Bir lahza ko'zingizni yuming va o'zingizni birinchi sinflar xonasida tasavvur qiling!



Download 19,19 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi19,19 Kb.
#431588
Bog'liq
O\'qituvchi


O’QITUVCHI
Bankga ohista qadam qo'yib kirib kelayotgan kishining kiyimlari sipo, qadam bosishlarigacha qolipga monand, qo'lida kattakon sumkasidan konspekt daftarining cheti ko'rinib turibdi. Uning o'qituvchi ekanligini o'zidan yoki birovdan so'ramasdan ham bilsa bo'ladi.
Ha, kimdir sochini kimlargadir taqlidan kesdiradi, bo'yanadi, tillalarga ko'miladi, tor shim kiyadi, ba'zan keng. Moda, urf - xuddi bir joyda turmaydigan zamonaga hamohang sakson marta o'zgaradi, keyin har yigirma yilda yana fasldek almashinib kelishni boshlaydi. Ammo o'qituvchining libosi hech qachon o'zgarmaydi, xattoki kastyumining tugmasi bittaga ko'paymaydi ham...
Soch turmagi o'sha-o'sha sipo, xuddi nigohlari kabi... Chunki u o'z o'quvchisi ko'ziga har doim namunali qiyofada ko'rinishi shart.
Odatda boy yashamaydi, fidokor o'qituvchining puli ko'paygan taqdirda ham-uyidagi kitoblari soni bir nechtaga ko'payadi holos va yana oliy ma'lumot olgan diplomli bolalari bittaga ortishi mumkin...
U farzandlarini o'zi o'qitgan o'quvchilaridan ortib qolgan vaqtiga ko'ra tarbiyalaydi va ortib qolgan asablariga ko'ra ulg'aytiradi! Qirq yil o'qituvchilik qilgan odamning nabirasi uning yonida sellofan paketni ortiqcha shiqirlatib o'ynay olmaydi, xattoki shaldiroqning shiqir-shiqiriga ham chidab berishga uning bobosida asablar yo'q! O'qituvchining bolasi o'z otasiga bitta savolni ikki marta bermaslikka o'rganadi... Chunki ularning asablari birovning farzandini "odam qilaman" deb sob bo'lgan.
Hindlarning "Zulmat" nomli kinosi bor. Men u kinoni to'liq ko'rmaganman: ammo mazmuni bilan qisman tanishman. Ko'r va kar qizga ta'lim berishni o'z gardaniga olgan o'qituvchi - oxir oqibat o'zi yaroqsiz holatga keladi. Ammo uning o'quvchisi to'rt muchasi sog'lar qatorida talaba bo'ladi! Hindlar bu kino syujetiga atay ko'r va kar qizni kiritishmagan, birovning gap uqmaydigan bolasi ham aslida shu ko'rinishda!
Bir lahza ko'zingizni yuming va o'zingizni birinchi sinflar xonasida tasavvur qiling!
To'rtta bola yig'layapti, oltitasi bir-biri bilan urishmoqda! Ikkitasi uyidan o'yinchog'ini ko'tarib kelgan, boshqasi hamma joyga ushatib non chaynayapti. Yana biri onasini sog'ingan, boshqasi xojatxona qayerdaligini so'rolmay qizarib o'tiribdi. Tinmay chug'urlayotganlarining to'rttasi xuddi qaldirg'ochning inida o'tirgan polaponlarga o'xshaydi. Mana shular - o'qituvchini anordek sharbatini siqib, oilasiga burushgan bir qiyofada qaytaradigan xalqning bolasidir!
Uning o'z farzandi me'yorlar ichida ulg'ayadi. Ko'pchilik oldida esnash kerakmasligi ham, tishga tilini tekkizib chiqirlatmaslik shartligi haqida ham u yaxshigina ta'lim olgan.Chunki uning asablari tugab bitgan onasiga "tirq" etgan tovush ham, almoyi qiliqlar ham yoqmaydi!
Ha, ustozlar sha'niga ko'p gaplar gapirilgan. Ular haqida mening biladiganlarim shular! Boshqalar nazdida uning bolalari qandayligiga men hech qachon qiziqmadim! Ularni past ko'rmadim!
Qaysidir mamlakatda "uzoq yil ishlagan o'qituvchining sudda ko'rsatmasi o'tmaydi" deyishadi. Chunki bu kasbda ko'p ishlab, risoladagidek qarish mumkin emas...
Dunyoda faqatgina bitta kasb bor - inson o'z asablarini sarf qilib, borini tutib ilm bergach, evaziga o'zi xuddi tishi yemirilgan kalitdek bo'lib bir chetda qoladi va bu fidokorligi evaziga hech narsa olmaydi.
Bu o'qituvchilik...
Bir kuni uning qolgan-qutgan e'tiborni ko'rib o'sgan uydagi bolasi og'ziga bol tutadi, non keltiradi... Bor mehrini sharbatdek simirgan "xalqning bolasi" esa uni eslaydimi, yo'q...
Men barini yaxshilikka yo'ya olaman!
Boringizni ilinib o'qitgan o'quvchingiz bir kun yoningizdan sizga salom bermay o'tib ketsa, ranjimang, qadrli ustoz! U hozir ko'zingizning har harakatiga termulib o'tiradigan norasida emas. Mashaqqatli hayot yo'liga o'tgach, shunaqa o'zi bilan o'zi ovvora bo'lib qoldi... Aqli yetmaydigan chigalliklarni yechdi, ko'rishni istamaydigan ko'rguliklarini ko'rdi! Uning sizdan keyingi ustozi bo'lmish Hayot judayam qattiqqo'l ustoz ekan... Ko'ngliga sig'mayapti-da, bo'lmasa albatta qoshingizga kelib bir yo'qlab ketardi!
Yana...
Bor bilimingizni berib o'qitgan o'quvchingiz hozir kattakon bo'lib ketib, sizni oyoq uchida ko'rsatayotgan bo'lsa ham ranjimang... Tan oladimi, yo'qmi u qachonlardir qarshingizda alifni kaltak deyolmaydigan darajada omi edi! Uning keyingi ustozi Hayot rosa mug'ombir ekan. Hozir beshlarni qatorlashtirib uni havolantirgani bilan ertaga qarsillatib "ukazka" lar bilan solishini, ta'zirini o'xshatib berishini bilmaydi U...
Shuning uchun undan ham xafa bo'lmang... Nima bo'lganda ham siz uning ustozisiz, kechirishingiz kerak!
Uch-to'rt kun oldin menga birov shunday deya savol yozdi: "O'qituvchi bo'lish savobli kasbmi?". Men unga "bu kasb sharafli kasb, ilohiy kasb" deb javob qaytardim! U menga nega bunday yozganim borasida ortiq savol berib o'tirmadi. So'raganida albatta yozardim:
Robb-so'zining ma'nosi "Tarbiyachi" dir!
"A'liym" ismining ma'nosi "Biluvchi" dir!
Insonning birinchi Ustozi - Alloh taolodir! Hayot yo'lida bu "unutuvchi" atalmish Insonga hamma narsa ustozlik qiladi. Yillar ustozlik qilib bizdan yoshlikni oladi! Yo'llar bizga ustozlik qilib o'ngu so'ldan, to'g'ri yo'lga soladi... Ba'zan keng yo'ldan, ba'zan toridan, ba'zan chalkashidan, ba'zan qil ko'priklardan o'tadi Inson...
Qadrli ustoz! Siz shunday sharafli kasb sohibisiz-ki, temirchilar temir buyum yasasa, binokorlar baland binolar qursa, naqqoshlar naqsh chizsa - siz Inson yasaysiz, Odam qurasiz, Solihlar hulqini naqsh kabi yuraklarga chizasiz... Sizning kasbingiz Ilohiy kasb... Chunki temirchining ham, binokorning ham, naqqoshning ham qachonki USTOZi bo'lsagina o'z kasbini ustasi bo'la oladi!
©️O’quvchingizdan
Download 19,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish