Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


TO’QIMA TO’G’RISIDA TA’LIMOT UMUMIY GISTOLOGIYA



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

TO’QIMA TO’G’RISIDA TA’LIMOT UMUMIY GISTOLOGIYA 
 
Evolyutsion taraqqiyot davomida tirik organizmlarning turli shakllari vujudga kelib, ular 
hozir ham mavjuddir (sodda o`simlik va hayvonlardan tortib odamgacha). Hayvon organizmi-
ning takomili, ularning evolyutsiyasi yangi vazifalar va shu vazifalarni bajarish uchun hosil 
bo`lgan tuzilmalar rivojiga bog`liq. 
To`qimalar evolyutsiyasini o`rganuvchi fanga 
evolyutsion gistologiya 
deyiladi. 
Evolyutsion gistologiyaga Rossiyada I. I. Mechnikov asos solgan. Uning g`oyalarini A. A. Z a –
v a p z i n va N. G. X l o p i n ilgari surdi, rivojlantirdi. Masalan, A. A. Zavarzin to`qimalar 
klassifikatsiyasiga hayot jarayonining asosiy tomonlarini ochib beruvchi funktsional prinsiplarni 
asos qilib oldi. U to`qimalarni himoya funksiyasini o`tovchi chegara to`qimaga; modda 
almashinuv va tayanch-mexanik vazifani bajaruvchi i ch k i m u h i t to`qimasiga, qisqarishni 
ta’minlovchi mushak to`qimasiga va impuls o`tkazuvchi nerv to`qimasiga bo`ldi. 
Odatda, to`qimalarning takomili ularning organizmda bajaradigan vazifasi bilan 
belgilanadi. Turli hayvonlarda to`qimalar ba’zi belgilari bilan ajralib tursada, juda ham ko`p 
mavjudotlarda muayyan to`qima turlarini ajratish mumkin. Binobarin, to`qima evolyutsiyasi 
butun organizm evolyutsiyasining xususiy ko`rinishidir. 
To`qima 
tarixiy (filogenetik) taraqqiyot jarayonida vujudga kelib umumiy tuzilishga ega 
bo`lgan, ma’lum funktsiyani bajarishga ixtisoslashgan hujayralar va hujayra bo`lmagan 
tuzilmalar majmuasidan iborat. 
Tarixiy taraqqiyot natijasida 4 xil to`qima vujudga kelgan. 
/. 
Epiteliy to`qimasi. 2. Ichki muhit to`qimasi (tayanch-trofik va himoya to`qima, 
biriktiruvchi to`qima). 3. Mushak (muskul, to`qimasi. 4. Nerv (asab) to`qimasi.
Bulardan epiteliy va biriktiruvchi to`qima eng qadimiy hisoblanadi. Rivojlanishining 
so`nggi bosqichlarida hayvonlar tuzilishining murakkablashishi bilan birga mushak va nerv 
to`qimalari takomillashadi. Mushak to`qimasi harakat funksiyasini bajarishda ishtirok etsa, nerv 
to`qimasi hamma to`qimalarni o`zaro bog`lab turadi. To`qimalarning hosil bo`lish jarayoni 
gistogenez deb yuritiladi. 
Bu jarayon davomida har bir kurtakning hujayralari va hujayra shakliga ega bo`lmagan 
strukturalari turli tomonga differensiallashadi (takomillashadi), hamda bir to`qimaga xos bo`lgan 
maxsus 
tuzilmalarni 
va 
xususiyatlarni 
o`zida 
mujassamlashtiradi. 
To`qimalar 
differentsiallashishida 4 davr tafovut etiladi. 1) ootipik; 2) blastomer; 3) kurtak; 4) to`qima 
differensiallanish davrlari. 
Ootipik differensiallanish davrida bo`lg`usi kurtaklar prezumtiv (lat. presumptio - 
ehtimol) - ehtimoliy qismlar holida tuxum hujayra sitoplazmasida yoki zigotada o`z ifodasini 
topadi. Masalan, amfibiylarda bo`lg`usi xordomezoderma tuxum hujayra sitoplazmasining 
kulrang o`roqchasi qismida joylashadi. 
Blastomer differensiallanishda bo`lg`usi to`qima kurtaklari maydalanayotgan blastula 
hujayralarining shu to`qima rivojlanishini belgilaydigan blastomerlari differensiallanishi sifatida 
ko`rinadi. Ko`pchilik hayvonlarda maydalanishning ilk davridayoq bir-biridan farq qiladigan 
blastomerlar hosil bo`ladi. Blastula davrida blastula tubi, tomi va qirg`oq qismlari blastomerlari 
bir-biridan farqlanadi. 
Kurtak differentsiallanishida bir xil bo`lgan birlamchi homila varaqlarida alohida 
tuzilishga ega bo`lgan chegaralangan qismlar hosil bo`ladi. Chunonchi, ektodermadan nerv 
sistemasi kurtagi bo`lgach nerv naychasining ajralib chiqishi bunga misol bo`la oladi. 
To`qima differensiallanish davrida to`qima kurtaklari to`qimaga aylanadi. Kurtakning 
to`qimaga aylanishi - gistogenez davrida har bir kurtakning hujayra va hujayra bo`lmagan 
tuzilmalari turli yo`nalishda ixtisoslashib, har bir to`qima uchun xos bo`lgan tuzilmalarni, 
fiziologik va ximiyaviy xususiyatlarni hosil qiladi. To`qima takomilining determinatsiyasi (lat. 
determinare - belgilash) asosan avloddan-avlodga o`tuvchi irsiy belgilar bilan bog`liqdir. Irsiy 
omillar organizm takomilining umumiy yo`nalishini belgilaydi. Bu esa homila o`sish davrida 


74 
turli ta’sirlar natijasida (ichki va tashki) yangi xususiyatlar hosil bo`lishini inkor etmaydi. 
Davom etayotgan differensiallanish va o`sish davrida hujayralararo ta’sirlar orta borib 
organizmning integratsiyasi (lat. integer - butun) vujudga keladi. Integratsiya iborasi organizm 
alohida qismlarining bir butunga birlashishini ko`zda tutadi. Hamma a’zolar asosan 4 xil 
to`qimadan: 
epiteliy, biriktiruvchi, mushak va nerv to`qimalaridan 
tashkil topgan. Parenximatoz 
a’zolarning asosi - biriktiruvchi to`qimadan, parenximasi (asosiy ishni bajaruvchi qismi) esa 
epiteliydan tashkil topgan. A’zo tarkibiga kirgan to`qimalarning faoliyati shu a’zoning umumiy 
yoki asosiy funktsiyasini bajarishga qaratilgan. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish