184
gangliylar ustidan birik-tiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan bo’lib,
un-Dan gangliyning
ichiga to’-siqlar kiradi va birikti-ruvchi to’qimali stromani
113-rasm. Vegetativ nerv tuguiinipg tu-
zilishi (sxema).
1 - uzun o’simtali neyron; 2 - akson; 3 - teng o’simtaln neyron; 4 - glnotcitlar (T. N.
Radostinadan).
hosil qiladi. Bu stromada nerv hujayralari va nerv tola-lari joylashgan. Bu tugunlar
umurtqalararo gangliylardan farq qilib, turli shakldagi va kattalikdagi mul’tipolyar nerv
hujayralaridan iborat (113-rasm). Vegetativgan-gliylarning neyronlari va ularning o’simtalari
gangliotcitlar-dan hosil bo’lgan qobiq bilan o’ralgan.
Vegetativ nerv sistemasining gangliylarida asosan uch xil neyronlar farq qilinadi: 1. Uzun
aksonli neyronlar yoki I tip Dogel’ hujayralari, ularning o’simtalari
bir necha kalta tarmoqli
dendritlardan va gangliydan tashqariga ketuvchi uzun neyritdan iborat.
2. Teng o’simtali neyronlar yoki II tip Dogel’ hujay-ralari. Ptip Dogel’ hujayralarining bir necha
teng o’simtalari bo’lib, tuzilishi jihatidan qaysi biri akson ekanligini aniq-lab bo’lmaydi. Hamma
o’simtalar shoxlanmasdan gangliydan tash-qarigl ketadi. I tip hujayralarida parasimpatik
nervlarning pregatnglionar tolalari tugallanadi. SHuning uchun ular bu sis-xemaning reflektor
yoyi tarkibidagi ikkinchi harakatlanti-ruvchi yoki effektor neyronlari hisoblanadi. II tip
hujayralar-ni periferik vegetativ nerv sistemasining sezuvchi
yoki affektor elementlariga
kiritiladi.
3. III tip hujayralar oraliq yoki assotciativ ney-ronlar hisoblanib, ularning o’siqlari qo’shni
tugunlar ney-ronlarining dendritlari bilan sinapslar hosil qiladi.
Vegetativ gangliylarning nerv hujayralari orasida ko’p miqdorda mielinli va mielinsiz nerv
tolalari bor. Ularning tarkibida shu gangliy neyronlarining o’simtalari va sinapsla-rini hosil
qiluvchi yoki qo’shni gangliylarga o’tib ketuvchi pre-ganglionar tolalar bo’ladi.
Simpatik
tugunlarning postganglio-iar tolalari organlarda sinapslar hosil qilib tugaydi. Bu sinapslar asosan
adrenergik, qisman purinergik tabiatga ega. Parasimpatik gangliylarning postganglionar tolalari
a’zolar-da xolinergik sinapslar hosil qilib yakunlanadi.
Vegetativ tugunlarning tarkibida umurtqalararo gangliy-larning o’tkazuvchi tolalari bor.
Intramural tugunlardagi nerv tolalarining tarmoqlari to’r hosil qilib, bu to’rning halqasida turli
kattalikdagi gangliylar joylashgan. Vegetativ nerv sistemasida chegara tarmog’ining
yirik
gangliylaridan umurtqa oldi va qorin bo’shlig’idagi tugunlardan tashqari nerv bo’ylab ko’pgina
mayda gangliylar ham tarqalgan. Ularning eng mayda-lari atigi bir necha hujayralardan tuzilgan.
Ko’pincha nerv yo’-lida yolg’iz nerv hujayralari ham uchraydi.
Me’da-ichak yo’li devorida uch xil intramural chigallar ((shilliq osti qavatida, mushak qavatida
va seroz qavat ostida) joylashgan bo’lib, ular o’ziga xos xususiyatga egadir. Bu chigallar
tarkibida harakatlantiruvchi (xolinergik), tormozlovchi (adren-ergik va purinergik) va a’zolar
185
faoliyatini boshqaruvchi (pep-tidergik) neyronlar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: