Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


UMUMIY EMBRIOLOGIYA ASOSLARI



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

UMUMIY EMBRIOLOGIYA ASOSLARI 
 
Embriologiya yunon. embryon - homila va logia - ta’limot demakdir. Ammo bu nom shu 
fanning mazmunini to`la ta’riflay olmaydi. Embriologiya fani tuxum hujayralarining 
otalanishidan tortib, tuxum qo`yuvchilarda homilaning tuxum qobig`idan chiqquncha, tirik tu-
g`uvchilarda esa homilaning tug`ilguncha bo`lgan davridagi hamma jarayonlarni ta’riflab beradi. 
Shuningdek, embriologiya fani pushtdan oldingi, ya’ni j i n s i y hujayralarning rivojlanishi 
hamda homila tug`ilganidan keyingi dastlabki davrni ham o`rganadi. Chunki taraqqiyoti mutlaqo 
tuxum qobig`ida yoki tug`ilguncha tugallanib, so`ngra rivojlanmaydigan birorta organizm yo`q. 
Sut emizuvchilarda organlarning tuzilishi va funksiyasy voyaga yetgan organizmning a’zolari 
holatini tug`ilgandan so`ng ma’lum vaqt o`tgandan keyingina egallaydi. 
Embriologiya organizmning normal individual taraqqiyoti va patologik holatlarda 
embrion rivojlanishinyng buzilishsabablarini va ularning oldini olish yo`llarini o`rganadi. 
Shuning uchun embriologiya organizmlarning individual taraqqiyoti - ontogenezning bir qismi 
hisoblanadi. 
Embriologiya 
hamma 
hujayrali 
organizmlar 
rivojlanishining 
umumiy 
qonuniyatlaridan tortib, alohida tip, sinf va tur vakillari uchun xarakterli bo`lgan xususiy 
rivojlanish jarayonlarini ham o`rganadi. Shuning uchun ham embriologiya fani individual 
rivojlanishniig keng masalalarini o`rganuvchi u m u m i y va ayrim gruppa hayvonlar 
taraqqiyotini tekshiruvchi x u s u s i y embriologiyaga bo`linadi. Xususiy embriologiyaning 
muhim bo`limlaridan biri 
odam embriologiyasidir.
Embrional taraqqiyotni o`rganish usullari turlichadir. Oddiy va qadimiy usul bo`lgan 
tasviriy embriologiya pusht taraqqiyotining qanday o`tganini ta’riflab beradi. Turli xil hayvonlar 
taraqqiyoti jarayonini qiyoslab o`rganuvchi ta’limot 
kiyosiy embriologiyadir. 
A. O. Kovalevskiy, 
I. I. Mechnikov, E. Gekkel va boshqalarning izlanishlari natijasida qiyosiy embriologiya 
evolyutsion mazmunga ega bo`ldi. Evolyutsion nazariyani asoslashda muhim rol o`ynagan 
evolyutsion embriologiya dastlab qiyosiy-tasviriy embriologiyadan kelib chiqdi. Keyinchalik 
tajriba usuli embriologiyaning asosiy usuli bo`lib qoldi. 
K. F. Volf, X. I. Pander va K. M. Ber zamonaviy embriologiyaning asoschilaridan 
hisoblanadi. Darvinning evolyutsion targ`iboti embriologiya masalalariga materialistik 
yondoshish uchun zamin yaratdi. Rus olimlaridan I. I. Mechnikov (1845-1916) va A. O. 
Kovalevskiy (1840-1901) Darvinning evolyutsion nazariyasi bilan qurollanib embriologiyaga 
ko`pgina yangiliklar kiritdilar. Ular umurtqasiz va sodda umurtqali hayvonlarni o`rganib, turli 
sinf hayvonlar embrional takomil davomida o`xshash davrlarni boshdan kechirishlarini (masalan, 
embrional varaqlarni) ko`rsatib berdilar. Bu bilan hayvonot dunyosining birligi yana bir bor 
tasdiqlandi. I. I. Mechnikov va A. O. Kovalevskiyning bu tadqiqotlari evolyutsion gistologiya va 
embriologiyaga asos bo`ldi. Hayvon organizmi individual taraqqiyotining hamma jarayonlarini 3 
davrga bo`lish mumkin. 
1. Taraqqiyotning homiladan oldingi davri - bu jinsiy hujayralarning rivojlanishi va 
yetilishini o`z ichiga oladi. 
2. Urug`lanish jarayonidan boshlab tug`ilguncha davom etadigan homilaning rivojlanish 
davri. 
3. Taraqqiyotning homiladan keyingi davri - tug`ilgandan to jinsiy balog`atga yetguncha 
bo`lgan o`zgarishlar davri. 
Homiladan avvalgi davr, yuqorida aytganimizdek, jinsiy hujayralarning taraqqiyoti va 
yetilishini o`z ichiga oladi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish