Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


JINSIY HUJAYRALAR (GAMETALAR)



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

JINSIY HUJAYRALAR (GAMETALAR) 
Jinsiy hujayralarning yoki gametalarning 2 xil turi tafovut etiladi - erkaklar va ayollar 
jinsiy hujayralari. Ular bir-birlaridan ham morfologik, ham fiziologik xususiyatlari bilan farq 
qiladi. 


58 
ERKAKLAR JINSIY HUJAYRASI-SPERMATOZOIDNING TUZILISHI 
 
Spermatozoidning 
boshchasi, bo`yni, tana qismi 
va 
dumchasi 
tafovut qilinadi (31-rasm). 
Spermatozoidning boshchasi uncha katta bo`lmagan zich yadro va sitoplazmaning yupqa 
qavatidan tashkil topgan. Boshchaning oldingi yarmida g`ilofcha (akroblast) joylashib, uning 
ichida bevosita boshchaning oldingi uchida akrosoma (yunon. acron - ustki, soma - tanacha) zich 
tanacha shaklida yotadi (32-rasm). Akrosoma urug`lanish uchun zarur tuzilma bo`lib, u o`zida 
ko`p miqdorda tuxum hujayra qobig`ini yemiradigan gialuro nidaza fermentini saqlaydi. 
Spermatozoidning bo`yin qismida, yadroning orqa qutbi sohasida proksimal sentriola joylashib, 
u silindrsimon shaklga ega. Urug`lanish vaqtida proksimal sentriola tuxum hujayraga o`tadi va 
urug`langan tuxum hujayraning yoki zigotaning bo`linishida ishtirok etadi. Yadrodan birmuncha 
uzoqda bo`lgan distal sentriola ikki bo`lakdan iborat. Uning tayoqchasimon ko`rinishga ega 
bo`lgan birinchi yarmi bo`yin chegara sini hosil qiladi va undan spermatozoidning tanasi orqali 
dumchasiga o`tuvchi o`q ip boshlanadi. Distal sentriolaning halqasimon shaklga ega bo`lgan 
ikkinchi bo`lagi esa tana oxirida joylashadi. Shunday qilib, spermatozoidning tanasi distal sent-
riolaning tayoqchasimon va halqasimon bo`laklari orasida joylashgan tuzilmalardan iborat. Bu 
yerda o`q ip atrofida spiral holatda mitoxondriyalar joylashadi. Spermatozoidning tana qismida 
oksidlanish fermentlarining yuqori aktivligi aniqlangan. Bu qismda glikogen, fosfatlar, 
shuningdek, ko`p miqdorda ATF saqlanadi. ATFning bo`lishi va mitoxondriyalarning ko`pligi 
tana qismining spermatozoidni energiya bilan ta’minlab turishidan dalolat beradi. 
31-rasm. Erkak jinsiy hujayralari- spermatozoidlar. Sperma suyuqlig`ining surtmasi.
0b. 40, ok. 10. 1-boshcha; 2-dum qismi . 
Spermatozoidning dumchasi asos va oxirgi bo`laklarga bo`linadi. Dumchaning asosi 
faqatgina o`q iplardan va uni o`rab turuvchi adenozintrifosfataza (ATF-aza) fermentini tutuvchi 
sitoplazmadan iborat. Bu ferment mitoxondriyalarda sintezlangan ATF ni parchalaydi va shu 
yo`l bilan energiya ajralishini ta’minlaydi. Sitoplazmada o`q ip atrofida spiralsimon ko`rinishda 
nozik nplar joylashib, ularni kortikal spiral deb nomlashadi. Uq ip kiprikchalarning o`q ipiga 
o`xshash bo`lib, klassik tuzilishga ega. U gomogen matriksda joylashgan, 10 juft mikro-
naychadan iborat bo`lgan tutamdir. Bunda 9 juft mikronaychalar o`q ipning periferiyasida yotsa, 
1 jufti markazda joylashadi. Dumchaning oxirgi bo`limi asta-sekin to`g`ri joylanishini yo`qo tib 
boruvchi juda ingichka o`q ipchadan tashkil topgan. Oxirgi bo`limning o`q ipi tashqi tomondan 
faqatgina plazmalemma bilan o`ralgan. Urug`lanish jarayonida spermatozoidlar 3 asosiy vazi-
fani bajaradi: 1) bo`lg`usi organizmga otalik genlarini uzatadi; 2) o`zining maxsus harakat 
apparati yordamida tuxum hujayra bilan to`qnashishni ta’minlaydi va tarkibidagi gialuronidaza 


59 
fermenti yordamida tuxum hujayraga spermatozoidning boshchasi va bo`yin qismining kirishini 
yengillashtiradi; 3) tuxum hujayraga urug`langan tuxum hujayraning bo`linishi uchun zarur 
bo`lgan sentrosomani olib kiradi. 
32- rasm. Spermatozoid tuzilishi. 33-22. Elektron mikrofotogramma. 33 - 19. O`rta 
qismining ko`ndalang kesmasi. X54.000. 33-20. Tana qismining turli sohalaridan olingan 
ko`ndalang kesmalar. X40.000 33- 21. Dum qismining ko`ndalang kesmasi, X36.000. 33-32. 
Boshcha old qismining bo`ylama kesmasi. X35.000. 33-23. Boshcha-bo`yin va tananing old 
qismining bo`ylama kesmasi. X25.500 33-24. Tana qismining bo`ylama kesmasi X32.090. 33-
25. Tananing dum qismiga yaqin sohasining bo`ylama kesmasi. x48.000. 1-hujayra qobig`i; 2-
akrosoma; 3-akrosoma qalpoqchasi; 4-subakrosomal bo’shlik; 5 - yadro; 6- yadro qobigi; 7-
yadroning orqa qismi; 8- o’zgargan proksimal sevtriola; 9- distal sentriola; 13 - markaziy mikro-
naychalar; 11-periferik mikronaychalar; 12-tashqi zich firillalar; 13-bo`ylama o`q; 14-tolali 
plastinkaning cheti; 15-mitoxondriyalar (Rodindan). 
Turli hayvonlarning spermatozoidlari bir-biridan kattaligi va asosan boshchasining 
tuzilishi bilan farq qiladi. Odam spermatozoidining uzunlgi 60 mkm ga teng. 
Spermatozoidning siljishi uning dum harakati bilan bajariladi. Odam spermatozoidn 
minutiga 1-2 mm tezlik bilan harakat qiladi. Bachadon bo`ynidan to tuxum yo`lining oxirigacha 
bo`lgan oraliqni spermatozoid taxminan 3 soat mobaynida bosib o`tadi. Spermatozoid yashashga 
o`ta chidamliligi bilan ajralib turadi. Urug`donda va uning ortig`ida ular oylab tirik saqlanadi, 


60 
murdada esa ular o`zining harakatchanligini 2-3 kungacha saqlab qoladi. Tanadan tashqarida, 
ya’ni termostatda urug`lantirishga qobiliyatli holatda bir haftadan ortiq saqlash mumkin. 
Ularning uzoq muddat yashashi muhitning pHiga, temperaturaga, urug` suyuqlig`idagi 
spermatozoidlarning kontsentratsiyasiga va boshqa shu kabi faktorlarga bog`liq. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish