174
8 segment orqa miyaning bo’yin qismini tashkil qiladi. Ko’krak bo’limi 12 segmentdan, bel va
dumg’aza bo’limlari esa har biri 5 ta segmentdan iborat. Oxirgi 1-2 segment dum bo’limini hosil
qiladi.
Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miyaning ko’ndalang kesimida yu q m o d d a ( substantia alba )
va uning markazida kapalak shak-lini eslatuvchi kulrang modda ( substantia grisea ) joy-dashgan
(107-rasm).
Kulrang moddaning shakli orqa miyaning turli bo’limlarida o’zgaradi. Orqa miya ko’ndalang
kesimining har bir yarmida ol-dingi ( cornu ventral is ) .va orqa ( cornu dorsalis ) shoxlar, 8-
bo’yin va 3-bel segmentlari sohasida esa yon shoxlar ( ccrnu Iate-ralis ) tafovut etiladi.
Orqa miyaning kulrang moddasi nerv hujayralaridan, mie-linsiz va
nozik mielinli tolalardan
hamda neyrogliyadan ibo-rat. Kulrang modda neyritlari orqa miyadan chiqib ketuvchi ol-dingi
shoxlardagi mul’tipolyar ildizcha hujayrala-ri (neurocytus radicularis), o’simtalari kulrang
moddadan chiqmasdan sinapslar hosil qilib tugallanuvchi ichki hujay-ralar ( neurocytus internus
) va aksonlari orqa miyaning bo-shqa segmentlari oq moddasiga va bosh miyaning ayrim joylari
tomon yo’naluvchi o’tkazuv yo’lini hosil qilgan tutamli hu-jayralardan ( neurocytus funicularis )
iborat. SHunday qilib, mul’tipolyar nerv hujayralari kulrang moddaning tar-kibiy qismidir.
107-rasm. Orqa miya (sxema).,^
1 - yumshoq parda; 2-orqa mnya oraliq tusig’i; 3 - oq modda. 4 - markaziy nay; 5 - orqa shox; 6 -
oldingi shox; 7 - mul’tipolyar Oki harakatlantiruvchi nerv hujayralari; 8 -• kul-rang modda, 9 -
oldingi oraliq yoriq.
Orqa shoxlar joylashgan erda orqa miyaga periferiyadan turli impul’slar olib keluvchi orqa
ildizcha kiradi. Orqa shox-larda ta’sirni o’tkazishga tegishli bo’lgan hujayra tanalari joylashgan.
Orqa miyaning oldingi shoxlarida esa peri-ferik harakat neyronlarining tanalari bo’lgan
yirik
hujayra-lar joylashgan. Bu hujayralarning aksonlari oldingi ildizcha-ni hosil qiladi. Oldingi
ildizchaning tarkibiga tanalari orqa miyaning yon shoxlarida joylashgan vegetativ neyronlarning
ak-sonlari ham kiradi.
SHunday qilib, orqa ildizchalar sezish vazifasini bajaruv-chi nerv tolalari tutamlaridan iborat.
Oldingi ildizchalar aso-san harakatlantiruvchi bo’lib, ularning tarkibiga ham vegetativ
tolalar kiradi.
Orqa shoxda g’ovak qavat, jelatinasimon modda, orqa shoxning xususiy yadrosi va dorsal yoki
Qlark yadrolari farq qilinadi.
G’ovak qavat glial sinch bo’lib, unda ko’p miqdorda mayda tu-tamli hujayralar bor.
Jelatinasimon moddada nerv hujayralari kam bo’lib, glio-tcitlar ko’proq bo’ladi.
Orqa shoxning xususiy yadrosi tutamli hujayralardan iborag bo’lib, ularning aksonlari orqa
miyaning qarama-qarshi tomoniga o’tib, u erda orqa miya-miyacha va orqa miya-talamik yo’l
hosil qi-lib miyachaga va ko’ruv do’mboqchasiga qarab ketadn.
175
108-rasm. Orqa miya mul’tipolyar nerv hujayralari. Kumush nitryat tuzi bilan im. prsgpatciya
qilipgap. 06. 40, ok. 10.
1 - yadro; 2 - tcntoplazma; 3 - hujayra o’simtalari.
Dorsal (Klark) yadro yirik tutamli neyronlardan iborat bo’lib, ularning
aksonlari shoxlangan
dendritlari bilan kulrang moddani kesib o’tib oq modda yon tizimchasiga kiradi va dorsal orqa
miya - miyacha o’tkazuv yo’li tarkibida miyachaga ko’tariladi <(Fleming yo’li).
Orqa miyaning oraliq zonasida medial va lateral ora-liq yadrolar joylashadi. Medial yadro
neyronlarining neyrnt--lari ventral orqa miya-miyacha o’tkazuv yo’li tarkibiga kiradi. Lateral
yadrolar esa yon shoxlarda joylashib assotciativ spmpa-tik neyronlar to’plamidan iborat.
Ularning aksonlari oldingi ildizchalar tarkibida somatik-harakatlantiruvchi
tolalar bi--lan
birgalikda orqa miyadan chiqib, simpatik ustunning birikti-ruvchi shoxlari tarzida shakllanadi.
Oldingi shoxda eng yirik mul’tipolyar (100-140 mkm) neyronlar bor (108-rasm). Bu hujayralar
yon shoxlardagi yadro-larning neyronlari kabi ildizcha hujayralar bo’lib, ularning neyritlari
oldingi ildizchalar tolalarining asosiy massasini tashkil etadi. YAdrolar somatomotorlar
markazlaridir. Oldingi shoxlarda medial va lateral gruppa harakat neyronlari farq kilinadi.
Medial gruppa hujayralar tana va umurtqa pog’onasi mushaklarining ishini ta’minlaydi. Lateral
g.ruppa hujayra,-
lari esa miyaning bo’yn va bel sohasidagi bo’rtmalarda joylash-gan bo’lib, qo’l
hamda oyoq
mushaklarini innervatciya qiladi. Fa-oliyati jihatidan barcha xarakat neyronlari yirik va mayda
al’fa-motoneyronlarga va gamma-motoneyronlarga bo’linadi. yirik al’fa-motoneyronlar skelet
mushaklarining keskin qis-qarishini, mayda al’fa-motoneyronlar
esa ularning tonusini
ta’minlaydi. Gamma-motoneyronlarning aksonlari nerv-mushak duklari tarkibiga kirib, mushak
tolalarining sekin qisqari-shida ishtirok etadi.
Oq modda orqa miyada periferik qismda joylashib, mielin iarda bilan o’ralgan ko’tariluvchi va
tushuvchi nerv tolalarining ayrim ustunchalaridan iborat. Orqa miyaning har bir yarmida 3 tadan
ustunchalar bor: oldingi ustuncha orqa miyaning ol-dingi bo’ylama o’yig’i bilan oldingi shox
orasida, yon u.stuncha esa oldingi va orqa shoxning orasida, orqa ustuncha
esa orqa shox bilai
orqa bo’ylama egatning orasida joylashgan.
Orqa miyaning o’tkazuvchi yo’llari orasida orqa miyaning xu-susiy apparati bo’lgan kalta
o’tkazuvchi yo’llarni (ular orqa miya-ning o’z segmentlari orasidagi aloqani ta’minlaydi) va orqa
miyani bosh miya bilan bog’lovchi uzun o’tkazuvchi yo’llarni farq kilish mumkin. Utkazuvchi
yo’llar anatomiya kursida batafsil
bayon etilgan.
Orqa miya kulrang moddasining asosini neyrogliyaning uzun va qisqa o’simtali astrotcitlari
tashkil etadi. Oligodendro-tcitlar nerv tolalarining qobig’ini hosil qilishda qatnashadi.
Ependimotcitlar esa orqa miya suyuqligi oquvchi kanal devorini hosil qilib, shu suyuqlik miqdori
176
va tarkibi doimiy bo’lishini ta’minlab turadi. Mikrogliotcitlar (makrofaglar)
qon orqa-li kirgan
monotcitlar hisobiga hosil bo’lib, kulrang va oq mod-dalarda bir tekisda joylashadi.
Orqa miyaning qon bilan ta’minlanishi. Orqa miya oldingi va orqa ildizchalar bilan kiradigan
ildizcha arteriyalar orqali qon bilan ta’minlanadi. Oldingi katta ildizcha arteriyalari orqa
miyaning oldingi yuzasida ko’tariluvchi va tushuvchi tarmoq-larga ajraladi. Oldingi ildizcha
arteriyalar orqa miyaning 4/5 kismini, ya’ni kulrang moddaning oldingi, yon, qisman orqa shox-
larini va oq moddaning orqa ustunchalaridan tashqari hamma qismlarini qon bilan ta’minlaydi.
Orqa shoxlarning medial bo’limlari va orqa ustunchalari mayda orqa ildizcha arteriyalar hisobiga
qon bilan ta’minlanadi. Orqa miyaning shoxlanuvchi arteriyalar sistemasi kapillyar to’r
bilan
tugallanadi. Bu er-dan qon umurtqa kanalining venoz chigallariga quyiladi. Venoz kon esa
umurtqa kanalidan ildizcha venalari orqali chiqib ke-tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: