inert individlarni Pavlov tinch tip deb atadi, Gippokrat bo’yicha flegmatikka to’g’ri
keladi. Laboratoriya tajribalarida bu tipga mansub itlarda
shartli reflekslar tez va
mustaxkam xosil bo’ladi (kuch) va o’xshash
signallar oson farqlanadi
(muvozanatlashganlik), biroq signallarni axamiyatini o’zgartirish qiyin ketadi
(xarakatchanlik sust).
Tabiatda bu tipga mansub xayvonlarning xarakatlarida katta turg’unlik
(kuchli) va sharoitdan kelib chiqib o’zini tutib turish (muvozanatlashganlik) sifatlari
bilan birga o’zini xulq atvorini tezda o’zgartiraolmaslik (sust xarakatchanlik)
namoyon bo’ladi.
Flegmatik temperamentga xos odamlarni xarakterida eng avvalo xar qanday
sharoitda shoshilmaslik sifati namoyon bo’ladi. Ulardagi shiddat -lilik va yaxshi
mexnat qobiliyatchanlik (kuch), o’zini tutaolish va “chegarani” yaxshi sezish
(muvozanatlashganlik) bilan birga, odatlarni mustaxkamligi, bir qarorga kelishdagi
sustkashlik (past xarakatchanlik) xususiyatlari ko’rinib turadi. Bunday odamlar
shoshilmaydilar va xar qanday sharoitda o’zini yo’qotmasdan xarakat qiladilar.
Flegmatiklar yot
odamlar bilan sekin kirishadi, moboda yaxshi kirishib qolsa eng
ishonchli do’st bo’ladi.
Xayotda yana ko’p uchraydigan individlardan yana biri nerv jaroyonlarini
kuchi qoniqarli, biroq ular muvozanatlashmagan. Bu xolatda xarakatchanlik xaqida
biror narsa aytish qiyin. Muvozanatlashmaganlik qo’zg’alish jaroyonini
tormozlanishdan ustunlik qilishi bilan namoyon bo’ladi. Kuchli, biroq
muvozanatlashmaganilik qo’zg’alishni ustunligi bilan bo’lishi Pavlov bo’yicha
o’zini tutaolmaydigan shashqaloq tip, Gippokrat bo’yicha xolerikka mos keladi.
Laboratoriya tajribalarida bu tipga mansub itlarda shartli reflekslar tez va
mustaxkam xosil bo’ladi (kuchli), ammo o’xshash signallarni farqlash juda qiyin
bo’ladi. Tabiatda ularning xulq atvorida shashqaloqlik, qo’rqmaslik bilan ko’rinadi:
masalan, o’zidan katta yirtqichga xam tashlanadi va o’ljani poylab turganda vaqtdan
avval joyidan chiqib ketadi.
Bu tipga mos keladigan odamlar xarakterida faoliyatga o’ta berilish xisobiga
ular juda katta ishni bajaraoladi (kuchli), keyin xuddi shunday shijoat bilan boshqa
ishga berilishi mumkin, yani “o’lchovni” bilmaydi. Bunday odamlar boshqalar bilan
munosabatda o’zini tutaolmasligi sababli oddiy narsaga juda kuchli jaxli chiqib
janjal
ko’taradi,
keyin
afsuslanib
yuradi
(qo’zg’alish
ustunligidagi
muvozanatlashmaganlik).
Va nixoyat xayotda nisbatan kam uchraydigan temperament, qo’zg’alish va
tormozlanish jaroyonlarini kuchini ozligi bilan ko’rinadi. Nerv jaroyonlarini
kuchsizligi va postloq xujayralarini tezda xaddan tashqari tormozlanish xolatiga tez
o’tishi Pavlov bo’yicha kuchsiz tipga xos bo’lib, Gippokratni melanxolikiga to’g’ri
keladi. Laboratoriya tajribalarida bunday itlarda shartli reflekslarni xosil qilish qiyin
xosil qilinganlari xam mustaxkam bo’lmaydi, ayniqsa ta’sirlagichni
kuchi katta
bo’lsa xayvon xaddan tashqari tormozlanishni rivojlanishi bilan javob beradi. Bu
xayvonlar qo’rqoq bo’ladi. Ular kuchli ta’sirlardan o’zini olib qochadi, dushman
bilan uchrashganda qochib ketadi, o’ljani quvishdan tez voz kechadi (nerv
jaroyonlarini kuchsizligi).
Melanxolik temperamentini belgilari eng avvalo odamni xarakterini
kuchsizligida ko’rinadi, ular boshqalarni ta’siriga tez beriladi, o’z fikrida
mustaxkam turmaydi. Kuchli xayotiy ta’sirlar ular uchun o’ta
kuchli xisoblanadi,
fovqulotda xolatlarda ular vaximaga tushadi, xayotiy qiyinchiliklarni yengib o’tish
mumkinmasday bo’lib ko’rinadi (nerv jaroyonlarini kuchsizligi). Bunday odamlar
o’zini ko’pchilikdan olib qochadi, xar qanday javobgarlikdan qo’rqadi.
Xayotda uchraydigan odamlar va xayvonlar uchun nerv sistemasining umumiy
to’rta tipi yuqoridagilar xisoblanadi. Biroq, yuqorida bayon qilingan tiplarni toza
xolda xayotda uchratish qiyin, ko’proq oraliq shakllar bo’lib ularda u yoki bu sifat
ustunlik qiladi.
Nerv sistemasini tiplarini aniqlashda odamlarni “sorti” baxolana –di degan
noto’g’ri fikr ko’pchilik orasida yuradi. Sangivinik nerv sistemasi birinchi sortga,
melanxoliknikini esa oxirgi sortga kiriti -shadi. Bunday fikr xato xisoblanadi,
biologik belgisiga ko’ra odamni sotsial baxolab bo’lmaydi. Odamlar faliyatining
turli soxalarida qaysidir sifat qimmatliroq bo’lishi mumkin. Masalan, sportning
ayrim turlarida tez qarorga kelish
muvoffaqiyatni belgilasa, ayrimlarida
shoshilmasdan qaror chiqarish yutuqni ta’minlaydi.
Odamlarning sotsial qimmati temperametiga bog’liq bo’lmasdan, ularninig
ongini boshqaruvchi axamiyati bilan belgilanadi. Odamning ongi xulq atvorini
boshqaradi. Burchni sezish odamni extiroslarga berilishdan saqlaydi, tarbiya
ta’sirida shashqaloq odam o’zini tiyib turishga o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: