Misr dini
Misrda din ilk urug`chilik jamoalarida vujudga
kelib, juda uzoq taraqqiyot yo`lini bosib o’tgan.
Diniy an'analar mustahkam va turg`un bo’lgan
fetishizm, totemizm, ayniqsa hayvonlarga topinish
Misrda uzoq davom etgan.
Misr xudolarining panteoni juda katta bo’lib,
u ilk davrda vujudga kelgan madaniyatga borib
taqaladi. Unga odamlar totem-xayvonga, qabila
boshlig`iga sig`inishgan. Misrliklarning xudolari
xayvon qiyofasida: Anubis-o’liklar saltanatining
podshosi, bo’ri boshli qilib tasvirlangan. Tot aql va
yozuv xudosi. Soxmet-sher boshli urush iloxasi va
boshqalar.
138
Hayvonlar ilohiy hisoblanib, ular ibodatxonalarda
saqlanganlar. Ibodatxonada ular yaxshi parvarish
qilingan. Masalan, ilohiy hayvonlardan biri buqa,
xuddi shunday parvarish qilingan, u kuch-qudrat
ramzi hisoblangan. Misrliklar bu buqaga sigir
tanlashda ham ahamiyat berishgan. Agar buqa o’lib
qolgudek bo’lsa uni mumiyolab, marosimlar o’tkazib
alohida bir qabrga ko`mishgan. Va uning o’rniga
yangi tug`ilgan xukizcha izlashgan. Bu juda mushkul
ish hisoblangan, chunki ho`kiz qora rangli bo’lib,
peshonasida uchburchak shaklidagi oq belgisi bo’lishi
kerak bo’lgan. Bunday hayvonni topish juda mushkul
hisoblangan. Misrliklar daraxtlarga , o’simliklarga va
gullarga ham e'tiqod qilishgan.
Quyoshga sig`inish Misr dinida eng yuqori
o’rinda turgan.Misrning o’zi «Quyosh mamlakati»,
uning fir'avnlari esa «Quyoshning o’gli» deb atalgan.
Qadimgi podsholikda Ra-quyosh xudosi hisoblangan,
keyinchalik u Amon-Ra bo’lgan. Yangi podsholik
davrida esa,fir'avn Amenxotep IV (Exnaton) diniy
isloxot o’tkazib, yakkaxudolikni joriy etadi. Ya'ni u
hammani Atonga («Quyosh shu'lasi») sig`inishga
da’vat etadi. Quyoshning belgisi (ramzi) turlicha
bo’lib, u qanotli sher qiyofasida, sher ko’pgina qullar
bilan, ya'ni bu qullar nur qiyofasida, lochin qiyofasida
tasvirlangan. Unga atab ko’p madhiyalar aytilgan.
Gor (Xor)-zulmatni yenguvchi xudo hisoblanib, u
lochin qiyofasida tasvirlangan.Gor Osirisning o’gli.
139
«Osiris va Gor» to`g’risidagi afsona, ayniqsa Misr
dinini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Afsonada
aytilishicha, Osiris-hosildorlik xudosi, qachonlardir
Misrning podshosi bo’lgan. U odamlarga yerga ishlov
berishni, boglar yaratishni urgatadi. O’zining akasi
Set tomonidan o’ldiriladi. Set-zulmat va yovuzlik
xudosi hisoblanadi. Osirisning o’gli Gor Setni
maydonga kurashga chaqirib, uni yengadi. Shundan
so’ng, Gor g’olib chiqishi uchun o’zi ko’zini Osirisga
berib, uni qayta tiriltiradi. Qayta tirilgan Osiris esa
yerga qaytmaydi, u yer osti saltanatining o’liklar
podshosi bo’lib qoladi. Shunday qilib, uning yerdagi
merosxo’ri sifatida Gor tiriklar saltanatida qoladi.
Ko`mish marosimlari. Misr madaniyatida o’lim
bilan hayot doim bir-biriga qarama-qarshi turgan.
Ajalsiz ruh Misr dinida alohida o’rin egallagan. Mana
shu ajalsizlikka intilish ko’mish marosimlarining
shakllanishiga olib kelgan. Diniy marosimlarda har bir
odam alohida xususiyatga ega bo’lgan.Masalan, sax-
inson tanasi, shunt-uning soyasi, rek-uning ismi, ax-
uning arvohi hisoblangan. Bu yerda eng muhim rolni
Ra-insonning joni, ya'ni ajalsizlikning negizi
o`ynagan. Misr diniga ko’ra Ra o’z jasadiga birikishi
va qayta dunyoga kelishi kerak bo’lgan. Chunki
odam o’lganda, uning faqat tanasi o’ladi, ammo ruhi
abadiy yashash uchun narigi dunyoga, o`liklar
saltanatiga mangu yashash uchun ketadi. Shunday
qilib insonning tanasini abadiy saqlash fikri tug`iladi
140
va mumiyolash jarayoni vujudga keladi. Shuningdek
ularning tanasiga hech qanday shikastlar yetmasligi
uchun yoki boshqa shovqinlardan xalos bo’lish uchun
piramidalar qurish fikri to’gilgan. O’lik 70 kun ichida
mumiyolanib ko`milgan.U 70 kundan so’ng narigi
dunyoga mangu yashash uchun ruhi jo`natilgan.
O’liklar saltanatiga borgan odamlarni ikkinchi o’lim
kutgan. Bu esa asosan «O’liklar kitobi», «Darvozalar
kitobi», “Yer osti g`orlari kitobi» kabi kitoblarda
ko’rsatilgan.
Qadimgi misrliklarning dini Nil vodiysining tabiiy
shart-sharoitlarini o’ziga xos xususiyatlarini,qadimgi
Misr jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
taraqqiyotining alohida tomonlarini fantastik aksi edi.
Misrliklar oy,quyosh, Nil vodiysi, uni atrofidagi
sahroni, yirtqich hayvonlar va tabiatning har xil
kuchlarini ilohiylashtirdilar. Ular sun'iy sug`orish
tizimini tashkil qiladigan,insonlar ustidan amr
qiluvchi fir'avnga e'tiqod qildilar.
Misrliklar mingga yaqin har xil xudolarga
sig`inganlar. Xudolar mahalliy va umumisr miqyosida
e'tiqod qilingan ilohlarga bo’lingan. Qaysi bir nom
hukmdori-umummisr hukmdori fir'avnlik taxtiga
o’tirsa, shu nomning xudosi umummisr xudosiga
aylangan. Misol uchun nom markazi bo’lgan Fiva
Misr poytaxti bo’lganda hech kimga ma'lum
bo’lmagan Fiva xudosi Amon xudolar ichida bosh
xudo deb tan olindi.
141
Misrda oliy xudolar quyosh xudosi Ra, yaratuvchi
xudo Ptax, xudo Amon Raning ko’pgina vazifalarini
olish bilan Misrning bosh xudolaridan biriga
aylangan. Amon Ra dunyoni yaratuvchisi, podsho
hokimiyati,Misr harbiy qudratining homiysi bo’lgan.
Osiris o`layotgan va uyg`onayotgan tabiatni aksi, u
dunyoning hukmdori podsho hokimiyati homiysi
bo’lgan. Uning rafiqasi Isida ona xudo, onalik va er-
xotinlik muhabbatini homiysi bo’lgan. Ularning o’gli
ham osmon va yorug`lik ifodasi, fir'avn homiysi
bo’lgan. Donolik va hisob xudosi Tot,qudrat ramzi
ma'buda Soxmet osmon, quvonch-sevgi xudosi Xatxor
bo’lgan. Bilim xudosi Sia, adolat xudosi Maat abstrakt
tushunchani ifodalaganlar.
Misr, Nubiya, Falastin, Suriya bilan yaqin aloqada
bo’lgani sababli chet el xudolari Anat, Astarta,
Ma'bud Reshefa (Semit), Dedun (Kush xudosi) Misr
xudolari panteoniga qabul qilingan. Misr diniy
tasavvurlarida fetishizm va totemizm qoldiqlari
saqlanib qoldi. Misrliklar o’z xudolarini hayvon, ilon,
qurbaqa tarzida tasavvur kilishlari shu sababli edi.
Xudo Apis-kuchli ho’kiz qiyofasida ma'buda Soxmet-
sher, Tot-pavian, suv girdobi xudosi Sebek-timsox,
Yuqori-Quyi Misr birligi timsoli ma'buda Uadjet-ilon-
kobra tarzida ifodalangan.
Xudolarning ko’pligi, ularning vazifalarini bir-
biriga bog`lanib ketishi koxinlarning xudolar
panteonini tartibga solish, ular o’rtasida aniq
142
munosabatlarni o’rnatish vazifasini qo’ydi. Geliopol
kohinlari ma'lum darajada xudolar o’rtasidagi
munosabatlar va ularning dunyoni yaratishdagi rolini
ko’rsatadigan tizimni ishlab chiqdilar. Shunga ko’ra,
dastlab ibtidoiy suv xudosi Nun yashadi, undan xudo
Atul (Ra) paydo bo’ldi. Atul Ra o’zidan suv xudosi
Shu va uning xotini Tefnut namlikni paydo qildi.
Ulardan yer xudosi Geb, osmon mabudasi Nut
tug`ilib, o’z navbatida ulardan Osiris, Isida, Sia va
Neftida tugilgan. Bu qadimgi ilohlar ilk ilohiy
to’qqizlik-Enneada oilasiga birlashdi, ana shulardan
boshqa Misr xudolari tarqaladi.
Kohinlarning Fiva maktabi esa ilk xudo, xudolar
va odamlar dunyosini o’z ilohiy so’zi bilan Ptax
yaratgan deb hisoblaganlar. Kohinlar to’qqizlikni
ajratishdan tashqari xudolarni birlashtirgan boshqa
oilalarni yaratganlar. Qaysiki oila ota-xudo, ona-
ma'buda, o’gil-xudo(xudolar triadasi)dan tashkil
topgan. Shunday birlashganlardan Osiris, Isida,
Xor(Abidos triadasi), Ptax, Soxmet,
Nefertum(Memfis triadasi), Amon, Mut, Xonsu (Fiva
triadasi).
Fir'avn shaxsini ilohiylashtirish alohida rol
o`ynadi.Kohinlar ta'limotiga ko’ra, fir'avn inson
ko’rinishidagi xudoning aksidir. U ikki xil inson va
ilohiy tabiatga ega bo’lgan. Uning tug`ilishi Amon Ra
bilan fir'avnning yerdagi onasining nikohi natijasidir.
Yerda fir'avn xudo Xorning aksi sifatida boshqargan,
143
o’limidan so’ng xudo bo’lib Osiris bilan
tenglashtirilgan. Podsholik qilayotgan va vafot qilgan
fir'avn o’z ibodatxonasi, koxinlarning qurbonlik
keltirishi qabilarga ega bo’lgan. Fir'avnning
ilohiyligini ramziy aks etishi sfinks ko`rinishida
bo’lgan. Misrda yagona xudoga sig`inish konsepsiyasi
o’z o’rnini topmadi. (Exnaton islohoti).
Diniy urf-odat, an'analarga Misrda qat'iy rioya
qilingan. Xudolarga sig`inish uchun ibodatxonalar,
haykallar bunyod qilingan. Minglab kohinlar diniy
bayram va marosimlarni tashkil qilganlar. Misr dinida
u dunyodagi hayotga katta o’rin berilgan. Inson
go`yoki, uch asosiy substansiya jismoniy tana, uning
ma'naviy ko`rinishi («Ka») va uning ruhi («Ba») dan
iborat. Faqat shu uch unsurning birgalikda yashashga
imkon beradi. Demak, shunday ekan, odamlarning
jasadini saqlash (mumiyolash) kerak. Ana shundagina
mumiyo oldida («Ka») va «Ba») turadi. O’limdan
keyingi hayot bu hayotning davomi deb tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |