va ko'ylaklarni
ozoda tutish, xonadagi yengil ishlarni bajarishda ishtirok etish
(xonani shamollatish, changlarni artish, supurish, gullarga suv quyish), oshxonada
navbatchilik qilish, hovli ishlari (xazonlarni yig‘ishtirish, gul va daraxtlar ekish va
ekinlarni sug'orish, jonli burchakda hayvonlarni parvarishlash va boshqalar).
10-13yoshdagi bolalar uchun o’z-o’ziga xizmat qilishdan tashqari quydagi
mehnat turlari tavsiya etiladi: o’z kiyim boshlarini yuvish, ta’mirlash, tikish-chatish,
hovlida ozodalik va tartibni saqlash, sabzovat hosilini yig’ishtirish va h.k.
14-15 yoshli bolalar ijtimoiy-foydali mehnat va o’z-o’ziga
xizmat qilish,
jumladan, yotoqxonalarni tozalash, tayyor ovqatlarni idishlarga quyish kabi ishlarni
ham bajarishi mumkin. Ularni qishloq, xo’jalik tajriba, uchastkasidagi ishlarga ham
jalb qilish maqsadga muvofikdir. Ijtimoiy-foydali mehnat bilan uzluksiz
shugullanish salbiy tasirlarni oldini olish uchun uning davomiyligi 1-4-sinf
o‘quvchilari uchun 30 daqiqa, 5-9-sinf uchun 40 daqiqa, 10-11-sinflar uchun 1,5
soatdan oshmasligi kerak. Barcha ishlarni bajarishga o’quvchilarning salomatliklari
va jismoniy imkoniyatlarga qarab ruxsat etish kerak. Barcha yoshdagi bolalar kun
tartibida o’z-o’zini tartibga keltirish, ozodalik va gigiyenik
tadbirlarni bajarish
uchun yetarli vaqt ajratishi kerak. Ilmiy tekshirishlar uzaytirilgan guruhar kun tartibi
noto’g’ri tuzilgan bolalar uzoq vaqt dars tayyorlab, ochiq havoda kam bo’lishlarini
ko’rsatadi. Bu esa organizmning funksional holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, xususan
oksidlanish-qaytarilish jarayonlari yomonlashadi, toliqish belgilari kuchayadi.
Ochiq havoda yetarli vaqt mobaynida o’tkazilgan harakatli ko’ngil ochar o’yinlarga
vaqt ajratish, uy vazifalarini unumli va tez sur’atlar bilan bajarishga imkon yaratadi.
O'quvchini yoshligidan o’rin ko’rpasini yig’ishtirishga, kiyim boshini tartibga
solishga, kechqurin va erta bilan yuvinishga o’rgatib borish kerak.
Kun tartibida uyquning o’rni va ahamiyati katta. Bola uxlashidan 2-2,5 soat
oldin ovqatlanishi kerak. Kechki ovqatdan so‘ng
sof havoda bir oz sayr qilishi,
kiyimlariga qarashi lozim.
Uxlashdan avval zo'riqib aqliy mehnat talab yetadigan ishlarni bajarish,
xayajonli uyinlar uynash, televizor ko'rish tavsiya etilmaydi.
Televizorni
boshlang'ich sinf o'quvchilari haftada 3-4 marta kuniga 1-1,5 soatdan, yuqori sinf
o'quvchilari 4-5 marta 2-2,5 soatdan undan 2-2,5 m uzoqda o 'tirib, qad-qomatni
to'g'ri tutgan holda ko'rishlari mumkin. Yotib yoki
yonboshlab televizor kurish
mumkin emas.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari kechki soat 8 va 9 larda, yuqori sinf o'quvchilari
kechki soat 10 da uyquga yotishi kerak. O'rin toza bo'lishi, juda yumshoq bo'lmasligi
lozim. Xona harorati 18-20 °C bo'lishi, qishda fortochkani ochib qo'yish kerak. Har
kuni bir vaqtda ovqatlanishi shart, shunda ovqatlanish vaqti yaqinlashganda ishtaha
paydo bo'ladi, ovqat tez va yaxshi hazm bo'ladi. Bolaning bir kunlik yeydigan ovqati
organizmida sarflangan energiyani qoplashi kerak.
Pedagoglar o'quvchilarda kun tartibini bajarish ko'nikmasini hosil qilishlari
kerak. Har o'quv yilining boshida sinf rahbari ota-onalarni va o'z sinfi o'quvchilarini
taxminiy kun tartibi bilan tanishtiradilar. Bu tartib asosida har bir o'quvchi uy
sharoitiga qarab o'zining kun tartibini belgilaydi.
Maktab internatlarda kun barcha uchun shart bo'lgan ertalabki
badantarbiyadan boshlanadi. So'ngra o'rin
va xonalar tartibga solinadi, yuz-qo'l
yuviladi, nonushta qilinadi, sayr va o 'quv mashg'ulotlari boshlanadi. Tushlik va
sayrdan so'ng tarbiyalanuvchilar uy vazifalarini bajaradilar. Shundan keyin to'garak
mashg'ulotlari o'tkaziladi, o'z xohishiga qarab sarf qilish uchun bo'sh
vaqt ham
beriladi. 1-4-sinf o'quvchilari soat 20:30 da, 5-8-sinf o'quvchilari soat 21:00-22:00
da uxlashga yotadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: