanib yurish charchoqni yozib, ish qobiliyatini tiklaydi. 
Dam olish kunlari va maktab ta ’tillari paytida imkoni boricha ko'proq ochiq 
havoda bo'lish, sport o'yinlari, ekskursiyalar, sayohatlar uyushtirish organizmni 
chiniqtiradi va aqlni peshlaydi. 
Kuni uzaytirilgan sinflarda bolalar uchun moijallangan kun tartibi o 'rta
umumta’lim maktabidagidan birmuncha boshqacharoq tuzilishi kerak. 

Download 192,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish