Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o`zbek tili va adabiyoti
universiteti O`zbek filologiyasi
fakulteti 206-guruh talabasi
Abduvoidova Maftunaning
Namangan viloyati Norin tumanida
yashovchi aholidan yig’ib olgan
folklor amaliyoti materiallari
UMUMIY HISOBOT
|
Xalq og’zaki ijodi janrlari
|
To`planishi kerak
bo`lgan XOI
janrlari soni
|
Amaliyotchi
to`pladi
|
1.
|
O`zbek xalq maqollari
|
10
|
10
|
2.
|
Topishmoqlar
|
10
|
9
|
3.
|
Xalq qo`shiqlari;
h)alla;
i)lapar;
j)yor-yorlar;
k)kelin salomlar;
l)xalq qo`shiqlar;
m)mehnat qo`shiqlari;
n)motam qo`shiqlar.
|
Har biridan
5 tadan
|
2
4
2
1
2
-
3
|
4.
|
Olqishlar va qarg’ishlar
|
10
|
10
|
5.
|
Marosim folklori (mavsumiy marosim va oilaviy maishiy)
|
5
|
-
|
6.
|
Afsona va naqllar
|
4
|
-
|
7.
|
Rivoyatlar
|
4
|
3
|
8.
|
Xalq maishiy hayoti bilan bog’liq bo`lgan turli-tuman rasmlar udumlar
|
5
|
-
|
9.
|
Bolalar folklori
|
10
|
6
|
10.
|
Ertak
|
4
|
4
|
11.
|
Shomon folklori namunalari va shomon marosimlarining to`liq timinini yozib olishga erishish
|
4
|
-
|
12.
|
Demonologik hikoyalar va obrazlar haqida ma`lumotlar to`plash
|
4
|
-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
MAQOLLAR:
1.
1.
|
Asarning matni;
|
Bulg’ori qiladi terini,mirza qiladi erini,
G’aldiratadi terini kambag’al qiladi erini.
|
2.
|
Janri
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 16-dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
2.
1.
|
Asarning matni:
|
Tutunini bulut ko`rmagan,Yuvindisini it ko`rmagan.
|
2.
|
Janri
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 18-dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog`i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
3.
1.
|
Asarning matni:
|
Bostirmadan ayvon yaxshi,
Qishloqidan hayvon yaxshi.
|
2.
|
Janri
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 9-dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog`i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
4.
1.
|
Asarning matni:
|
Otasi ushlamay qo’ng’izni,Bolasi otibdi to`ng’izni.
|
2.
|
Janr
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 14-dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog`i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
5.
1.
|
Asarning matni:
|
Kelin degan keng kishi,Malay bilan teng kishi.
|
2.
|
Janri
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 17-dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog`i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
6.
1.
|
Asarning matni:
|
Botirdan “botir”chiqsa,otasi bilan olishar.
|
2.
|
Janri
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqt
|
2020-yil 11–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
7.
1.
|
Asarning matni:
|
Manglayingga uradigan toshing ham o`zingdan bo`lsin.
|
2.
|
Janri
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 8–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
1.
|
Asarning matni:
|
Kengashib kesgan qo`l og’rimas
|
2.
|
Janri
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 8–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
1.
|
Asarning matni:
|
Vahm tubi –dengiz,Botasanda ketasan.
Tavakkal tubi-yel qayiq,O`tasan-da ketasan.
|
2.
|
Janri
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 17–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
10.
1.
|
Asarning matni:
|
Qiyg’ir uchsa,chumchuqni tirqishda ko`r.
|
2.
|
Janri
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 14–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
TOPISHMOQLAR:
1.
1.
|
Asarning matni:
|
O`tmas pichoq yer kovlar
(tomchi)
|
2.
|
Janri
|
Topishmoq
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 18–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog`i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
2.
1.
|
Asarning matni:
|
Erta bilan to`rt oyoqlab yuradi,
Tushlikda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi,
(Odamning bolaligi,yigitligi,keksaligi)
|
2.
|
Janri
|
Topishmoq
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 15–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
3.
1.
|
Asarning matni:
|
O`zi bitta,
Kallasi ikkita,
Dumi bitta
Oyog’i oltita
(Ot mingan odam)
|
2.
|
Janri
|
Topishmoq
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 9–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
4.
1.
|
Asarning matni:
|
Bir nafasda olamni kezar
(Fikr)
|
2.
|
Janri
|
Topishmoq
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 10–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
5.
1.
|
Asarning matni:
|
Yerga ko`milmaydi,kosaga quyilmaydi,
Dunyoda hamma odam,ichmay qo`ymaydi.
(Ona suti)
|
2.
|
Janri
|
Topishmoq
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 16-dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
6.
1.
|
Asarning matni:
|
Qora sigir qarab turar,sariq sigir yalab turar
(Qozon,olov)
|
2.
|
Janri
|
Topishmoq
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 12–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
7.
1.
|
Asarning matni:
|
Ko`msa ko`milmaydi
(Soya)
|
2.
|
Janri
|
Topishmoq
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 9–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
1.
|
Asarning matni:
|
O`zining badanini o`zi yeydi
(sham)
|
2.
|
Janri
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abduraqqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 10–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog`i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
1.
|
Asarning matni:
|
Zarga sotilmas,zo`rga topilmas
(vaqt)
|
2.
|
Janri
|
Maqol
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 19–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
XALQ QO`SHIQLARI:
H)1.Alla
1.
|
Janri
|
Alla
|
2.
|
Hajmi
|
16 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog`i
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
70 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Ota-onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchinining uyi,2020-yil 18-dekabr
|
Bolaginamning bolasi-yo alla,
Ko’zlarimning qorasi-yo alla,
Bolaginamning bolasi-yo alla,
Qandak o’rik donasi-yo alla,
Tog`lardagi shunqorim alla,
Beshikdagi qo`chqorim alla,
Beshigini boshida xati bor alla,
Muhammad degan oti bor alla,
Subxidamda suvga chiqsam alla.
Oh urodi bir yigit alla.
Ohiga qulog’im solsam alla,
Yoridan ayrilgan yigit-ov alla.
Yo’llarda yolg`iz ketarman oh urib alla,
Yolg`izligimdanam xo`rlik yomon alla,
Bolaginamning bolasi-yo alla,
Ko`zlarimning qorosi-yo alla.
2.
1.
|
Janri
|
Alla
|
2.
|
Hajmi
|
27 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Manzili
|
Namanmangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 15–dekabr
|
Yot bolam,uxla,qo`zim,
Uylarda o`chdi chiroq.
Uxlar asalarilar,
Uxlar baliqlar tinchroq.
Ko`kda oy yarqiraydi,
Derazadan qaraydi.
Ko`zlaring yumgin qo`zim,
Yot,quvonchim,qunduzim!
Alla,alla,
Suv sepganday uylar tinch…
Qorong’i hujralar tinch…
Hech darvoza tiq etmas.
Ko`zlaringni yum,qo`zim,
Ovunchog’im,qunduzim!
Alla,alla,
Qushcham,g`amsiz yashaydi,
Uning har dam vaqti chog’.
Shirinliklar mo`l-u ko`l,
Ko`pdir qiziq o`yinchoq.
Bari sengadir,qo`zim!
Yig`lama quvonchim,qunduzim!
Alla,alla.
Alla,alla,alla-yo.
Uxla qo`zim,alla-yo.
Yum ko`zingni yulduzim,
Yum-yum ko`zingni,qunduzim.
I)1.Lapar
1.
|
Janri
|
Lapar
|
2.
|
Hajmi
|
8 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
70 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Ota-onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 19-dekabr
|
Erimaydi novvotim-novvotim,
Maktablarga yarashadi savlotim-savlotim,
Ayrilmiman desam,sendur ayrilding ayrilding
Sen ayrilding menam nochor ayrildim ayrildim.
Bug’doy soldim tegirmonning do`liga-do`liga
Oshiq bo`ldim yigitlarning zo`riga-zo`riga
Ayrilmiman desam sendur ayrilding ayrilding
Sen ayrilding menam nochor ayrildim ayrildim.
2.
1.
|
Janri
|
Lapar
|
2.
|
Hajmi
|
12 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
5.
|
Aytuvchi Yoshi
|
80 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 11-dekabr
|
Dayolarni bo`ylarida minora bor deydi
Minoraga suyangan gullola bor deydi
Yarmi jamol,yarmi chin piyolaman deydi
Yor qo`lidan choy olgani uyolaman deydi
Mutti mutti deydi keluttiman deydi.
Orqasidan chaqirsam keluttiman deydi
Daryolarni bo`ylarida ufq falak deydi
Ufq falak sochlarida ko`p handalak deydi.
Daryolarni bo`ylarida ufq falak deydi
Ufq falak taglarida qo`sh handalak deydi
Qo`sh handalak biri hom.biri shirin deydi
Namangonni qizlarini tili shirin deydi
3.
1.
|
Janri
|
Lapar
|
2.
|
Hajmi
|
12 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 8-dekabr
|
Bozorga baqqol yarashgan,yor-yor,yor aylanay,
Yigitga soqol yarashgan hayyoraman,
O`ynab turgan qizlarga yor-yor,yor aylanay,
Qaddi qomat yarashgan aylonaman.
Yor-yor,yor-yor,yor aylanay,
Aylanaman kimni yorisan ey voh sanam.
Havolab yomg’ir tomchilar yor-yor,yor aylanay,
Beglar otni qamchilar aylonaman.
Aba degan tilingdan yor-yor,yor aylanay,
Qand-u,novvot tomchilar aylonaman,
Yoy-yor,yor-yor,yor aylanay,
Aylanaman kimni yorisan,ey voh sanam.
4.
1.
|
Janri
|
Lapar
|
2.
|
Hajmi
|
18 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzqova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 8-dekabr
|
To`sma yo`limni,ushlama qo`limni.
O`zing bilasan-o shaydoligimni.
Baland dor ustida kaklik uyasi
Bizni yomon deydilar yorni onasi
Bizni yomon deysan-a yorni onasi.
O`zlariga qoladi yaxshi bolasi.
To`sma yo`limni ushlama qo`limni
O`zing bilasan-o shaydoligimni
Qoshingizni qarosi aylon ekilgan
Anjirning soyasida muborakelgan
Anjirning soyasi soyni bulog’i
Juda yomon bo`larkan yorni firog’i
To`sma yo`limni,ushlama qo`limni
O`zing bilasan-o shaydoligimni
Namangonni soyiga solma imorat
Birovni yorini olma omonat
Birovni yorini olib omonat
O`ynolmaysan kulolmaysan bo`lib hijolat.
To`sma yo`limni,ushlama qo`limni.
O`zing bilasan-o shaydoligimni.
J)1.Yor-yor
1.
|
Janri
|
Yor-yor
|
2.
|
Hajmi
|
16 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog`i
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
70 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Ota-onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 9–dekabr
|
Men otamning uyida bir gul edim,yor-yor,
Tillo sandiq ustida o`ynor edim,yor-yor,
Tillo sandiq ustidan sirg’ib tushdim,yor-yor,
Sinalmagan yigitga kelin tushdim,yor-yor.
Bugun bir tush ko`ribman,yor-yor,
Ajoyib tush,yor-yor,
Kelin oyim boshida,yor-yor,
Bir jo`vra qush,yor-yor,
Bir jo`vra qush birisi davlat emish,yor-yor,
Bir jo`vra qush birisi farzand emish,yor-yor,
Tomimizning ketida bir tup anjir,yor-yor,
U anjirning shoxlari tillo zanjir,yor-yor,
Tillo zanjir shoxlarini zargar qirgan,yor-yor,
Ikki yoshni taqdirin Ollo qo`shgan,yor-yor,
Zargar qirgan zanjirni uzib bo`lmas,yor-yor,
Xudo qo`shgan taqdirni buzib bo`lmas,yor-yor,
2.Yor-yor
1.
|
Janri
|
Yor-yor
|
2.
|
Hajmi
|
26 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
70 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Ota-onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 9–dekabr
|
Bir qamishga sirg’am tushdi,yor-yor,
Sinalmagan yigitga singlim tushdi,yoy-yor,
Singlim uchun qo`vurg’am qayishadi,yor-yor,
Qo`limdagi qo`sh uzuk mayishadi,yor-yor,
Kelin olib boramiz Ho`javotga,yor-yor,
Oldimizga qo`yadi ko`cha bo`tqa,yor-yor.
Ko`cha bo`tqa ichmiman,yor-yor,
Taxta-taxta ko`prik taxting bo`lsin,yor-yor,
Payg’ambarning qizdek baxting bo`lsin,yor-yor,
Payg’ambarning qizini kim ko`ribdi,yor-yor,
Ota-ona diydoriga kim to`yibdi,yor-yor,
Payg’ambarning qizini Ali olgan,yor-yor,
Yor-yor aytib qiz bermog’o andin qolgan,yor-yor,
Tog’da toychoq kishnaydi ot bo`ldim deb,yor-yor,
Uyda kelin yig’laydi yod bo`ldim deb,yor-yor,
Yig’lama qiz,yig’lamagin to`y seniki,yor-yor,
Ostonasi tilloda uy seniki,yor-yor,
Qat-qatgina qatlama qatlonadir,yor-yor,
Qizni olib yangasi otlonadir,yor-yor,
Qizni olib yangasi tur-o tursin,yor-yor,
Oq sut bergan onasi rozi bo`lsin,yor-yor,
Qiyomatlik otasi qozi bo`lsin,yor-yor,
Oq miltiq,qora miltiq otgan otam,yor-yor,
O`z qizini tanimay sotgan otam,yor-yor,
O`z qizini o`rniga bodom eksin,yor-yor,
Bodom shoxi qayrilsa bolam desin,yor-yor,
K)1.Kelin salom
1.
|
Janri
|
Kelin salom
|
2.
|
Hajmi
|
56 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
70 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Ota-onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 14–dekabr
|
Yer-u ko`kni yaratgan
Tog’-u toshni gul qilgan
Ikki yoshni bir qilgan,yor-yor
Avval Xudoga salom!!!
Avval boshdan yod qilay
Arvohlarni shod qilay,yor-yor,
O`tganlarga kelin salom.
To`raday o`g’il o`stirgan
To`riga gilam to`shagan
Salom-salom kelin salom
Qaynotasiga salom.
O`gra kesib eringan
O’g’il tug’dim deb kerilgan
Salom-salom kelin salom
Qaynonasiga bir salom.
Eshiklarning tambasi
Kuyov yigitning ammasi
Eshitvosin ammalari
Sizlarga salom,yor-yor
Qora qo`chqorni so`ydirgan
Mahallani to`ydirgan
Salom-salom kelin salom
Amaki-tog’alarga salom.
Oshga solgan ilikdek
Qosh ko`zlari pilikdek
Salom-salom kelin salom
Ovsinlariga salom.
Pista mayizni ko`p chaqqan
Akasi kelsa gap chaqqan
Salom-salom kelin salom
Qaynisingillarga bir salom.
Dakan xo`rozga don bergan,
Qizlar desa,jon bergan
Salom-salom kelin salom
Qayniog’alarga bir salom.
Guruchlarni olasi ko`p
Kuyov yigitni xolasi ko`p
Salom-salom kelin salom
Xolalariga salom.
Qora qo`yning harrasi
Yigitlarning sarasi
Salom-salom kelin salom
Kuyov navkarlarga salom.
Yigitlarning sardori
Kelinimizning xaridori
Salom-salom kelin salom
Kuyovto`raga salom.
Pas devoldan qaragan
To`y qachon deb so`ragan
Salom-salom kelin salom
Qo`shnilariga salom.
Bo`ynimdagi marjonim
Uzilib ado bo`ldi
Eshitib oling xaloyiq
Salomim tamom bo`ldi.
L)1.Xalq qo`shiqlari
1.
|
Janri
|
Xalq qoshig’i
|
2.
|
Hajmi
|
6 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumaniSho`ro qishlog’i
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 16–dekabr
|
Qizginang qirga qo`yadi bo`zini,
Savdogarga ko`rsatadi o`zini
Savdogar savoni qildi mol uchun
Qizginang abgori bo`ldi yor uchun
Qizbolang qimmat bozorini qizdirur
Sevganini o`zgalardan bezdirur.
2.
1.
|
Janri
|
Xalq qo`shig’i
|
2.
|
Hajmi
|
8 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil, 10-dekabr
|
Bo`ylaringdan o`rgilay,
Har dam seni ko`rgim kelur.
Ko`rganimda termulib,
Yoningda o`tirgim kelur,
Ko`rmasam birdan yurak
O`ynab chiqarga talpinur.
Qaysi toqat birla
Bir yerda tinib turgim kelur.
N)1.Motam qo`shiqlari
1.
|
Janri
|
Motam qo`shig’i
|
2.
|
Hajmi
|
12 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Manzili
|
Namnagan vilyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yoxib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 17–dekabr
|
Toglarga chiqib qichqirsam,
Dalayam tog`dirmikin.
Boshiga tushgan bandalar
Qandeyam sho`rlik dermikin.
Tushmagan bandalar
Dovishi o`chsin dermikin.
Oylaram qiya botarmikin.
Orzulari oldida ketti.
Bulut tegmey chinorlar ko`chdi.
Shamollar kelmey chiroqlar o`chdi.
Hovlilari ordonalar qoldimi,
Binolar qo`ygan bog’laring xazonlarga to`ldimi.
2.
1.
|
Janri
|
Motam qo`shig’i
|
2.
|
Hajmi
|
18 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani
|
5.
|
Aytuvchining Yoshi
|
70 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Ota-onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 2-dekabr
|
Bollarimni bog`chasi,voy onam.
Uylarimni qulf-kaliti bo`lgan,voy onam.
Bollarimni boqishgan,voy onam.
Sariq ro`mol qo`limda,voy onam.
Sarg’eyib qoldim yo’lizda,voy onam.
Oq shoyidan chodirim,voy onam.
Yuzim bilan xotirim,voy onam.
Osmondagi oylar boling,voy onam.
Sog’inganda ko`reylik,voy onam
Ariqdegi suvlar bo`ling,voy onam.
Chanqaganda icheylik,voy onam.
Kelar bo`lsam ravotim bo`lgan,voy onam.
Uchar bo`lsam,qanotim bo`lgan,voy onam
Kelar edim parpirab,voy onam.
O`tirar edingiz yaltirab,voy onam.
Endi qandey kelaman parpirab,voy onam.
Chaqirsam kelmas mehmonim,voy onam
Eksam bitmas maydonim,voy onam.
3.
1.
|
Janri
|
Motam qo`shig’i
|
2.
|
Hajmi
|
13 qator
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
5.
|
Aytuvchi Yoshi
|
70 yosh
|
6.
|
Ustozlari
|
Ota-onasi
|
7.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 2-dekabr
|
Bo’gimdagi teragim,voy otam.
Hammamizga keragim,voy otam.
O`zi yemey yedirgan,voy otam.
O`zi kiymey kiydirgan,voy otam.
E`tiborim otam,voy otam.
Suv desam sharbar bergan,voy otam.
Non desam novvot bergan,voy otam.
Nasihatgo`yim,voy otam.
Maslahatgo`yim bo`lgan,voy otam.
Otasi o`lgan kishini,suyangan tog’i qularmush.
Onasi o`lgan kishini qaynar bulog’i quruqmish.
Yaxshilardan qolgan yarog’im,voy otam.
Uyimdagi chirog’im,voy otam,
OLQISHLAR VA QARG’ISHLAR:
1.
1.
|
Asarning matni:
|
Ikki dunyo saodatiga erishgin.
|
2.
|
Janri
|
Olqish
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidanxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 12–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
2.
1.
|
Asarning matni:
|
Dunyoda hech ham kamlik karamlik ko`rmagin.
|
2.
|
Janri
|
Olqish
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 19–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
3.
1.
|
Asarning matni:
|
Ikki dunyoda mushkillaringni Olloh oson qilsin,
Hojatlaringni ravon qilsin.
|
2.
|
Janri
|
Olqish
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 12–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
4.
1.
|
Asarning matni:
|
Yaxshilarga yondartirsin,Yomonlardan adashtirsin.
|
2.
|
Janri
|
Olqish
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 17–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
5.
1.
|
Asarning matni:
|
Tuproq olsang oltin bo`lsin,Oltin boshing omon bo`lsin.
|
2.
|
Janri
|
Olqish
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 19–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M,Abduvoidova
|
6.
1.
|
Asarning matni:
|
Etaging ketingga yetmasin.
|
2.
|
Janri
|
Qarg’ish
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 18–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
7.
1.
|
Asarning matni:
|
U dunyodayam,bu dunyodayam yuzlaring qaro bo`lsin
|
2.
|
Janri
|
Qarg’ish
|
3.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 9– dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
8.
1.
|
Asarning matni:
|
Yayramagin yolchimagin.
|
2.
|
Janri
|
Qarg’ish
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 11–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
1.
|
Asarning matni:
|
Do`zaxga do`mbira bo`lgin.
|
2.
|
Janri
|
Qarg’ish
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 11–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
10.
1.
|
Asarning matni:
|
Topganing go`ringga buyursin.
|
2.
|
Janri
|
Qarg’ish
|
3.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
4.
|
Yozib olingan vaqti
|
2020-yil 12–dekabr
|
5.
|
Joyi
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
RIVOYATLAR
1.
1.
|
Asarning nomi:
|
Shukur qilish
|
2.
|
Janri
|
Rivoyat
|
3.
|
Hajmi
|
1 bet
|
4.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
6
|
Aytuvchining Yoshi
|
70 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Ota-onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 17-dekabr
|
1.Bir kuni Muso alayhissalom Tur tog’iga Ollohni rozi etish uchun ketayotgan ekan,yo`lda bitta boy odam uchrabdi:
-Ha Muso qayga ketyapsan?
-Ollohni rozi etishga ketyapman.
-Meni juda boyligim to`lib toshib ketyapdi.Buni endi u dunyoda qanday javobini beraman ekan,nima qisam meroylasharkan?Shuni Ollohdan so`rab kelgin.
-Bopti,debdi Muso alayhissalom
Keyin yana yurib ketyotsa,sal nariroqdan biro dam qumga ko`milib yotganmish.
Faqat kallasi chiqib turardi xolos:
-Ha,Muso,yo`l bo`lsin?
-Ollohni rozi etishgani Tur tog`iga ketyapman,-degan ekan
-Ollohingdan so`rab ko`r-chi.Men nima qisam boy bo`laman ekan.Kiygani kiyimim yo`q.Mashi ahvolda o`tiribman.Qumga o`ralib,yegani ovqatim yo`q.
-Ho`p,bopti,-debdi.
Muso alayhissalom Olloh bilan to’gridan to’g’ri gaplashgan edi..Unga Jabroil alayhissalom vahiy olib kelmagan.(Olib kelgan bo`lsa ham juda kam,lekin,asosan, Ollohdan buyruqlarni tog’ridan togri qabul qilgan)
Keyin Muso alayhissalom toqqa chiqib Olloh bilan rozi etishib,galashib kelayotgan ekan,haligi boy odam:
-Nima dedi Ollohing? –desa,
-Sen jichcha nolib qo`ygin ekan,Undan keyin boyliging meyorlashar ekan,debdi.
-Endi Xudoyim menga shuncha narsalar berib qo`ygan bo`lsa,nimadan noliman?
-Unda seni boyliging oshib ketovradi,-debdi.
Narigi qumga ko`milganni oldiga kelib:
-Sen shukur qilganakan,iney boy bo`lasanakan.
-Men nimasiga shukur qilaman?Yegani ovqatim,kiygani kiyimim bo`lmasa,-deb tursa,shamol kelib shundey qumni uchirib etibdi.
-Eeey,endi bildim,endibildim.Qumgayam shukur qimodim,shuyam yo`q bo`ldi.Xatoyimni endi tushundim,Shukur,shukur.Kozim ko`rib turganiga,qo`lim ishlaganiga,oyog`im yurganiga shukur,-deb iney haligi odam boy bo`lib ketganakan.
O`shaning uchun nolish eng yomon narsekan.Har qandey vaziyatda,holatda ham sabr va shukur qilib,nolimaslik kerak ekan
2.
1.
|
Asarning nomi:
|
Misvok
|
2.
|
Janri
|
Rivoyat
|
3.
|
Hajmi
|
Yarim bet
|
4.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
6.
|
Aytuvchining yoshi
|
70 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Ota-onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi.2020-yil 16-dekabr
|
2.Kunlardan bir kun Muhammad (s.a.v) payg’ambarimiz zavjalari Oysha onamiz bilan tortishib qolibdilar.So`ngra nabiyimiz:
-Agar u dunyoda javob berish bo`lmaganida seni manashu misvok bilan urardim,-debdilar.
3.
1.
|
Asarning nomi:
|
Olloh bilguvchi
|
2.
|
Janri
|
Rivoyat
|
3.
|
Hajmi
|
1 bet
|
4.
|
Aytuvchi
|
Masturaxon momo Nurxonova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Do`mar qishlog’i
|
6.
|
Aytuvchining Yoshi
|
70 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Ota-onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 7-dekabr
|
3.Muso alayhissalom bir kuni:
-Ollohim menga bir adolatingni ko`rsatsang.Odilligingni bilaman,tan olaman,lekin ko`zim bilan ko`rsam yanayam ishonchim mustahkam bo`lardi,-debdi
-Bopti,falon manzilgan borsang,o`sha yerda bir daraxt bor,uni tagida bir bulog’ bor, sen o`sha yerda panada bekinib yot,shuyerda ko`rasan meni odilligimni,-debdi Olloh.
Keyin Muso alayhissalom aytilgan joyga borib yotibdi.So`ngra bir otlik boyvachcha kelibdi,buloq suvidan ichib,salqinlab,qo`larini yuvib,damini olib ketibdi.Ketayotganida uni cho`ntagidan hamyoni tushib qolibdi.
Boydan keyin bir yigitcha kelibdi.U ham dam olib,salqinlab tursa.ko`zi haligi hamyongan tushibdi va olib ketibdi.
Orqasidan bitta qari chol ham kelib suvdan ichib tursa,haligi boyvachcha qaytib kelibdi va cholga debdi:
-Shu yerda meni hamyonim tushib qolgandi.Qani? Toviber.
-Men ko`rmadim,kelganimda yo`q ekan.
-Sendan boshqa mendan boshqa bu joyda hech kim bo`lmasa kim oladi,-deb qamchi bilan haligi cholni bir urgan ekan,qariya o`lib qolibdi.Ineykiyin boyvachcha ketibdi.
Buni ko`rib turgan Muso alayhissalom Ollohga:
-Bu qanaqa odillik bo`ldi endi,Ollohim? Hamyonni shu bola olib ketdi,uni jazosini qariya tortdi-ku,-debdi
-Ey Muso,men bilganni sen bilmisan.Sababini eshit endi.Pulni olib ketgan bolani otasini boyvachcha ishlatib-ishlatib pulini bermey haydagandi.Yigit otasini haqqini olib ketdi.O`lgan chol boyvachchani otasini o`ldirgandi.U otasini xunini oldi.
Shunda Muso:
-Ollohim adolatingga hech shubxam yo`q endi,o`zing har narsaning sababini bilguvchisan,debdi.
BOLALAR FOLKLORI:
1.
1.
|
Asarning nomi:
|
Kapalagim
|
2.
|
Janri
|
Bolalar qo`shig’i
|
3.
|
Hajmi
|
16 qator
|
4.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Aytuvchning Yoshi
|
80 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 11–dekabr
|
Kapalagim kapalak
Buncha go`zal bo`lmasang,
Qanotlaring rang-barang,
Buncha maftun etmasang,
Osmonda uchib yursang .
Ko`zlarim senda bo`lar.
Kapalagim kapalak
Mening qalbim shod ayla.
Kapalagim kapalak
Kel birga biz o`ynaylik.
Sen uchgin,men ortingdan
Quvnoq bo`lib chopayin.
Kapalagim qanoting
Qayrilmasin hech qachon
Sening go`zal surating
Kitobimda allaqachon,
2.
1.
|
Asarning nomi:
|
Yulduzcha
|
2.
|
Janri
|
Bolalar qo`shig’i
|
3.
|
Hajmi
|
20 qator
|
4.
|
Aytuvchi
|
Saidaxon Abdurazzaqova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Ho`jaobod qishlog’i
|
6.
|
Aytuvchining Yoshi
|
53 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 15-dekabr
|
Porla porla yulduzcha
Hammadan sen olisda
Yorug’liging sochasan.
Ko`nglimizni ochasan.
Kun shulasi ketganda
Sening vaqting yetganda
Kel osmonni yoritib,
Kongillarni zor etib.
Qorla porla yulduzcha
Hammadan sen olisda
Qara osmondan menga.
Pardam ochib qarayman
Hayronmandir men senga
Muncha ham sen yonasan
Yulduzchalar osmonni
Olmos kabi qopladi.
Seningla bu keng osmon
Yarqiraydi yonadi.
Porla porla yulduzcha
Hammadan sen olisda.
3.
1.
|
Asarning nomi:
|
Opa-singillar
|
2.
|
Janri
|
Bolalar qo`shig’i
|
3.
|
Hajmi
|
16 qator
|
4.
|
Aytuvchi
|
Saidaxon Abdurazzaqova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Nori tumani Ho`jaobod qishlog’i
|
6.
|
Aytuvchining Yoshi
|
53 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
|
Yozib olingan joyi va vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 15-dekabr
|
Bizlar opa-singillar
Qora sochi sumbullar.
Doim birga o`ynaymiz
O`ynab bizlar toy`maymiz.
Ukamiz bor shirintoy.
Chiroyli ham sho`x yoqimtoy.
Uni juda kutganmiz
Doim erkalatamiz
Ukajon,shirin ukajonim,
Ukajon,erka ukajonim,
Bir zum ham yolgiz qo`ymaymiz.
Qarab unga hech to`ymaymiz.
Sochlarini taraymiz.
Yuz-ko`ziga qaraymiz.
Hamma o`yinchoqlarni
Unga beramiz endi.
4.
1.
|
Asarning nomi:
|
Bir-bir
|
2.
|
Janri
|
Bolalar o`yini
|
3.
|
Hajmi
|
Yarim bet
|
4.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
|
Yozi0b olingan joyi va
vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 19–dekabr
|
4.Bir-Bir
“Bir-bir” o`yinida yuqizgan tomon zum chopib dovni berishi kerak.Bunga yutgan tomon chillakni yerga tushurmay,muallaqlagancha chillak dasta bilan nechi marta urolsa,shu sanoq darajasigacha uni uzoq masofaga yo`naltirib zarb bilan uradi.Yutqizgan shu masofaga bir nafasda “bir” degancha chopib kelishi kerak.lekin,avval,u shu masofaning uzoq-yaqinligini chamalab,uning qancha qismigacha nafasi yetishini o`ylab,so`ngra,o`sha masofaning ma`lum qismini qo`shiq aytish hisobiga chopib o`tishi kerak:
Shoyi ko`ylak kiymayman,
Hilpiratib yurmayman
Kalish-mahsi kiymayman,
G’irchillatib yurmayman.
Botinkamni kiymayman,
Do`qillatib yurmayman,
Oyoqyalang chopaman.
Chopaman,doving beraman,
Bir ...r…r…
5.
1.
|
Asarning nomi:
|
Yaxlatamiz
|
2.
|
Janri
|
Bolalar o`yini
|
3.
|
Hajmi
|
Yarim bet
|
4.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80-yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 8–dekabr
|
5.Yaxlatamiz
“Yaxlatamiz”-bu o`yin bolalarni muzga,sovuqqa chidamlilikka o`rgatadi.Umumiy yo`nalishni aka-uka muzlar qiyofasidagi ikki o`yinboshining xatti-harakati va dialogi bergilagan.O`yinboshi “muz”larning biri “Men burun yaxlataman”,ikkinchisi:”Men quluq muzlataman”,-deyishib bolalarni sovuqdan qo`rqitishadi.Bundan cho`chogan bolalar “panada qaltirashib”,o`ynagani chiqishmaydi.Shunda aka-uka muz (o`yinboshi)lar o`z po`pisasidan mamnun bo`lib:
-Botir bola bo`lsa-chi?
-Yo`l safarga chiqsa-chi?-
Deya kerila boshlaydilar.Bu bolalarga pisanda bo`lib tegdi.Ularning g’ururi qo`zg’ab:
-Biz do`qingdan qo`rqmaymiz,
Muzni pisand qilmaymiz,-
deya yoppasiga qiy-chuvlashib,otilib maydonga chiqadilar.O`yinboshi (yax)lar chekinshadi.Shu tarzda bolalarda jasorat tuyg’usi tarbiyalana boshlaydi.Bu o`yinda bolalar soni cheklanmagan qancha ko`p bo`lsa shuncha yaxshi.
6.
1.
|
Asarning nomi:
|
Koptok
|
2.
|
Janri
|
Bolalar o`yini
|
3.
|
Hajmi
|
Yarim bet
|
4.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M,Abduvoidova
|
9.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Aytuvchining uyi,2020-yil 8-dekabr
|
6.Koptok
Qiz bolalar to`p (koptok) o`ynashayotganda ijro etiladi:
Birim-bilan,
Oltov-oltim
Ikkim-ilon
Etttim-etov
Uchim-uchak
Sakkizim-saqlan
To`rtim-to`shak,
To`qqizim-to`qlan,
Beshi-beshov
O`nim-bujmak
Bu qo`shiq koptokning er yoki devorga urilishiga hamda yutuqlar soniga hisoblanadi.
To`p o`yinida yutgan qiz o`z shodligini qo`shiq qilib kuylashi va yutqizgan o`rtog’iga shart qo`yishi mumkin.
ERTAKLAR:
1.
1.
|
Asarning nomi:
|
Qo`ng’iz bekachi
|
2.
|
Janri
|
Ertak
|
3.
|
Hajmi
|
1 bet
|
4.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Ertakchining uyi,2020-yil 17–dekabr
|
1.Qo`ng’iz bekachi
Bir qo`ng’iz bekachi bo`lgan ekan.Yasan tusanib,o`ziga oro berib,yangi kiyimlarini kiyib yo`lga chiqbdi.Uni korgan molboqarlar:
-Hoy,qo`ng’iz bekachi,qaqa ketyapsan?
-Erga tekkani.
-Unda sen menga teg.
-Achchig’ing chiqsa,nima bilan urasan?
-Mol boqqan tayog’im bilan uraman,-debdi.
-Yo`q,bomeydi.
Nariroqqa borsa qo`ychivon borakan:
-Ha,Qo`ng’iz bekachi,qaqa ketyapsan?
-Erga tekkani.
-Menga teg
-Achchig’ing kelsa,nima bilan urasan?
-Qo`y boqqan tayog’im bilan uraman,-debdi qo`ychivon
-Yo`q,bomeydi,-deb ketyotursa,chichqoq chiqibdi va debdi:
-Qo`ng’iz bekachi qayoqqa ketyapsan?
-Erga tekkani
-Erga tegsang,menga teg.
-Jahling chiqsa nima bilan urasan?
-Dumim bilan sileyman,tilim bilan yaleyman,-debdi sichqon
-Unda senga tegaman,-deb rozi bo`libdi Qo`ng’iz bekachi.
Bir kuni sichqonboy bozorga ketgan ekan,Qo`ng’iz bekachi ariqqa suv olish uchun tushibdi.Behosdan oyog’i toyib oqib ketibdi.Keyin aytibdiki ko`prik tagida turib:
-Dupur-dupur o`tkanlar bot boshini tortinglar,Qo`ng’iz bekachi o`ldi deb chiqchonboyga aytinglar,-debdi.
2.
1.
|
Asarning nomi:
|
Qismat
|
2.
|
Janri
|
Ertak
|
3.
|
Hajmi
|
1 yarim bet
|
4.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Ertakchining uyi,2020-yil 12-dekabr
|
2.Bir bor ekan,bir yo`q ekan,bir zamonda bitta chol va qiz yashagan ekan.Bir kuni chol qiziga :
- Qizim,ko`chadan taqdirchi buvang o`tadi,Ashindan so`rab qo`ygin seni taqdiring kimda ekan?-debdi.
Qizi ko`chaga chiqib o`ynab o`tirsa,taqdirchi buva o`tib qolibdi.Qiz so`rabdi:
-Taqdirchi buva,meni taqdirim kimda ekan?O`shini aytib bering,-debdi
-Seni taqdiring:o`zi o`lgan,ko`zi quruqshaganda,-deb o`tib ketibdi
Ineykiyin,Otasi bozordan kelsa,qizi taqdirchi buva aytganlarini gapirib beribdi.Otasi:
-Kel qizim,otga min,qochib ketamiz taqdiringdan,-deb ketishibdi.
Ular otda yo`l yurub cho`lga borib qolishibdi.Sahroni o`rtasida bir ko`kmak bog’ ko`rinibdi.Keyin borib ikkalalari suv ichib,dam ovoleylik deyishib kirib borishibdi bog’ga.Darvozalari ochiq ekan.Ichgariga kirishsa,hammayoqda gullar ochilib,suvlar sharillab oqib,supalarga to`shaklar solingan chiroylik joy ekan.Bitta mishiq bo`yniga qiriqta kalitni osvolib o`tirgan ekan,ularni korib yugurib cholni oyog’ini tagiga kirib suykalibdi rosa.Keyin chol ham mishiqni bo`ynidagi kalitlarni olib bittadan xonalarni ochib ketaberibdi.Birisiga kirsa qimmatbaho matolar,idishlar,biriga kirsa qimmatbaho kiyimlar.Hammasi ajoyib emish.Ularni korga ota qiz hayratdan yoqasini ushlab qolishibdi.Keyin bitta xonaga kirishsa bitta yigit yotganmish.Chiroylik,kelishgan emish.Unga qarashsa,o`zi o`lib,ko`zi quruqshab qolgan ekan.Buni ko`rgan chol:
-Eh,peshonam qursin bolam,men o`zim obkeb qo`yibman-u,chiq bo`l tez qaytib ketamiz uyga,-deb shoshilib darvozadan chiqib otga minishayotishsa,qamchisi qolgan ekan.Chol qiziga:
- Bor qizim qamchini olib kelgin,-debdi
Qizi qamchiga kirganda eshik qars etib bekilib qolibdi va qiz ichkarida qolib ketibdi.Keyin yig’lab-yig’lab nima qilarini bilmey haligi yigitga qarab,ko`zini tozalabdi.Borgan sari u yigirga jon kelib seskanovribdi.Kunlar o’tib bolani ko`zi endi toza bo`lib qolgani-da,ko`chadan bir qiz kirib kelibdi-da,haligi qiz bilan ikkalasi o`rtog’ bolishib,birga ish qilishib yurishibdi.Bir kuni haligi qiz eshikka chiqib ketgan ekan,keyin kelgan qiz bolani kozini tozalayotsa uni ko`zi ochilib tirilib ketibdi va yangi kelgan qizni xotin qilib olibdi-da,oldingi qizni cho`ri qivolibdi.Bechora qiz juda hafa bo`libdi.
O`ziga kelgan yigir bozorga borib kelmoqchi bo`lib bir kuni ikkalasiga:
-Sizlarga nima olib keley?-deb so`rabdi.
Keyin kelgan qiz ko`ngli tusagan har narsani aytibdi.Oldin kelgan qiz esa:
-Menga bitta qurchog`bola obkeling,-debdi
Obkelganakan uni olib,o`tirvolib yiglab,boshiga tushgan hamma narsani qurchoqqa aytib beribdi.Aytganlarini haligi yigit eshitib qolib,uni o`ziga xotin qilib,nargi qizni cho`ri qivolibdi.
3.
1.
|
Asarning nomi:
|
Hasadchi Hakka
|
2.
|
Janri
|
Ertak
|
3.
|
Hajmi
|
1 yarim bet
|
4.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog`i
|
6.
|
Aytuvchining yoshi
|
80 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Ertakchining uyi,2020-yil 14-dekabr
|
3.Hasadchi Hakka
Bir bor ekan,bir yo`q ekan,qadim zamonlarda g’oz karnaychi ekan,o`rdak surnaychi ekan.Qaldirg’och to`quvchi,tovus tikuvchi ekan.Tikuvchi bo`lganda ham shunday tikuvchi ekanki,tikkan ko`ylaklari o`zi kiygan kiyimidanham go`zal va nafis chiqarkan.Qo`shnilar u tikkan ko`ylasklarni kiyib,gul-gul ochilib,og`izlaridan dur sochilib,og’izlaridan dur sochilib,tovusxonimga minnatdorchilik bildirsalar,xonim kamtarlik bilan:
-Qo`limdan kelgani shu bo`ldi-da,o`rgilaylar.Ishizm sizlarga yoqqanidan baxtiyorman.Yana kelib turinglar!,-deya mijozlarini muloyimlik bilan kuzatar ekan.Mijojlarining gaplaridan ruhlanib,yana-da zavq-shavq bilan tikuv mashinasiga o`tirar ekan.
Tovus xonimdan nariroqda ishxona ochgan Hakka esa xonimning aksi,tezroq boyish maqsadida ishni chala-chulpa bitirar,tikkan kiyimlarining qiyshiq qopday xunuk chiqishiga e`tibor qilmas ekan.Aybini tuzatish o`rniga,buyurtmachilar bilan janjallashar ekan.
Tovusdan o`rganish qayoqda deysiz,uni ko`rgani ko`zi yo`q,g’iybatchi yapaloq qushlarni unga qarshi qo`yarkan.Yapaloq qushlar yo`l chetiga o`tirib olib,o`tgan ketganlarga:Hoy,bilasizmi,hakkaxon shunday zo`r tikuvchi bo`libdiki,unaqasi olamda yo`q.Tovus ham o`z nazarida “tikuvchiman” deb yuribdi-da,kiyimingizni buzib beradi!Ko`ylagingiz bo`lsa Hakkaxonga olib boring!”-deb tashviqot qilishsa ham,qushlar alqoqqa uchishmas,Tovusxonlaridan aynishmas ekan!Hakkaga alam qilganidan,kuyib ozib-to`zib ketibdi.Oxiri boshqa tomonga ko`chib ketishga majbur bo`libdi.Lekin brogan joyida ham Tovusning maqtovi emish!G’azabdan o`zini qayerga qo`yishni bilmay,so`rab-surishtirsa,bu yerdagilar Tovusning o`zini ko`rishmagan,faqat ta`rifinigina eshitishgan ekan.Tovusdan ko`ylak tiktirib kiyishga juda orzumand ekanlar!Hakka o`zicha:”Mening egnimdagi kiyim ham rangdor,o`zimni tovusman deb tanishtirsam bo`lmaydi-mi? Bu soddalardan pul o`marganim g’animat!”-deb o`ylabdi-da,kata taxta topib,unga yirik harflar bilan:”Ko`ylak tikishning tengsiz ustasi Tovusxonim Dovudshoh qizi ishxona ochdi.Eng go`zal ko`ylaklar tikish hunarimni namoyish etmoqchiman.Buyurtmachilar,marhamat qilinglar”,-deb yozib,uyi tepasiga o`rnatib qo`yibdi.Buni ko`rgan qushlar hovliqib-shoshilib,matolarni qo`ltiqlab uchib kela boshlashibdi.Lekin uning qing’ir-qiyshiq tikkan ko`ylaklarini ko`rishib hayratdan yoqa ushlashibdi:”Voy,tovba.Tovusxonim,deganlari,nahotki,shu noshud,olazarak yulg’ich bo`lsa!”-deb jig’ibiyron bo`lishibdi.Janjal ko`tarishibdi.Tepadan uchib o`tayoptgan ikki sayohatchi o`rdak bu gaplarni eshitib,baland ovoz bilan:
-Kir-rak,kir-rak…iya,shu aldoqchining tuzog’iga ilinibsiz-da,bu ahir Tovus emas,pana joylarda pisib yuruvchi Hakka-ku!-deya qichqirishibdi.Qushlar aldanganliklarini bilgan hamono Hakkani cho`qib,patlarini to`zitib,o`rmonlaridan haydab yuborishibdi.Hunarni puxta o`rganib,g’ayrat,vijdon bilan mehnat qiluvchi kamtarin Tovusxonim esa hamon hurmat va izzatda emish.
4.
1.
|
Asarning nomi:
|
Mohir usta
|
2.
|
Janri
|
Ertak
|
3.
|
Hajmi
|
2 yarim bet
|
4.
|
Aytuvchi
|
Hamidaxon momo Abdurazzaqova
|
5.
|
Manzili
|
Namangan viloyati Norin tumani Sho`ro qishlog’i
|
6.
|
Aytuvchining Yoshi
|
80 yosh
|
7.
|
Ustozlari
|
Onasi
|
8.
|
Yozib oluvchi
|
M.Abduvoidova
|
9.
|
Yozib olingan joyi va
vaqti
|
Ertakchining uyi,2020-yil 7-dekabr
|
4.Mohir usta
Qadim zamonda teshaboy degan usta bo`lgan ekan.Uning daraxtlari juda ko`p ekan.Teshaboy kun bo`yi yog’ochlardan turli-tuman buyumlar yasar,hatto cho`pkari imroatlar qurar ekan,biroq daraxtlari sira kamaymas ekan.Daraxtlari brogan sari ko`payshining boisi usta Teshaboy bitta daraxt yiqitsa,o`rniga ikkita ko`chat ekadi,deb o`ylasharkan odamlar.Bu gap to`g’ti ekan-u,ammo boshqa muhimroq siri ham bor ekan.Bu sirni usta o`z o`gillari aytishni niyyat qilib yurar ekan.
Teshaboyni uch o`g’li birin-ketin voyaga yetibdi.O`g’illari voyaga yetgan sari usta qarib,madordan qola boshlabdi.bir kuni uo`g’illarini qoshiga choral shunday debdi:
-Har biringiz o`rmonga borib,birorta yasashga arzimaydigan yog’och topib kelasiz.
Birinchi bo`lib kata o`g’li o`rmonga boribdi,qing’ir-qiyshiq yog`ochni tezgina topib kelibdi.Yog’ochning g’ola qismi bug’uning tumshug’iga,tarvaqaylagan ikki ulkan shoxchasi ham o`sha jonvorning shoxlariga juda o`xshar ekan.bundan na imorat,na eshik-rom,na xontaxta yasash mumkin deb o`ylabdi u,o`zicha.
Mana-,debdi u o`sha yog’ochni bazo`r sudrab kelarkan.
-Hech vaqoga yaramaydiganini topdim.O`rmonda munaqa shox-shabbalar qalashib yotibdi…
Usta Teshavoy yog’ochni ko`rib negadir quvonib ketibdi.
-Sen eng noyob buyum bo`ladigan yog’ochni keltirbsan-ku,-deb istehzoli kulibdi to`ng’ich o`g’liga
-Axir,bundan zo`r omoch yasash mumkin!
Teshaboy qo`liga teshasini olib ishga kirishibdi.Tarvaqaylagan shoxlarini tartibga keltiribdi,ular chiroyli dasta bo`libdi.Bug’uning tumsgug’iga o`xshash qismini yo`nib,silliqlabdida uchiga kuraksimon temir qoqibdi.O`g’illarining ko`z oldida juda alomat omoch paydo bo`libdi.Chol o`gillariga tushuntiribdi:
-Yodlaringda bo`lsin yog’ochlari bir-boriga ulab yasalgan omoch chidamsiz bo`ladiYer haydashga kirishgandayoq ulangan joylari ayrilib ketaveradi.Onatabiat ehson qilgan manavi yog`och esa,bir umr yer haydasangiz ham yetadi!har qanday zarang yerni shudgor qilishga ham qodir bu omoch!...
Navbat o`rtancha o`g’ilga yetibdi.U ham bo`lmag’ur yog’och izlab o`rmon oralabdi.U ham eng bo`lmag’ur yog`och izlabdi.Ko`p o`tmay o`rmonning qalin joyida bitta yog’ochni tanlabdi.Semizligi bilakdek bu yog’och shunaqangi buralib-buralib o`sgan ekanki,undan biror narsa yasash mumkinligiga o`rtancha o`g’ilning ko`zi yetmabdi.O`sha yog`ochni uyiga sudrab kelibdi.Uni ko`rib otasining chehrasi yorishibdi:
-Men ko`pdan buyon axtarib kelayotgan yog’ochni keltiribsan-ku,-deb o`rtancha o`g’ilni hatto maqtagan bo`libdi.Sen ham akangga o`xshab dehqonchilikni xush ko`rasan,shekilli.Akang omochbop yog’och keltirgandi,sen bo`lsang ho`kizning bo`yniga bo`yinturuq bo`ladigan yog’och topibsan!..
Chol tag’in ishga kirishibdi.Hash-pash deguncha,juda mustahkam bo`yinturuq yasabdi-da:
-Bu narsani tabiiy shakllanib o`sgan daraxtdan yasagan ma`qulroq,-deb qo`shib qo`yibdi.Buyum bo`lmaydigan yog’och topib kelish gali kenja o`g’ilga yetibdi.U ham akalri singari o`rmonga yo`l olibdi.Ha,deganda qaytavermabdi.Shu ketganicha uch kecha-yu uch kunduz daragi bo`lmabdi.Axiri uyiga horib-charchab qaytib kelibdi.
-Xo`sh,sen qanaqa yog’och keltirding?-deb savolga tutibdi otasi.
Kenja o`g’il vazmin bosh chayqab javob beribdi:
-Butun o`rmonni kezdim.turli-tuman yog’ochlar juda serob ekan.Biroq ular orasida buyum bo`lishga arzimaydiganini topolmadim…
-Barakalla,-debdi chol kenja o`g’lining yelkasiga qoqib.Sendan haqiyqiy usta chiqishiga ishonsam bo`larkan.Chindan ham,yog’ochlarning buyum bo`lmaydigani yo`q.Bu ustaning mahoratiga bog’liq!Daraxtlarimiz yil sayin gurkirab o`sishining ham anglagan bo`lsang kerak.Ya`ni men hech vaqt biror buyum yasash ucun duch kelgan daraxtni kesmayman.Hatto oddiy cho`pniyam huda-behudaga yo`nib tashlamayman,isrog qilmayamn!Avvalo,yasaydigan buyumimga yarasha yog’och axtaraman,eng maqbulini tanlab,so`ng ishga kirishaman.Qarabsanki,yog’och ham zoye ketmaydi.yasagan buyumim ham o`ta sifatli bo`ladi…
Usta Teshaboy yana kenja o`g’liga bir qancha nasihatlar qilib,dastgohi va ustalik anjomlarini unga meros qoldiribdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |