232
(Kis-Flak) tuguni, bo’lmacha-qorincha yoki atrioventrikulyar (Ashof-Tovar) tuguni hamda
qorinchalararo tutam (Gis tutami) va uning qisqaruvchi miotsitlarga qo’zg’alishni o’tkazuvchi
tarmoqlari kiradi. Gis tutami o’ng va chap oyoqchalarga bo’linadi. Ulardan esa yurakning
maxsus atipik tolalari – Purkine tolalari boshlanadi (138-rasm, I).
O’tkazuvchi sistemada uch xil hujayralar tafovut qilinadi.
Impulslar cinus tugunida
vujudga keladi. Tugunning markazida asosan o’z – o’zidan qisqaruvchi I tip hujayralar, ya’ni
ritmni boshlovchilar yoki Peysmeker hujayralari joylashadi (138-rasm, II A). Ular ko’p burchak
shaklidagi kichik (diametri 8–10 mkm) hujayralar bo’lib, sitoplazmasida oz miqdorda tartibsiz
joylashgan miofibrillalar tutadi. Miofibrillalar tarkibida miofilamentlar ancha siyrak joylashadi,
A va I disklar unchalik aniq bilinmaydi. Mitoxondriyalar juda oz, yumaloq yoki oval shaklda va
mayda bo’ladi. Sarkoplazmatik to’r sust rivojlangan. T-sistema bo’lmaydi, ammo sitolemma
bo’ylab juda ko’p pinotsitoz pufakchalar va kaveolalar joylashgan bo’lib, ular hujayra
membranasining yuzasini deyarli ikki marta oshiradi. Sitoplazmasida kalsiy ionlari ko’p,
qisqarish uchun kerakli energiya asosan glikoliz jarayoni orqali ta’minlanadi.
138 - rasm.
Yurakning o’tkazuvchi sistemasi kardiomiotsitlari (P. P. Rumyansevdan).
I – yurakning o’tkazuvchi sistemasi elementlarining joylanish sxemasi; II –
sinus va
atrioventrikulyar tugunlarining kardiomitsitlari; a – peysmeker (P) hujayralari; b – oraliq
hujayralar; III – Gis tutami kardiomiotsiti; IV – Gis tutami oyoqchasining kardiomiotsiti
(Purkine tolasi); 1 – yadro; 2 – miofibrillalar; 3 –
mitoxondriyalar; 4 – sarkoplazma: 5 –
glikogen parchalari; 6 – oraliq filamentlar; 7 – miofilamentlar komplekslari.
Sinus tugunining chetlarida oraliq hujayralar joylashadi. Oraliq hujayralar ayniqsa
233
atrioventrikulyar tugunda ko’p bo’lib, Peysmeker hujayralari, aksincha,
bu tugunda juda
kamchilikni tashkil qiladi. Oraliq (II tip) hujayralar ingichka, cho’zinchoq shaklda bo’lib,
ularning ko’ndalang kesimlari tipik kardiomiotsitlarnikidan kichikdir (138-rasm, II B). Oraliq
hujayralarining sitoplazmasida miofibrillalar nisbatan ko’proq, ular ko’pincha bir-biriga parallel
yo’nalgan, A- va I-disklar yaqqol ko’rinib turadi.
Ba’zi oraliq hujayralar qisqa T-naychalar tutadi. Bu hujayralar qo’zg’alish impulsni
Peysmeker hujayralaridan Gis tutami hujayralariga va qisqaruvchi (tipik) kardiomiotsitlarga
o’tkazib beradi.
Gis tutami va uning oyoqchalarining hugayralari III tip hujayralar bo’lib, ular Purkine
tolalary deb yoritiladi (138-rasm,III). Gis tutami oyoqchalari endokard
ostiga hamda miokard
ichiga tarmoqlanadi. Purkinye hujayralari to’p-to’p joylashgan bo’lib, siyrak tolali biriktiruvchi
to’qima bilan o’ralgan. Bundan tashqari, ular so’rg’ichsimon mushakka ham kirib boradi. Bu esa
so’rg’ichsimon mushaklar tomonidan yurak klapanlarini to miokard qisqarguncha tarang qilib
turishini ta’minlaydi.
Oddiy mikroskopda qaraganda Purkine tolalari yadrosining markazda joylashganligi va
ko’ndalang-targilligi uchun qisqaruvchi tipik kardiomiotsitlarga o’xshab ketadi. Ammo ular tipik
kardiomiotsitlardan farq qilib, ancha yirik (15 mkm va undan katta) bo’ladi. Miofibrillalar
ingichka bo’lib, asosan, hujayraning chetki qismlarida joylashgan. T-sistema deyarli bo’lmaydi.
Hujayraning markaziy qismlarida miofibrillalar bo’lmay, ular o’rniga glikogen yig’ilgan.
Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan preparatlarda glikogen aniqlanmaydi. Shuning uchun
Purkine hujayralarining markaziy qismi (yadro joylashgan sohadan tashqari) bo’shga o’xshab
ko’rinadi (138-rasm, IY). Purkine hujayralari qo’zg’alishni
oraliq hujayralardan tipik
kardiomiotsitlarga o’tkazib berish vazifasini bajaradi.
Peysmeker hujayralari o’zining tinchlik potensiali beqaror bo’lishi bilan skelet mushak
tolalaridan farq qiladi. Skelet mushagi tolalari sarkolemmasi nerv impulsi yetib kelgunga qadar
qutblangan (polyarlangan) bo’lib qoladi. Peysmeker hujayralarining membranasi esa hujayra
ichiga natriy ionlarini o’tkazib yuborish xususiyatiga ega. Ma’lum vaqtda (sekundning bo’laklari
ichida) ularning tinchlik potensiali shunchalik kamayib ketadiki, endi membrana ionlar uchun
to’siq bo’la olmay qoladi. Bu – hujayra ichiga natriy ionlarining shunday oqimining kirib
qolishiga
olib keladiki, natijada, hujayra membranasi birdaniga va butunlay depolyarizatsiyaga
uchraydi. Peysmeker hujayralarida vujudga kelgan depolyarizatsiya tirqishli birikish orqali
barqaror tinchlik potensialiga ega bo’lgan oraliq hujayralarga uzatiladi. U ham darhol
depolyarizatsiyaga uchraydi. Oraliq hujayra ham o’z navbatida barqaror tinchlik potensialiga ega
bo’lgan boshqa oraliq hujayralar bilan birikkani uchun butun gruppa depolyarizatsiyaga
uchraydi.
Demak, sinus tuguni hujayralari depolyarizatsiya to’lqinini muntazam hosil qilib turadi,
ular esa butun yurak bo’ylab
tarqalib, uning turli bo’limlarini kerakli tarzda birin-ketin
qisqarishga olib keladi. Aytib o’tish kerakki, sinus tuguning Peysmeker hujayralari odamda tinch
holatda minutiga 60–70 marta depolyarizatsiyaga uchraydi, biror ish qilganda esa, puls
tezlashadi. Ba’zan his-hayajon ta’sirida simpatik nervlar aktivligi oshishi natijasida ham puls
tezlashadi. Bunga sabab, sinus tuguni vegetative nerv sistemasining har ikkala bo’limidan ham
ko’plab nerv tarmoqlari oladi. Ammo ular Peysmeker hujaylarida depolyarizatsiyaning
boshlanishiga javobgar emas, ular faqat uning tezligini o’zgartirishi mumkin. Simpatik sistema
Peysmeker hujayralari depolarizatsiyasi
tezligini oshiradi, parasimpatik sistema esa susaytiradi.
Ba’zan gormonlar ham depolyarizatsiya tezligiga ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: