Iqtisodiy - ijtimoiy
munosabatlar
Misr avvalgi gullab yashnagan zamoniga
qaraganda tushkunlik davrini kechirayotgan bo’lsa
ham, xo`jalik hayoti batamom to’xtab qolmagan edi.
Misrliklar bu davrda hunarmandchilik ishlab
chiqarishning ba'zi bir sohalarini hatto anchagina
mukammallashtirgan ham edilar. Ular jezdan har xil
buyumlarni, nafis haykallarni juda mohirlik bilan
ishlay olganlar. Bu xaykalchalarni kumush yoki oltin
tolalari bilan bezaganlar. Takushet nomli misrlik
ayolning Efiopiya-Sais davriga oid haykalchasi
shunday tolalar terib ishlash texnikasining ajoyib
namunasidir. Podsho Pasebxaning yaqinda Tanisdan
topilgan kumush sarkofagi (tobuti) metallni badiiy
jihatdan ishlash sohasida ajoyib yutuqlarga
erishilganini ko’rsatadi. To’qimachilik kasbi ham
yuksak darajada rivojlangan. Misrda to`qimachilik
ishlab chiqarishining alohida markazlari vujudga
kelgan. Shunday markazlardan biri Memfis bo’lgan.
To’qimachilar va yigiruvchilar sexga o’xshash
alohida-alohida guruhlarga birlashganlar.
To`qimachilik ishining xatto Tait degan aloxida
ma'budasi O’rta Misrda to`qimachilik ishining Xets-
127
xetep («PokiRaxmat») degan xudosi mavjud bo’lib,
unga sajda qilganlar. Fayans buyumlar ishlab
chiqarish rivojlangan. Fayansdan har xil uy-ro`zgor
buyumlari, bo`yi 25 smga yetadigan nafis
haykalchalar yasalgan. Boylar va chet ellarga
chiqarish uchun tayyorlanadigan ziynat buyumlari
jumlasiga har turli xushbo`y va upa-elik buyumlar
ham kirgan. Shu davrdayoq nilufardan maxsus moy
olishni bilganlar, bu moy amaldorlarni yangi
mansabga tayinlash vaqtida ularning yuziga surtish
uchun ishlatilgan.
Er.avv.I ming yillikda iqtisodiyotdagi xal qiluvchi
omil xo`jalikda temirdan foydalanish bo’ldi.
Er.avv.VII-VI asrlardayoq Misrda temirni ishlash
texnologiyasi o’zlashtirib olindi. Hunarmandchilikda
metall ishlash yetakchi tarmoq bo’ladi. Bu davrga
kelib topilgan hujjatlardan savdo yanada rivojlanib va
murakkablashib borganligidan guvohlik beradi. Chet
el savdogarlari Misrga tez-tez kelib ketib turganlar.
Tashqi savdoda Misrning asosiy sheriklari Finikiya va
Karfagen bo’lgan. Misr savdogarlari yunon polislari
bilan savdo aloqalari o’rnata boshlaydilar. Fir'avn
Nexo davrida Nil daryosini Qizil dengiz bilan
tutashtiradigan kanal qurish yuzasidan katta ishlar olib
borilgan. Bu kanal qurilishi bilan Misrdan Nubiyaga
va hatto undan nari Puntga to’gridan-to’gri boradigan
suv yo`li ochilar edi. Gerodot ma'lumotiga ko’ra,
128
Nexoning buyrug`i bilan finikiyalik dengizchilar
kemada Afrikani aylanib chiqqanlar.
Misr Kichik Osiyodagi Kariya-Lidiya xalqlari
bilan keng savdo olib borgan. Tashqi savdoning rivoji
va Misrning yunonlar bilan bo’lgan iqtisodiy
aloqalarining mustahkamlanishi natijasida pul
xo`jaligining ilk shakllari paydo bo’ladi. Misrning
iqtisodiy jihatdan vaqtincha bunday rivoji
quldorlardan va yer egalaridan iborat aslzodalarning
hukmron qatlamini, kohinlar liviyalik harbiy
aslzodalar, yunon savdogarlarning hamda ma'lum
darajada yollanma askarlarning boyib ketishiga sabab
bo’ladi.Misrliklar o’zlariga kerakli mollarni ko’p
qismini avvalgidek, Suriyadan keltirganlar.
Gerodotning yozishicha Misr podshosi Yaxmos II
misrliklar uchun bir qonun chiqargan. Bu qonunga
muvofiq Misrning har bir fuqarosi tirikchilik qilish
uchun qanday mablag`larga ega ekanligini har yili
viloyat boshligiga kelib aytishga majbur bo’lgan. Buni
bajarmagan odamga yoki qonuniy yo’l bilan topilgan
mablag`lar hisobiga yashayotganini isbot qila
olmagan kishiga o’lim jazosi berilgan. Bu qonun
tufayli Misr aholisi goyat farovonlikda yashaganligi
ko’rsatiladi. O’sha davrning ijtimoiy tuzumidagi yana
bir xususiyat shu ediki, mansab va kasb otadan bolaga
meros bo’lib o’tgan. Shu sababli, koxin, askar va
hunarmandlarning tor doiradagi ijtimoiy guruhlari
maydonga kelgan. Bu toifaviy yopiqlik yurish-turish
129
va urf-odatlarning an'anaviyligida ham yaqqol
ko`rinadi. So’nggi davr mafkurasida e'tiqod, urf-odat,
unvonlarga, til, adabiy uslubida, me'morchilik va
san'atda qadimiylikka qaytish kayfiyati hukm suradi.
Qadimgi va O’rta Podsholik davri «Oltin asr» deb
atalib, bu davr siyosiy ideal sifatida tasavvur qilindi.
Misrda bu davrda yunonlarning ta'siri seziladi.
Yunon va Misr san'atining o’zaro ta'siri jarayoni
kuchaydi. Misrga qo’shiqchi va shoirlar-Orfey,
Musey, Gomer, Dedal, Likurg va Solonlarning
sayoxat qilgani to’g`risida afsonalar mavjud.
Yunonlarning vaza san'atida Afrika, Misr motivlari:
lotos, raqsga tushayotgan negrlar, Misr ma'bud va
ma'budalari keng tasvirlangan. Gerodot Misr tarixini
o’z sayohatidan olgan taassurotlari, odamlardan
eshitgan hikoya, qissa, ertaklar asosida yoritishga
urinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |