Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

HUJAYRA NAZARIYASI 
XIX asr boshlarida keng ko`lamda olib borilgan mikroskopik tadqiqotlar natijasida 
o`simlik va hayvon organizmlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Hujayra tuzilishini 
o`rganishga Ya. Purkinye, I. Myuller maktablari katta hissa qo`shdilar. Ya. Purkinye fiziologiya 
va farmakologiya sohasida yirik mutaxassis bo`lsa ham, hayvon va o`simlik hujayralarini 
o`rganishi va ta’riflab berishi uning nomini keyingi avlodlar-ga tanitdi. Uning o`quvchilaridan 
bo`lgan G. Valentin hujayra nazariyasini ochishga juda ham yaqin keldi. Berlinlik botanik F. M e 
y y e n va Yena so`ngra Derpt universitetlarida ishlagan M. Shleyden ham hujayra 
nazariyasining ochilishiga asos soluvchilardan hisoblanadi. Ammo hujayra nazariyasini ochish I. 
Myuller o`quvchilaridan bo`lgan T. Shvannga muyassar bo`ldi. 
Berlindagi Iogannes Myuller maktabi eng kuchli maktablardan bo`lib, Myuller atrofiga 
o`z zamonasining kuchli tadqiqotchilari yig`ilgan edi. Bular orasida hujayra nazariyasini 
yaratuvchi T. Shvann, yirik anatom Ya. G y e n l e, yirik embriolog va nerv sistemasi bo`yicha 
mutaxassis R. R y e m a k, gistologiya faniga asos soluvchilardan A. Kyolliker, yirik fiziolog E. 
Dyubua - R y e y m o n, patolog R. V i r x o v va boshqa yirik mutaxassislar bor edi. 
1839 yilda nemis zoologi T. Shvanning 
«Hayvon va o`simliklarning o`sishi va 
tuzilishining mutanosibligiga doir mikroskopik tadqiqot» 
kitobi chiqdi. Bu kitobda hujayra 
nazariyasining asoslarini, to`qimalarning hujayralardan tashkil topganligini, hujayralar umumiy 
rivojlanish printsipiga ega ekanligini, har bir hujayra mustaqil rivojlanishi mumkinligini 
ko`rsatib berdi. Ammo Shvann ta’kidlashicha, hujayra organizmdan ajralgan holda yashay ol- 
maydi. 
Hujayra nazariyasi biologiya fanida eng buyuk kashfiyotlardan hisoblanadi. «Bu 
kashfiyot, - deb yozgan edi F. Engels o`zi
ning«Lyudvig Feyerbax va nemis klassik 
filosofiyasining oxiri» 
degan asarida, - barcha murakkab organizmlarning bitta umumiy qonunga 
binoan rivojlanishi va o`sishiga ishontirish bilan birga, hujayralarning o`zgarishga qobil 
ekanliklarini ko`rsatib, organizmlarning tur jihatidan o`zgarishiga olib boradigan yo`lni ham 
ko`rsatib berdi, bu o`zgarishlar shunday o`zgarishlardirki, ularning natijasida organizmlar 
individual rivojlanishiga qaraganda hiyla yuqoriroq darajada turadigan rivojlanish protsessini 
kechira oladilar». 
Hujayra nazariyasining rivojlanishida 1858 yilda chop etilgan nemis patologi R. 
Virxovning 
«TSellyulyar patologiya»sn 
katta o`rin tutadi. R. Virxovgacha kasalliklarning kelib 
chiqishi suyuqliklar tarkibiy qismining o`zgarishi bilan bog`lanar edi. R. Virxov patologik 
jarayonni tushuntirishga materialistik yondoshadi, kasalliklarni hujayralar tuzilishining 
o`zgarishi bilan ta’riflaydi. Bu tadqiqot yangi ta’limot - «hujayra patologiyasi» ning kelib 
chiqishiga asos bo`ldi. Hujayra patologiyasi nazariy va klinik meditsinaning negizini tashkil 
etadi. R. Virxovning 
«Hujayra hujayradan» 
degan iborasi biologiyaning keyingi rivojlanishiga 
turtki bo`ldi. Hozirgi vaqtda hujayralar bor hujayraning bo`linishi natijasida hosil bo`ladi, degan 
xu-losa biologiyaning asosiy xulosalaridan biri hisoblanadi. R. Virxovning 
hujayradan 
tashqarida hayot yo`q 
degan iborasi hozirgacha o`z qadrini yo`qotmagan. Ko`p hujayrali 
hayvonlarda hujayra bo`lmagan strukturalar bor. Ammo bu strukturalar hujayralar mahsulotidir. 
Hatto viruslar ham aktiv hayot jarayonini va bo`linishini biror bir hujayraga kirgandan so`ng 
bosh-laydi. Ammo R. Virxovning tushunchalari xatodan xoli emas edi. U organizm hujayralar 
yig`indisidan iborat, deb hisobladi. Bu esa organizmdagi patologik jarayon alohida hujayralar 
yig`in-disining hayot jarayonining buzilishi natijasida hosil bo`ladi. ya’ni patologik protsess 
mahalliy (lokal) protsess degan fikrga olib keladi. 
Rus fiziologlari va klinitsistlari I. M. S ye ch ye n o v, I. P. P a v l o v, S. P. B o t k i n bu 
g`oyalarga qarama-qarshi o`laroq organizmning bir butun ekanligi haqidagi fikrni asoslab 
berdilar. Chunonchi, I. M. Sechenov 1860 yili R. Virxovning organizmni muhitdan, a’zolarini 
esa organizmdan ajralgan holda o`rganish kerak, degan nazariyasini tanqid qildi. Rus klini-


56 
tsistlari va fiziologlari o`z tadqiqotlarida organizmning bir butunligini uning hujayralar 
o`rtasidagi o`zaro munosabati bilan emas, balki organizmning nerv sistemasi orqali atrof muhit 
bilan bo`ladigan aloqasi bilan tushuntirib berdilar. 
Umuman, R. Virxovning «Sellyulyar patologiya»si biologiya va meditsinaning 
rivojlanishida muhim rol o`ynadi. Mexanistik xatolardan holi qilingan va yangi tadqiqotlar bilan 
to`ldirilgan bu ta’limot organizmning hujayraviy tuzilishi to`g`risidagi fikrga asos bo`ladi. 
Hujayra nazariyasi ochilgan davrdan boshlab hujayraning elementar mikroskopik 
tuzilishini o`rganish rivojlana boshladi. Utgan asr oxirlariga kelib, hujayra organellalari va ular-
ning vazifalari ta’riflandi. Bu bilan sitologiya fanining rivojlanishiga asos solindi. 


57 
V BOB 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish