75
epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy to`qimasi himoya, sekretor, so`rish va ekskretor funktsiyalarni
bajarishga moslashgan. Ichak bo`shlig`ida fermentlar ta’sirida parchalangan oqsil, uglevod,
yog`lar monomerlar holida hamda suv va mineral tuzlar ximus tarkibidan ichak epitelial
hujayralari orqali qon yoki limfaga so`riladi. Modda almashinish natijasida hosil bo`lgan qoldiq
mahsulotlar ham epiteliy hujayralari orqali organizmdan tashqariga chiqariladi (e k s k r ye-
tsiya.) Ekskretsiya asosan o`pkada (karbonat angidrid va qisman suv ajraladi),
buyrakda
(mochevina, siydik kislotasi ajraladi), terida (ter bilan suv va 5-10% mochevina ajraladi) ke-
chadi.
Epiteliy to`qimasi chegara to`qima bo`lganligi uchun u o`zining ostida joylashgan
to`qimalarni turli ta’sirlardan (kimyoviy, mexanik) himoya qiladi. Jarohatlanmagan teri epiteliysi
turli zaharli moddalarni va mikroblarni o`tkazmaydi. Epiteliy to`qimasi sekret ishlab chiqarish
qobiliyatiga ham ega. Me’da shilliq qavatini qoplovchi epiteliy to`qimasining mahsuloti me’dani
mexanik va kimyoviy ta’sirlardan saqlasa, me’da-ichak nayi bo`ylab joylashgan epiteliy
hujayralari esa oziq moddalarning parchalanishida va so`rilishida muhim o`rin tutadi.
Epiteliy to`qimasi homila taraqqiyotida har uchala homila varaqlaridan (ekto, ento- va
mezodermadan) hosil bo`ladi. Ilk bor hosil bo`lgan epiteliy hujayralari homilaning rivojlanishi
uchun sharoit yaratib beradi. U orqali homila va ona organizmi o`rtasida
modda almashinishi
ta’minlanadi.
Epiteliy to`qimasining kelib chiqishi va bajaradigan funktsiyalarining har xil bo`lishiga
qaramasdan, boshqa to`qimalardan farq qiladigan umumiy belgilari ham mavjud.
1. Epiteliy to`qimasi zich joylashgan plast holidagi hujayralar to`plamidan iborat,
hujayralararo modda deyarli bo`lmaydi.
2. Epiteliy to`qimasi doimo bazal membranada yotadi.
3. Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashganligi uchun ular qutbli differensiallash
xususiyatiga ega. Epiteliy hujayralarining apikal va bazal qismlari tafovut etilib, bu qismlar
tuzilishi va funksiyasi bilan bir-biridan fars qiladi.
4. Epiteliy to`qimasida q o n t o m i r l a r bo`lmaydi, hujayralar bazal membrana orqali
biriktiruvchi to`qimadan siffuz yo`l bilan oziqlanadi.
5. Epiteliy to`qimasi yuqori darajada q a y t a t i k l a n i s h xususiyatiga ega.
Epiteliy kelib chiqishi, tuzilishi va funktsiyasi jihatidan bir necha marta klassifikatsiya
qilingan, shulardan keng tarqalganlari morfofunktsional va filogenetik klassifikatsiyalardir.
Filogenetik klassifikatsiya bo`yicha epiteliy to`qimasi 5 ga bo`linadi: 1) teri epiteliysi; 2)
ichak epiteliysi; 3)
buyrak epiteliysi; 4) selomik epiteliy; 5) ependimoglial epiteliy.
Terining epiteliy to`qimasi ko`p qavatli bo`lib, himoya funktsiyasini bajaradi. Ichakning
epiteliy to`qimasi bir qavatli bo`lib, himoya va so`rish funktsiyasini o`taydi. Buyrakning epite-
liy to`qimasi bir qavatli bo`lib, modda almashinuvida hosil bo`lgan organizm uchun kerak
bo`lmagan oxirgi maxsulotlarning chiqarilishida ishtirok etadi. Selomik epitelial to`qima seroz
«o`shliqlarni qoplashdan tashqari, jinsiy hujayralarning hosil bo`lishida ham qatnashadi.
Ependimoglial epitelial to`qima
nerv naychasidan rivojlanib, sezgi organlari tarkibiga kiradi,
miya qorinchalarini va orqa miya kanalining devorini qoplaydi.
Morfofunktsional klassifikatsiya bo`yicha epiteliyning quyidagi turlari farqlanadi:
Epiteliy doimo bazal membranada joylashadi. Bazal membrana yoki
bazal plastinka
epiteliy va biriktiruvchi to`qima orasida joylashuvchi parda bo`lib, qalinligi 80-100 nm ga teng.
76
U karbonsuvdan, oqsil, glikozaminoglikan va kollagen tolalardan tashkil topgan.
Epiteliy to`qimasi hujayralarining bazal membrana bilan munosabatiga qarab bir va ko`p
qavatli bo`ladi. Bir qavatli epiteliy hujayralarining barchasi bazal plastinka bilan bevosita
bog`langan. Ko`p qavatli epiteliyda esa bazal plastinkaga faqat pastki
qavat hujayralari tegib
turadi. Bir qavatli epiteliy o`z navbatida bir qatorli va ko`p qatorli bo`ladi. Bir qatorli epiteliyda
hamma hujayralar bir xil balandlikka ega bo`lib, ularning yadrolari bir tekislikda joylashadi (44-
rasm). Ko`p qatorli epiteliyda hamma hujayralar bazal membranaga tegib tursa ham, ular bir xil
katta-kichiklikda emas va yadrolari turli tekislikda yotadi. Ko`p qavatli yassi epiteliy
muguzlanuvchi va muguzlanmaydigan bo`ladi. Yuqori qavat hujayralari muguz tanachalarga
aylanuvchi ko`p
qavatli epiteliy
muguzlanuvchi epiteliy
deb ataladi. Muguzlanish jarayoni
kechmaydigan, ya’ni muguz tangachalar hosil bo`lmaydigan ko`p qavatli epiteliy
muguzlanmaydigan epiteliy
deb ataladi. Ko`p qavatli epiteliyning maxsus turi o`zgaruvchan
epiteliydir. Bu epiteliy ba’zi a’zolarning (m: siydik qopchasi) devorining cho`zilgan yoki
cho`zilmaganligiga qarab o`z ko`rinishini o`zgartirib turadi va shuning uchun ham o`zgaruvchan
epiteliy deb ataladi.
Epiteliy to`qimasining hujayralari turli xil shaklda bo`ladi. Masalan, yassi, kubsimon,
silindrsimon va maxsus tuzilmalari bilan boshqa to`qimalarning hujayralaridan farqlanib turadi.
Hujayralarning differensiallanishi natijasida maxsus tuzilmalar paydo bo`ladi. Epiteliy
to`qimasining maxsus tuzilmalariga: hilpillovchi kiprikchalar, ichak enterotsit hujayralarining
mikrovorsinkalari va x i vch i n l a r kiradi. Bu maxsus tuzilmalarning tuzilishi va funktsiyasini
har bir epiteliyni o`rganish davomida ko`riladi («Sitologiya» bo`limiga q.).
44- rasm. Bir qavatli bir qatorli epiteliy turlari (sxema).
a
-bir qavatli yassi epiteliy; b -bir qavatli kubsimon epiteliy; v -bir qavatli silindrsimon
epiteliy; g - bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy (A. Xem, D. Kormak, 1982, Yu. I.
Afanasyevdan, 1989).
Epiteliy to`qimasi hujayralarining sitoplazmasida xususiy organella tonofibrillalar
uchraydi. Hujayralarning yon yuzasida desmosomalar («Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari»
ga q.) va ularning birlashtiruvchi plastinkasiga tegib yotuvchi tonofibrillalar joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: