1. Inson kapitaliga qilinadigan investitsiyalar haqida umumiy tushunchalar Inson kapitaliga qilinadigan investitsiyalar haqida umumiy tushunchalar -
Ko‘plab ishchi kuchi taklifi tanlovlari ishchi tomonidan ma’lum miq-dorda investitsiya kiritilgan bo‘lishi kerakligini talab qiladi. Agar buni investitsiya deb ataydigan bo‘lsak, bunda ishchi, keyinchalik qoplash umidi-da, dastlabki harajatlarni o‘zi qiladi. Shuning uchun ham ko‘pgina ishchilar uchun ish haqi va ish sharoitlari qaror qabul qilishda ahamiyatga ega yagona omillar emas. Bunday qarorlarni modellashtirish uchun investitsiyaning ta-biatini va ishchining keyingi perspektivasini ham inobatga olish zarur. Tez o‘rganish qobiliyatiga ega insonlar ko‘proq bilimlar talab etiladigan va yuqori ish haqi to‘lanadigan ishlarni ma’qul ko‘rishadi va shuning uchun ham o‘zlarining samaradorligini oshirish yo‘lida ko‘proq harakat qilishadi. Ayollarning o‘rtacha daromadi bir xil yosh, ta’lim va ish sharoitlari hola-tida ham erkaklarnikiga nisbatan kamroq bo‘ladi va bundan tashqari, ayollar-ning daromadi ta’lim darajasi oshishi bilan sekinroq o‘sadi. Ayollar va er-kaklarning inson kapitaliga investitsiya qilishining asosiy omili tarixan mehnat faoliyatining uzunligi bilan bog‘liq bo‘lib, aynan mana shunday hol-da inson kapitaliga qilingan investitsiya ko‘proq daromad keltiradi. So‘nggi yillarda ayollarning ham mehnat bozorida faolligi juda tez o‘sdi va bu fakt inson kapitaliga investitsiya qilishni yanada foydali qilmoqda. Shunga qa-ramasdan, ayollar mehnat bozorida erkaklarga nisbatan kamroq faol bo‘ladi-lar va ishlasalar ham, kam ehtimollik bilan to‘liq stavkali ishga joylasha-dilar. Buning ustiga, to‘liq stavka asosida ishlayotgan ayollar ham erkaklarga nisbatan kamroq soat ishlashadi. Inson kapitali nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi Natijada, iqtisodiyot fanida «inson kapitali» kategoriyasi shakllana boshladi. Uning paydo bo‘lishi iqtisodiyot va u bilan turdosh fanlarning iqtisodiyot va hayot talablariga javob bo‘ldi. Jamiyat va iqtisodiyot rivoj lanishining sur’atlari va sifatida inson va u tomonidan to‘plangan intel-lektual salohiyatni chuqur tadqiq etish hayotiy zaruratga aylandi. V. Petti boylik va uning manbalari tarkibiga yer va u keltiradigan ren-ta, kapital va undan olinadigan foyda (foiz) bilan bir qatorda odamlar-ning mehnati, malakasi va sog‘lig‘iga bog‘liq ravishda, u yoki bu turdagi daro-mad keltirishini ko‘rsatgan. Olimning fikriga ko‘ra, inson kapitalining miqdori xodimning butun umri davomidagi ish xaqining kapitallashishi bilan baholanadi.Adam Smit va klassik iqtisodiy nazariyaning boshqa vakillari ham in-son kapitali konsepsiyasini e’tirof etdilar. A. Smit 1776 yilda o‘zining «Xalqlar boyligining mohiyati va sabablari xususidagi tadqiqotlar» asa-rida xalqlarning boyligi, asosan, ishchilar soni va ular ko‘nikmasining si-fati bilan belgilanishini ko‘rsatgan. Amerikalik iqtisodchi oliy ta’limdan olinadigan qo‘shimcha daromad-ni quyidagi tarzda belgilagan: kollejni tugallaganlar ishlab topgan da-romaddan o‘rta ma’lumotga ega xodimlarniki ayriladi. Ta’limga chiqimlar ham ta’lim olish uchun bevosita xarajatlar, ham muqobil chiqimlar – o‘qish davrida boy berilgan daromadlardir. Uning hisoblab chiqishicha, ta’limga investitsiyalar yiliga taxminan 12,0–14,0 % miqdorida foyda keltiradi. Amerikalik iqtisodchi oliy ta’limdan olinadigan qo‘shimcha daromad-ni quyidagi tarzda belgilagan: kollejni tugallaganlar ishlab topgan da-romaddan o‘rta ma’lumotga ega xodimlarniki ayriladi. Ta’limga chiqimlar ham ta’lim olish uchun bevosita xarajatlar, ham muqobil chiqimlar – o‘qish davrida boy berilgan daromadlardir. Uning hisoblab chiqishicha, ta’limga investitsiyalar yiliga taxminan 12,0–14,0 % miqdorida foyda keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |