O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


So’nggi podsholik davrida Misr



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

So’nggi podsholik davrida Misr 
Misr chet elliklar hukmronligi ostida. 

a) Misrda ajnabiy liviyaliklar hukmronligi 

b) Misrliklar Efiopiya va Osuriya tazyiqi 
ostida 
Yangi podsholik davri yagona davlatni yemirilishi 
bilan Misr III O’tish davri (er. avv. 1075-656-yillar)ga 
kirdi. Bu davrda Misr yoki rasman yagona podsho 
hokimiyati bo’lsada kuchli tarqoq holatida bo’ldi. 
Yoki bir necha nomlar o’rtasida bo’lingan holda 
turdi. 


109 
Bu davrning boshlarida Quyi va O’rta Misrda 
Tanis shahrida o’rnashib olgan (er. avv. 1075-945-
yillar) XXI sulola hukmronlik qildi. Janubiy Misr
Xerixorning vorislari Amon-Ra ibodatxonasi oliy 
kohinlari boshqaruvi ostida edi. Bu vaqtda alohida 
nomlar kuchayib ketdi. XXI sulola va Amon-Ra 
ibodatxonasi oliy kohinlari nomlarni merosiy 
nomarxlari separatizmiga qarshi tura olmadilar. Ichki 
kurashlar sababli parokandalikka yuz tutgan mamlakat 
tez orada chet elliklarga qaram bo’la boshladi. Bu chet 
elliklardan biri liviyaliklaredi. 
Liviyaliklar deltaning g`arbiga va Nil daryosining 
shimoliga tutashgan joylarida hamda g`arbiy 
vohalarda qadimdan yashab kelganlar. Bu qabilalar, 
mustaqil bo’lib, lekin madaniy jihatdan qoloq 
bo’lganlar. Yangi podsholik fir'avnlari zamonida Misr 
gullab yashnagan davrda liviyaliklar Misrga ko’plab 
kelib o`rnashganlar. 
Fir'avnlar liviyaliklarni yollanma askar sifatida 
xizmat qabul qilib, ularga asosan, deltadan chek 
yerlarni ajratib berganlar. XX va XXI sulola vakillari 
davrida liviyaliklarning ko`chib kelishi yanada 
jadallashgan. Luviya zodagonlaridan ba'zi birlari asta-
sekinlik bilan kohinlik lavozimlarini egallaydilar.
Liviyalik yollanma askarlar boshliqlari ayrim 
hududlarni bosib olganlar. 
Harbiy qo’mondon va Gerakleopoldagi Xerilfe
xudosining ibodatxonasi bosh ruhoniysi bo’lgan bir 


110 
liviyalik yozma ma'lumotida ta'kidlashicha, bu 
odamning o’zidan avval o’tgan ota-bobolaridan 15 
tasi shu yerda umr kechirib o’tganligi aytiladi. Bu 
yozuvga qaraganda uning ajdodi «liviyalik Byuvava 
XXI sulola davrida Gerakleopolga ko`chib kelgan. 
Uning avlod-ajdodlari liviyalik qo’shinlarning «ulug` 
boshliqlari» va Gerakliopol ibodatxonasining 
kohinlari lavozimini egallagan, bu liviyalik aslzodalar 
urug`idan biri podsho oilasi bilan qarindosh ham 
bo’lib olgan. 
Ana shu liviyalikning avlodi Bubastis nomining 
nomarxi Sheshonk podsholik taxtini egallab XXII
sulolaga asos solgan. Kelib chiqishi liviyalik bo`lgan 
yangi hukmdorlar Fiva kohinlari bilan maslahatlashib 
va ularga tayanib ish ko`rganlar. Yangi sulola 
podsholari, eski podsho xonadoni bilan qarindosh 
bo’lib, o’z bolalarini Fivadagi ibodatxonaga bosh 
ruhoniy qilib tayinlaydilar. 
Liviya sulolasiga asos solgan Sheshonk I (er. 
avv. 945-924- yillar) serg`ayrat hukmdor bo’lgan. 
Luviyaliklarning harbiy kuchlariga va Fiva 
kohinlariga tayanib turib, Sheshonk I o’zini XYIII-
XIX sulola zamonidagi buyuk istilochi fir'avnlarning 
ishini davom ettiruvchi sifatida ko’rsatib, Karnakdagi 
ibodatxona yonida «Bubastislar hovlisi» (saroyi) ni 
bunyod qiladi va katta minora qurdiradi. Sheshonk 1 
mamlakatda vaziyatni bir oz barqaror qiladi. U
er.avv. 930- yili Falastin ustiga yurish qilib 


111 
katta"o`ljalar bilan Misrga qaytgan. «Bubastislar 
hovlisidagi» o`ymakor tasvirlarda va zafarnomalarda
Falastinda erishilgan g`alaba tasvirlangan. Bu yerdagi 
osiyolik asirlardan 156 tasini arqonga bog`lab 
borayotgan xudo Amonning kattakon tasviri ayniqsa 
diqqatga sazovordir. 
1938-1939
yillarda Tanisda o’tkazilgan qazish 
vaqtida 
Sheshonkning 
hali 
qo’l
tekkizilmagan maqbarasi topildi. Bu maqbaralardan 
fir'avnning oltin, kumushdan qo’shib ishlangan 
sarkofagi (tobuti) va unda mumiyolangan fir'avnning 
yaxshi saqlangan jasadi saqlangan edi. 
Sheshonk 1 dan keyin o’tgan podsholar 
Sheshonkning davlat ishlarini munosib tarzda davom 
ettira olmaganlar va bunga qulay imkoniyat ham 
bo’lmagan. Buning sababi Osuriyaning kuchayib 
ketishi, XXII sulola fir'avnlarining Nil va delta 
vodiysidan chetga chiqmay shu yerning o’zi bilan 
cheklanishga majbur qilgan. 
Sharqda Osuriya kuchayib ketdi va uning Misr 
ta`siri ostida bo`lgan hududlarni istilo qila boshladi. 
Falastin, Finikiya va Suriya osuriyaliklar zulmi ostiga 
tushib qolishi yaqqol ko`rindi. Suriya, Finikiya va
Falastin shahar-davlatlari podsholari birlashib, 
Osuriya podshosi Salamansarga qarshi bosh 
ko’taradilar. Karkara yonida Oront daryosi bo`yida er. 
avv. 853-yilda birlashgan ittifoqchilar va Osuriya 
qo’shinlari o’rtasida jang bo’lib o’tgan. Fir`avn 


112 
Osorkon II ittifoqchilarga yordamga ozgina qo`shin 
yubordi xolos. Afsuski, jangda ittifoqchilar yengiladi. 
Bu urushdan keyin o’z-o’zidan ma'lumki,Misrning 
obro`si tushib ketadi. Ichki kurashning keskinlashuvi 
mamlakatni bir necha kichik davlatlarga ajralib 
ketishiga olib kelgan. XXII sulola bilan birga XXIII 
sulola vakillari ham mamlakatni boshqara 
boshladilar. XXIII sulola vakillari o’zlarini butun 
Misr fir'avni deb e'lon qilganlar.
Misrning bunday holga tushishi va mayda 
bo’laklarga bo’linishi haqida o`sha zamondagi 
esdaliklar «Podsho Petubastis siklidan qissalar» 
yozma manbasida saqlanib qolgan. Yunon tarixchilari 
bu davrni «Dodekarxiya» ya'ni, 12 podsholik hukm 
surgan davr deb ataydilar. Liviyaliklar sulolasidan 
bo’lgan podsholarga butun mamlakat hududi ham 
bo`ysunmaganligini Liviya sulolasi podsholari ham 
o’zlarining rasmiy yozuvlarida yozib o’tishga majbur 
bo’lganlar. Liviyalik fir'avnlar Yuqori va Quyi 
Misrdagi liviyalik boshliqlarni va oliy kohinlarni 
birlashtirishni o’zlarining doimiy siyosiy vazifalari 
deb bilganlar biroq, ular bu muddaolariga to’liq erisha 
olmaganlar. Bir vaqtning o’zida ikki sulola vakillari 
mamlakatni boshqarganlar. Shulardan XXIV sulola 
vakillari va Petubastis davrida ham Misr o’z qaddini 
rostlay olmadi. Misrning ichki tushkunliklar tufayli 
xo`jaligi izdan chiqib, savdo, iqtisodiy va siyosiy 
vaziyat yomonlashadi. 


113 
VII asrda hukmronlik qilgan XXIV sulola 
vakillari xususan, Bokxoris (721-715 yillar) davlatni 
inqirozdan qutqarish uchun ayrim islohotlarni amalga 
oshirilgan. U qarzdorlarni qulga aylantirishga qarshi 
chiqqan. Lekin bu islohotlar ham mamlakatni 
inqirozdan chiqara olmagan. Misrdagi bu inqiroz chet 
ellik bosqinchilarni hujumini yanada tezlashtirgan.
Nil daryosining birinchi sharsharasidan janub 
tomondagi o’lkalarda azaldan nubiyaliklar yashab 
kelganlar. Misr fir'avnlari Nubiyada Qadimgi 
podsholik davridan Nubiyaga o’lja, qullarni bosib 
olishi, uni yerlarini egallash uchun muntazam 
bosqinchilik yurishlari olib borganlar. Qattiq hujumlar 
qilib, uni xarob qilib, kelar edilar. XVIII sulola 
vakillari zamonida Misr askarlari Nubiyaning 4-
sharsharasigacha bo’lgan joylaridagi yerlarni istilo 
qilib, u yerda mustahkam o’rnashib olishi uchun u 
Nubiyada shaharlar, qal'alar va ibodatxonalar
qurdilar. Natijada Nubiyaning zodagonlari Misr 
madaniyatini qabul qiladilar. Kohinlarning XXI-XXII
sulolalari hukmronlik zamonida Misrning 
zaiflashganidan foydalangan Nubiya mustaqil bo’ldi. 
Biroq, Nubiya hokimlari Misrning juda kuchli 
madaniy ta'siri ostida bo’lganligi sababli o’zlarini 
Misr fir'avnlari deb ataydilar va yozuvlarini Misr 
tilida tuzadilar. Nubiya hokimlari muqaddas Amon 
tog`larining Jabal-Barkal qoyalari yonidagi o’z 
poytaxtlari Napateda Misrning oliy xudosiga 


114 
topinganlar. Ular bu xudoni o’zlarining boy xazinalari 
bo’lgan oltin qonlari sharafiga «Oltin xudo» deb 
ataganlar. Bu oltin konlari bir vaqtlar Fiva 
ibodatxonasiga qarashli bo’lgan. Nubiyada er.avv.VIII 
asrda markazi Napata bo’lgan mustaqil davlat tashkil 
topadi. 
Liviyaliklar hukmronligi ostida kuchsizlanib, 
parchalanib borayotgan Misrda hokimiyatni qo’lga 
olish uchun nubiyaliklar Fiva kohinlari bilan aloqani 
tiklaydilar. Napate hokimi Pianxi(er. avv. 729-728-
yillar) tashqi siyosat sohasida otasi olib borgan ishni 
davom qildirib, zo`r g`ayrat bilan Misrni istilo 
qilishga kirishadi. Pianxi bu istiloni o’zining batafsil 
yozuvida aks ettirgan. Napatadan topilgan bu yozuv 
hozirda Qoxira muzeyida saqlanadi. Bu qimmatli 
tarixiy ma'lumotga qaraganda Sais hokimi Tefnaxt 
Pianxini asosiy raqibi bo’lgan. Tefnatx delta bilan 
yuqori Misrning anchagina hududlarini o’z atrofiga 
birlashtirishga muvaffaq bo’lgan. Pianxi esa, o’zini 
Misr fir'avnlarining qonuniy merosxo`ri «O’zim 
podshoman, xudo Atumning jonli siymosi marhamatli 
xudoman» deydi. Tefnatx esa, «G`arbning boshlig`i» 
va o’rta delta o’lkalaridan birining hokimi 
hisoblangan. 
Pianxi yozuvida o’zini ko’p sonli qo’shinga 
boshchilik qilib, janub tomonga qarab kelayotgan 
Tefnatxdan Misrni ozod qiluvchi deb ko’rsatadi. 
Tefnatx va Pianxi o’rtasida janglar bo’lib, Pianxi 


115 
g`alabasi bilan tugaydi. Pianxi o’zini Misr fir'avni deb 
e'lon qiladi. Shunday qilib, er. avv. 715-yilda Misr 
Kush tomonidan to’la bosib olinadi. 715 - yildan 664 - 
yilgacha Misr Kush fir'avnlari tomonidan 
boshqarilgan. Efiopiya sulolasi poytaxt qilib, Memfis 
shahrini tanlaydi. Pianxi o’limidan so’ng, uning o’g`li 
Shabaka Misr taxtiga chiqib, 15 yil hukmronlik qiladi. 
Misr nisbatan tinchlikka ega bo’ladi, Shabaka davrida 
qishloq xo`jaligi,hunarmandchilik, ichki va tashqi 
savdo biroz jonlangan. 
Ammo, toboro qudrati oshib borayotgan Osuriya 
Misrga qo’shni hududlarni bo`ysundirib, Misr 
chegaralariga yaqin kelib qolgan. Pianxtning taxt 
vorislaridan biri Taxarka Misrni Osuriyadan himoya 
qilishga majbur bo’lgan. Taxarka foydali ish qilganini 
ta'kidlab, bu mamlakat «butun borliq sultoni» 
zamonida hamma narsa mo’l-ko’l bo’lganligi kabi 
mening vaqtimda ham farovon hayot bo’ladi, deb 
g`urur bilan gapirgan.Biroq, Taxarka osuriyaliklarning 
Misrga bostirib kelishini to’xtata olmagan. Osuriya 
podshosi Asarxaddon 671- yilda Misrni istilo qiladi. 
Taxarka esa, qochib ketishga majbur bo’lgan. 
Asarxaddon Arabiston ustidan o’z hokimiyatini 
mustahkamlagandan so’ng, Misrni bosib olgan va 
Taxarka to’plagan Misr-efiop qo’shinlariga bir necha
marta zarba bergan. Asarxaddon o’z yozuvlarida ulug` 
Misr podsholigining eng qadimgi poytaxti Memfis 
shahrini yarim kun ichida bosib olib, uni xarobazorga 


116 
aylantirib,Misrdan efiopiyaliklarning ildizini sug`urib 
tashlaganini ta'riflagan. Misrda osuriyaliklar bir 
qancha qiyinchilikka duch kelganlar. Er. avv 663-
yilda osurlar bilan Taxarkaning vorisi Tanutamon 
qo’shinlari o’rtasida jang bo’ladi. Bu jangda 
efiopiyaliklar yengilgan va XXIV efiop sulolasi 
tugatilgan. Mamlakat 20 nomga bo’lib tashlangan. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish