77
bog`liq bo`lib, ko`pincha, dumaloq, oval va yassi bo`ladi.
Mitoxondriylar kalta tayoqcha shaklida bo`lib hujayra yadrosi atrofida joylashadi. Oqsil
sintezida ishtirok etadigan hujayralarda donador endoplazmatik to`r yaxshi rivojlangan bo`lib,
ko`pincha hujayraning bazal qismida va yadro atrofida joylashadi. Sekretsiya jarayonida
qatnashadigan hujayralarda Golji kompleksi kuchli rivojlangan bo`lib, hujayra yadrosining
ustida yotadi. Epiteliy hujayralari bazal membranada joilashganligi sababli,
ularda ikkita qutb
tafovut qilinadi; b a z a l va a p i k a l q u t b l a r. Bu ikkala qutblar tuzilishi jihatidan bir-
biridan farq qiladi («Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari» ga q.). Apikal qismi turli maxsus
tuzilmalar bo`lganligi (mikrovorsinkalar, kiprikchalar) va turli sekretor kiritmalarning mavjudligi
bilan bazal qismdan farqlanib turadi.
Epiteliy to`kimasining hujayralari o`zaro desmosomalar, interdigitatsiya va sementlovchi
modda yordamida bog`lanadi.
BIR QAVATLI EPITELIY
Bir qavatli bir qatorli epiteliy.
Bu epiteliy tuzilishini ta’riflanganda ko`pincha «bir
qatorli» termini tushirib qoldiriladi va faqat «bir qavatli epiteliy» deb yuritiladi. Hujayralarning
shakliga qarab bir qavatli y a s s i, k u b s i m o n, s i l i n d
r s i m o n yoki prizmatik
epiteliylar tafovut qilinadi.
Bir qavatli yassi epiteliy
- mezoteliy (45-rasm). Mezoteliy tananing ikkilamchi bo`shlig`i
yoki selom bo`shlig`ini hosil qiluvchi mezodermaning hosilasidir. Mezoteliy seroz pardalar -
plevra va qorin pardasining pariyetal va vistseral varaqlarini, yurak oldi xaltachasi devorlarini
qoplab turadi. Mezoteliy hujayralari (masalan, charvining yaxlit preparati) ust tomondan
qaraganda notekis chegarali va turli shaklda ekanligi yaqqol ko`rinadi. Bu hujayralarning ikki
yoki uchta yassilashgan yadrolari bo`lib, ular joylashgan joy bir oz bo`rtib turadi.
Elektron
mikroskopik tekshirishlar natijasida yassn epiteliy hujayralarining qorin bo`shlig`iga qaragan
erkin yuzasida mikrovorsinkalar borligi aniqlandi. Mikrovorsinkalar mezoteliy yuzasini ancha
kengaytiradi. Hujayralar bir-biri bilan desmosomalar yordamida bog`lanadi.
Mezoteliy yuzasi silliq bo`lganligi sababli ichak peristaltikasida, yurakning qisqarishi,
o`pkaning nafas ekskursiyasida„ organlarning sirpanma harakatlarida muhim rol o`ynaydi,
hamda organlarning o`zaro yopishib qolmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari,
mezoteliy
hujayralari fagotsitoz qilish xususiyatiga ham ega. Masalan, ular yot zarrachalarni, mikroblarni,
melanin kiritmalarini qamrab oladi. Shuning uchun ham epitelny to`qimasi biriktiruvchi to`qima
va tana bo`shliqlari o`rtasidagi «seroz-gemolimfatik to`siq»ni hosil qilishda ishtirok etadi.
Mezoteliy yuksak fiziologik qayta tiklanish qobiliyatiga ega. Mezoteliy hujayralarining
o’ziga xos xususiyati ulardagi dekompleksatsiya jarayonidir. Bu jarayon davomida hujayralarda
desmosomalar yemiriladi, hujayralar qisqarib yumaloqlashadi va bazal membrana bilan aloqasi
uziladi. Natijada hujayralar tana bo’shlig’iga ajraladi. Fiziologik holatlarda hujayralarning 4-6 %
bo’shliq (peritoneal) suyuqlig’ida muallaq holatda uchraidi. Ajralib tushgan hujayralar o’rnini
qo’shni hujayralar surilib to’ldiradi. Ularning atrofida esa boshqa hujayralarning bo’lishini
ko’rish mumkin.
Mezoteliyning shikastlangandan keyingi qayta tiklanishi turli xil umurtqalilarda turlicha
bo`ladi. Masalan, sut emizuvchi hayvonlarda mezoteliyning shikastlanishi seroz pardalarni
yallig`lanishga olib keladi. Bu paytda hujayralar shishib, ular orasidagi bog`lanish bo`shashadi
va hujayralar degenerativ o`zgarishlarga uchrab ajralib tushadi. Shikastlangan
joyning yonida
hujayralarning mitoz bo`linishi ko`rinadi va pirovardida ko`p yadroli hujayralar paydo bo`ladi.
Hujayralarning shikastlangan joyga sekin-asta surilishi natijasida ajralib tushgan hujayralar o`rni
to`lib boradi. Patologik holatlarda esa ajralib tushgan hujayralar o`rnida teshikchalar hosil
bo`ladi va ular
stomatalar
deb ataladi.
Bir qavatli kubsimon epiteliy.
Buyrak kanalchalarida, bezlarning chiqaruv naylarida,
kichik bronxlarda uchraydi (46-rasm). Kubsimon hujayralarning yadrosi dumaloq shaklda bo`lib,
uning markazny qismida joylashadi (47-rasm).
78
45- rasm. Bir qavatli yassi epiteliy. Kumush nitrat va gematoksilin bilan bo`yalgan.
0b. 40. ok. 10. 1-mezoteliy hujayra yadrosi; 2-mezoteliy hujayralarining chegarasi.
46-rasm. Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak preparati. Gematoksilin-eozin bilan
bo`yalgan. 0b. 20. Ok. 10.
1-siydik yig`uv naychasining ko`ndalang kesmasi; 2- kubsimon epiteliy hujayralari 3-
yadro; 4-biriktiruvchi to`qima.
Terminal bronxiolani qoplagan kubsimon hujayralarning
apikal qismida kiprikchalar
ko`rinadi. Buyrak kanalchalarining devorida joylashgan hujayralarning apikal qismida esa jiyak
bo`lib, u barmoqsimon o`simtalardan - mikrovorsinkalardan tuzilgan, ular so`rilish yuzasini
kengaytiradi.
Bir qavatli silindrsimon yoki prizmatik epiteliy
asosan hazm qilish, siydik ajratish va
tanosil
organlarida uchraydi; me’da, ichak, o`t pufagining ichki yuzasi, jigar va me’da osti
bezining chiqaruv naylarini, buyrak kanalchalarini, bachadon va bachadon nayini qoplaydi.
Bir qavatli silindrsimon epiteliy bir-biriga zich joylashgan baland prizmatik shakldagi
hujayralardan tashkil topgan (48-rasm). Me’daning yuza qavatida joylashgan hujayralar shilliq
sekret ishlaydigan hujayralar qatoriga kiradi (49-rasm). Ichak epiteliysida
ayrim hujayralar
79
shilliq sekret ishlaydi. Ular sekret bilan to`lgan vaqtda apikal qismi kengayadi, bazal qismi esa
ingichka bo`lib qoladi va natijada qadah shaklini oladi. Bunday hujayralar
qadahsimon
hujayralar
deb ataladi. Me’dadagi prizmatik va ichakdagi qadahsimon hujayralar ishlab
chiqargan shilliq moddasida kislotali va neytral glikozaminoglikanlar aniqlangan. Ular
hujayralarni kimyoviy va mexanik ta’sirotlardan saqlaydi.
Ichak epiteliysida so`rish jarayonida ishtirok etadigan hujayralar mavjud. Oddiy
mikroskop orqali kuzatilganda prizmatik hujayralarning apikal yuzasi (ingichka va yo`g`on
ichak, o`t pufagi) jiyak bilan qoplanganligini ko`rish mumkin.
Shuning uchun ham bunday
epiteliy bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy deb yuritiladi. Elektron mikroskop yordamida
jiyak barmoqsimon o’simtalardan – mikrovorsinkalardan tashkil topganligi aniqlangan(50-rasm).
47-rasm. Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak siydik yig’uv naychalari
hujayralarining
electron mikrofotogrammasi. X 12500.
1 – yadro; 2 – mitoxondriya; 3 – yiguv naychasining bo’shligi.
(«Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari»ga q.). Mikrovorsinkalar hisobiga epiteliy
hujayrasining so’ruvchi yuzasi bir necha marta oshadi. Gistoximiyaviy reaktsiyalar prizmatik
epiteliy hujayrasi jiyaklari glikozaminglikanlar va ishkoriy fosfatazalarga boyligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: