68
Uning oldingi uchi qalinlashib birlamchi (Genzen) tugunni hosil qiladi. Mana shu tugundan old
tomonga xordal o`simta o`sib chiqadi. Birlamchi tasma sohasida mayda hujayrali material zo’r
berib bo`linishda davom etadi va ekto-hamda entodermaning orasiga o`sib kiruvchi
mezodermani beradi. Shunday qilib, qushlarda invaginatsiya bo`lmasligi sababli blastopora hosil
bo`lmaydi. Uning analogi
birlamchi tasma hisoblanadi, chunki u yerda birlamchi kurtak va o`q
organlarining kompleksi hosil bo`ladi.
Sut emizuvchilarda gastrulyatsiya - d e l a m i n a t s i y a va i m m i g r a t s i y a turida
boradi. Trofoblast tagida joylashgan embrional tuguncha birmuncha yoziladi va 2 varaqqa
ajraladi. Ektoderma ustida joylashgan trofoblast
hujayralari erib ketadi, buning natijasida
ektodermaning chetlari trofoblast bilan qo`shilib ketadi. Embrional tugunchaning markazida
birlamchi tasmali pusht qalqonchasi (Genzen tuguni) va xordali o`simta hosil bo`ladi. Birlamchi
tasma sohasida mayda hujayra materiali ichkariga o`sib kirib
ekto-va entoderma orasida
taqsimlanadi va mezodermani hosil qiladi. Shuning bilan bir vaqtda embrional tugundan hujayra
elementlari migratsiyaga uchrab, ekto- va entodermaning orasiga o`sib kiradi. U ham
trofoblastning ichki yuzasini o`rab o`sa boshlaydi va pushtdan tashqari mezodermani beradi.
Homila varaqlari va o`q organlarining kurtaklari hosil bo`lishi bilan gastrulyatsiya davri
tugaydi va embrional taraqqiyotning to`rtinchi davri - gistogenez va organogenez boshlanadi.
To`qima va organlarning taraqqiyoti hamma umurtqali hayvonlarda bir xilda o`tadi.
Ektodermadan nerv plastinkasi ajraladi, u avval bukilib nerv tarnovchasini, keyinchalik tutashib,
nerv
nayini hosil qiladi, ustini esa ektoderma qoplab oladi (41-rasm).
Xordal plastinka nerv naychasining tagida xordani hosil qiladi. Mezoderma segmentlarga
(dermatom, sklerotom, miotom), segment oyoqchalari
(nefrotom) splanxnotomlarga
differentsiyalanadi.
Splanxnotomlar entodermaga tutashuvchi vistseral va ektodermaga tutashuvchi pariyetal
varaqlarga ajraladi. Ularning orasida ikkilamchi bo`shliq - selom hosil bo`ladi. Entoderma tuta-
shib bitib ketadi va doimiy ichak shakllanadi. Embrional taraqqiyot davomida turli to`qima va
organlarning hosil bo`lishi shu a’zolar ta’rifida keltiriladi.
Homila varaqlari hosil bo`lishining ilk davrlaridayoq
mezenxima yoki embrional
biriktiruvchi to`qima shakllanadi. Mezenxima asosan mezodermadan ko`chib chiqqan o`simtali
hujayralar bo`lib, ular guruh-guruh bo`lib homila varaqlari orasida joylashadi. Qisman
mezenxima boshqa varaqlardan ko`chgan hujayralardan, xususan, ektodermadan rivojlanadi.
Mezenximadan qon va limfa, qon yaratuvchi a’zolar, biriktiruvchi to`qima, qon tomirlar va silliq
mushak to`qimasi rivojlanadi.
41-rasm. Tovuq embrionida o`q organlarming hosil bo`lishi.
1-nerv
naychasi; 2-ganglioz plastinka; 3-xorda; 4- mezoderma; 5 - somitlar; 6-mushak
hujayra; 7-mezoderma; 8-nefrotomlar; 9-splanxnotom; vistseral varag`i; 13-splanxnotom
pariyetal varag`i; 11-ichak entodermasi; 12 - qon hujayralari; 13-ektoderma. (Z. D. Zemtsovdan)