178
(109-rasm).
Miyacha po’stlog’i yoki kulrang moddasi tarkibiga neyrogliotcitlar orasida joylashgan turli xil
neyronlar kiradi.
Miyacha po’stlog’ini uning
o’rta qavatida
bir qator joylashgan noksimon Purkin’e
hujayralaridan (neuronum pirifor-me -noksimon neyronlar) boshlab o’rganish qulayroq. Ularning
tanasidai molekulyar qavatga, odatda, ikkita dendrit chiqib, darhol to’g’ri burchak ostida egiladi
va ma’lum masofada burma yuzasiga parallel’ joylashadi (110-rasm). SHu masofada burma
yuzasi tomon yo’nalgan dendritlardan ko’p miqdorda kuchli shox-langan tarmoqlar ketadi. Bu
tarmoqlar molekulyar qavatning yuzasiga etib boradi va ular birlashib o’ziga xos sertarmoqli
shaklni hosil qiladi. Purkin’e hujayralarining hamma shox-lari miyacha burmasi yo’nalishiga
perpendikulyar holda bir yuzada joylashadi. Har bir Purkin’e hujayrasi
tanasidan bntta ney-rit
chiqib, donador qavat orqali oq moddaga yo’naladi va miyacha yadrolaridagi neyronlar bilan
sinapslar hosil qiladi. SHu ney-ritning hujayra tanasiga yaqin joyidan ganglionar qavatga va
molekulyar qavatning ichkarisiga yo’nalgan kollaterallar keta-di. Bu joyda ular shoxlanadilar va
ularning tarmoqlari burma
110-rasm. Miyacha. Kumush nitrat tuzi bilan impregnatciya qilipgan.
1 - molekulyar qavat; 2 - noksimon nerv xujayralarining dendritlari; 3 - noksikon nerv hujayrasi;
» - donaddr qavat.
bo’ylab borib, qo’shni Purkin’e hujayralarining tanasi va den-dritlarining pastki tarmoqlari bilan
tutashadi. Miyacha po’stlo-g’idan chiqadigan neyritlar ichki yadrolarda (masalan, nucleus den-
tatus da) tugallanuvchi markazdan yo’naluvchi yagona nerv tola-lari hisoblanadi.
Molekulyar qavatda
ikki xil: savatsimon (neuronum corbiferum) ea yulduzsimon (neuronum
siellatum) nerv hujayralari joyla-shadi.
Savatsimon hujayralar mayda (10-12 mkm) hujayralar bo’lib, ular tanasidan ko’p sonli uzun va
nisbatan kam shoxlan-gan dendritlardan tashqari miyacha yuzasida Purkin’e hujayrala-ri
dendritlarining tarmoqlari bilan bir sathda joylashgan uzun nerv tolalari ham chiqadi.
Hujayra
neyriti o’zining bu-tun tanasi davomida ganglioz qavatga Purkin’e hujayrasining tanasini
savatchaga o’xshab o’rab oluvchi yon shoxchalarni uzatadi. Savatsimon hujayralarning neyritlari
molekulyar qavatdan tashqariga chiqmaydi.
YUlduzsimon hujayralar savatsimon hujayralardan yuqorida joylashib, ikki xil shaklda bo’ladi.
Mayda yulduzsi-mon hujayralar nozik, kalta dendritlar va sal shoxlangan ney-ritlar bilan
ta’minlangan. Bu neyritlar noksimon hujayralar-ning dendritlarida sinapslarni hosil qiladi. Yirik
yulduzsi-mon hujayralar mayda hujayralardan farq qilib, uzun va kuch-
li shoxlangan dendrit va peyritlarga ega. Bu neyritlarning shox-lari noksimon hujayralarning
dendritlari bilan bog’lanadi. Ularning ba’zilari esa noksimon hujayralarning
tanasigacha etib
boradi va savatcha tarkibiga qiradi. Molekulyar qavatning savatsimon va yulduzsimon
hujayralari nerv impul’slarini noksimon hujayralarning dendritlari va tanasiga o’tkazib be-ruvchi
179
qo’shimcha neyronlarning umumiy sistemaeini tashkil qi-ladi.
Donador qavat
neyronlarga juda boy. Donador qavatni ho-sil qiluvchi asosiy hujayralarni -
donacha hujayralar
neuro num granulifcrmis yoki oddiygina -
donachalar
deb ataladi. Ular
o’ziga xos shaklga ega. Ularning kichik (3-8 mkm) tanasi deyarli yadro bilan to’lib turadi.
TCitoplazmasi esa yadro atro-fida torgina gardish hosil qiladi. Bu hujayralarning tanasi-dan
qushlarning panjasiga o’xshash shoxlangan, kalta dendritlar chiqadi.
Har bir hujayralardan molekulyar qavatning u yoki bu sathi-ga yo’nalgan T shaklida shoxlangan
o’simta chiqadi. Ikkala shoxcha burma yo’nalishiga parallel holda ikki tomonga tarqaladi. Bu
shoxcha molekulyar qavat
doirasidan chiqmagan holda, telegraf simlariga o’xshab, Purkin’e
hujayralarining dendritlari bo’y-lab borib, ularni bo’ylama yo’nalishda bir-biri bilan bog’laydi.
SHunday qilib, Purkin’e hujayralari uchta uyg’unlashgan sistemaga ega: bittasi - xususiy
neyritlar kollaterallaridan, ikkinchisi-donacha hujayralarining nerv o’simtalaridan hosil bo’lgan 2
ta bo’ylama va uchinchisi savatsimon hujayralardan ho-sil bo’lgan bir butun ko’ndalang
sistemadan iborat.
Gol’ji hujayralari yoki yirik yulduzsimon neyron-l a p (neuronum stellatum magnum) miyacha
donador qavatining ikkinchi xil hujayralaridir. Bu hujayralarning 2 xili farqlanadi: kalta neyritli
yulduzsimon hujayralar ganglionar qavat yaqinida yotadi. Ularning shoxlangan dendritlari
moleku-lyar qavatda tarqalib, uning yuzasigacha etib borsa, neyritlari donador qavatga yo’naladi.
Uzun neyritli yulduzsimon hujayra-lar donador qavatda o’ta shoxlanuvchi dendritlarga va oq
moddaga yo’naluvchi neyritlarga ega. Bu hujayralar miyacha po’stlog’i turli sohalarining bir-biri
bilan aloqasini ta’minlab, uning yaxlit bir organ bo’lib ishlashiga imkon beradi. Uchinchi tur hu-
jaralarni duksimon gorizontal hujayralar ( r.eurcnum fusiforme horizontale ) tashkil qiladi. Ular
ko’proq donador va ganglionar qavatlar orasida uchraydi. Ularning cho’zinchoq tana-sidan ikki
tomonga qarab, ganglionar va donador qavatlarda tugaydigan uzun, gorizontal joylashgan
dendritlar chiqadi. Bu hujayralarning neyritlari esa donador
qavatga kollaterallar berib, oq
moddaga o’tib ketadi.
Ko’pgina nerv tolalari miyaning turli qismlaridan kelib, miyachaning io’stlog’ida tugallanadi.
Miyachaning po’stlog’iga keluv-chi afferent nerv tolalari 2 turga bo’linadi: 1) moxsimon t ol a l
a p.; 2) o’ r
tc
a.l o v ch.i.yoki lianasimon tolalar.. Mox-
:
simon tolalar olivo-miyacha va ko’prik-miyacha o’tkazuvchi yo’llari tarkibida donador qavatga
qarab boradi. Bu erda ular o’zlari-ning mag’izli qavatlarini yo’qotmasdan alohida shoxlanadi va
miyacha «koptokchalarida» ( glomerulus ) tugallanadi. Bu koptok-•chalarda tolalar donador
hujayralarning dendritlari bilan sinapslar hosil qiladi. Har bir tola miyachaning ko’pgina kop-
tokchasiga tarmoqlar beradi va har bir koptokcha ko’p moxsimon •tolalardan tarmoqlar qabul
qiladi. Urmalovchi tolalar miyacha po’stlog’iga orqa miya va vestibulyar - miyacha yo’llari
bo’ylab ki-rib boradi. Ular donador qavatni kesib o’tib, Purkin’e hujay-ralarining dendritlari
bilan sinapslar hosil qiladi. Liana-simon tolalar ta’sirni miyacha po’stlog’ining noksimon
hujayra-lariga bevosita o’tkazib beradi. SHunday qilib, miyacha po’stlo-g’iga keladigan
qo’zg’atuvchi impul’slar noksimon hujayralarga bevosita o’rmalovchi tolalar, yohud donador
hujayralarning o’sim-talari orqali etkaziladi. Molekulyar qavatning yulduzsimon va savatsimon
neyronlari, shuningdek, donador qavatning yirik yul-duzsimon hujayralari noksimon
hujayralarga tormozlovchi ta’-sir ko’rsatish qobiliyatiga ega. Moxsimon tolalar orqali keladi-gan
impul’slar ko’rsatilgan hujayralar sinapslarida tormoz-lanishi va
noksimon neyronlarga etib
kelmasligi mumkin. Ja-vob efferent impul’slari Purkin’e hujayralarining neyritla-ri orqali
chiqadi.
Miyacha po’stlog’ida glial asos bo’lib, u turli gliotcitlardan tuzilgan. Donador qavatda tolali va
plazmatik astrotcitlar hamda oligodendrogliotcitlar bo’ladi. Tolali astrotcitlar o’z o’simtalarining
oyoqchalari bilan tomirlar atrofida membrana-lar hosil qiladi. Ganglionar qavatda Purkin’e
hujayralari-ning orasida to’q yadroli maxsus gliotcitlar yotadi. Ularning o’simtalari miyacha
po’stlog’iga qarab borib, Purkin’e hujayra-lari dendritlarining tarmoqlariii ushlab turuvchi
tolalarni hosil qiladi. Molekulyar va ganglionar qavatlarda ko’p miqdor-da glnal makrofaglar
bo’ladi.