Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

MAYDALANISH 
 
Maydalanish oddiy hujayra bo`linishidan shu bilan farq qiladiki, bu jarayonda hujayralar 
faqatgina bo`linadi, lekin o`smaydi. Buning natijasida ularning umumiy hajmi zigota hajmidan 
katta bo`lmay, ko`p hujayralardan tashkil topgan maydalangan shar hosil bo`ladi. 
Maydalanayotgan bu hujayralar 
blastomerlar 
deb ataladi (yunon. blastos - kurtak, meros - bo`-
lak). Maydalanish maydalanish egatlari hosil bo`lishi bilan boshlanadi. Maydalanish egatining 4 
turi tafovut qilinadi: 
1) meridional egat - zigotaning meridional chizig`idan o`tadi; 
2) ekvatorial egat zigotaning ekvator chizig`idan o`tadi; 3) longitudinal egat - zigotaning 
ekvatoriga parallel o`tadi; 4) tangentsial egat - tangentsial yo`nalishda o`tadi. 
Zigotaning maydalanish jarayoni tuxum hujayraning sitoplazmasidagi oziqa miqdoriga 
bog`liq, negaki, oziqa moddaning ko`pligi maydalanishni qiyinlashtiradi yoki unga qarshilik 
ko`rsatadi. Shunga ko`ra umurtqali hayvonlarda tuxum hujayra maydalanishining 2 turi 
farqlanadi. 
1. Goloblastik yoki to`liq maydalanish. Bunda tuxumning hammasi maydalanadi va 
maydalanish egati ham animal, ham vegetativ qutblardan o`tadi. Goloblastik maydalanish o`z 
navbatida 2 turga bo`linadi: a) 
to`liq, tekis maydalanish 
(37-rasm, 
a). 
Bunday maydalanish 
natijasida hosil bo`layotgan blastomerlarning hammasi taxminan bir xil kattalikka ega bo`ladi. 
Bunday maydalanish lansetnikning izoletsital tuxumiga xosdir; b) 
to`liq notekis maydalanishda 
(37-rasm, 
b) 
tuxum hujayraning hammasi maydalanadi. Lekin vegetativ qutbda sariqlik moddasi 
ko`p bo`lganligi sababli bu qutbdagi maydalanish animal qutbning maydalanishidan orqada 
qoladi. Animal qutb blastomerlari tezroq bo`linganligi sababli sariqlikka boy bo`lgan vegetativ 
qutb blastomerlaridan maydaroq bo`ladi. Bunday maydalapish amfibiylardagi mezoletsital 
tuxumlarga xosdir. 


64 
37- rasm. MaydalaniiGturlari. 
A - to`liq maydalanish; B - to`liq notekis maydalanish; V - qisman maydalanish . 
Bundan tashqari, goloblastik maydalanish sinxron va asinxron bo`lishi mumkin. Sinxron 
maydalanish natijasida hosil bo`lgan blastomerlar sonining o`sishi to`g`ri geometrik progressiya 
usulida boradi (2, 4, 8, 32, 64, 128). Bunday maydalanish lansetniklarda kuzatiladi. Asinxron 
maydalanishda esa blasto-merlar sonining to`g`ri geometrik progressiya bo`yicha borishi bu-
ziladi. Masalan, 3, 5, 6, 10 sonli blastomerlar hosil bo`ladi. To`liq asinxron maydalanish sut 
emizuvchilar va odamning izoletsital tuxum hujayralarida kuzatiladi. 
2. Meroblastik yoki qisman maydalnish. Bu usulda tuxum hujayraning pusht gardishidan 
iborat animal qutbigina maydalanishda ishtirok etib, buni 
diskoidal maydalanish 
ham deyiladi. 
Tuxum hujayraning oziq moddadan iborat bo`lgan vegetativ qutbi esa maydalanmaydi. 
Bu yo`l bilan baliqlar, qushlar va reptiliylarning poliletsital tuxumlari maydalanadi (37-
rasm, v). 
Maydalanish homila pufagi yoki blastulaning hosil bo`lishi bilan tugaydi. Lansetnikda va 
amfibiylarda kuzatiladigan tipik blastulalarda blastoderma deb ataluvchi devori va bo`shliq - 
blastotsel farqlanadi (38-rasm, a). Bundan tashqari, blastulaning tomi, tubi va qirg`oq zonalari 
farqlanadi. Lansetniklarda maydalanish faqat uch xil egatlar (meridional, ekvatorial, longitudinal 
egatlar) orqali o`tgani uchun blastoderma bir qavatli bo`ladi. Amfibiylarda maydalanish 
jarayonida yana tangensial egat ham o`tganligi uchun blastoderma ko`p q avatli bo`ladi (38-
rasm, 
b). 
Notekis maydalanish natijasida blastulaning tomi va qirg`oq zonalari mayda, tubi esa 
blastotselga bo`rtib chiquvchi sariqlikka boy bo`lgan (davom etuvchi) yirik blastomerlardan 
iborat. 
38-rasm. Blastula turlari. 
a-lantsetnikning bir qavatli blastulasi; b-amfibiyalarnining ko`p qavatli blastulasi; v- 
skatning disk shaklidagi blastulasi; g - sut emizuvchilarning zich blastulasi - sterroblastula. 
Lantsetnik va amfibiyalarda belgilash (markirovka) usuli bilan blastula davridayoq pusht 
varaqlari va organlarning kurtaklari borligi aniqlangan. Blastulaning tomi bo`lajak ektoderma 
kurtagidir. Blastula tubi bo`lajak endoterma, qirg`oq zonalari esa bo`lajak xorda va 
mezodermaning kurtagidir. Baliqlar, qushlar va reptiliylarda meroblastik maydalanish natijasida 
faqat tomi va qirg`oq zonalari farq qilinadigan blastomerlardan iborat diskoblastula hosil bo`ladi 
(38-rasm,v). Blastulaning tubini esa maydalanmagan sariqlik tashkil etadi. Blastula bo`shlig`i - 
blastotsel kichik. Bu yerda sariqlik bilan bog`liq bo`lmagan markaziy blastomerlar va sariqlikda 
yotuvchi qirg`oq blastomerlari farqlanadi. Qirg`oq blastomerlarining bir qismi sariqlik 


65 
entodermasini hosil qilishda, qolganlari esa ortiqcha spermatozoidlar kabi merotsitlarga aylanib 
sariqlikning rezorbtsiyasida ishtirok etadi. 
Sut emizuvchilarda va odamda maydalanishning boshidayoq bir xil
bo`lmagan oqish va 
qoramtir blastomerlar hosil bo`ladi (38-rasm, 
g). 
Maydalanish natijasida blastotsel hosil bo`lmay, 
balki zich blastula yoki sterroblastula shakllanadi. Unda trofoblast deb nomlanuvchi bir qavat 
bo`lib joylashgan periferik oqish blastomerlar va 
embrioblast 
deb nomlanuvchi markaziy 
qoramtir blastomerlar farqlanadi. Trofoblastlar pushtni oziqlantirishda, embrioblastlar esa pusht 
rivojlanishida ishtirok etadi. 
Sterroblastula bosqichida pusht bachadonga o`tib, uning shilliq qavatiga yopishadi 
(implantatsiya). Bachadonning shilliq qavatidan sterroblastulaga suyuqlik kiradi va hujayra 
elementlarini ikki tomonga suradi. Natijada sterroblastula homila pufagiga aylanadi. Uning 
devori bir qavat trofoblast hujayralaridan tuzilgan bo`lib, ichida, qutblardan birida, embrioblast - 
homila tuguni joylashadi. Blastulaning hosil bo`lishi bilan homila taraqqiyotining ikkinchi davri 
tugallanadi va 3-davr - gastrulyatsiya boshlanadi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish