Hilton Mehmonxonasi!



Download 18,11 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi18,11 Kb.
#781221
Bog'liq
Hilton tekst.pptx


Hilton Mehmonxonasi! 
Tashkent City hududida barpo etilgan mehmonxona binosi 21 qavatga ega. Bu xalqaro ishbilarmonlik markazida faoliyat yuritadigan oltita mehmonxonaning birinchisi. 
2019 – yil 14-dekabr kuni qulay va shinam xonalar, zamonaviy zallar, spa markaz, jakuzi va hovuz hamda 21-qavatda joylashgan eksklyuziv Izakaya Panosiyo restoraniga ega bo‘lgan Hilton Tashkent City mehmonxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkentda joylashgan 21 qavatli va 258 xonaga ega mehmonxona – Hilton yetakchi brendiga mansub Hilton Hotels & Resorts – kengayib borayotgan portfoliosiga so‘nggi qo‘shimcha bo‘ldi.

Zamonaviy mehmonxonada 258 ta keng, turli toifalardagi, ya’ni standart va bir toifali xonalar, burchak lyukslari va 8 ta prezident lyuksi mavjud bo‘lib, ular fransuz, ingliz, arab va klassik uslublarda jihozlangan. Bir toifali va lyuks xonalarda yashashning afzalliklaridan biri – katta mehmonlar zaliga kirish imkoniyati bo‘lib, undagi xizmatlar “shved stoli” usulidagi nonushta, kun davomida ichimlik va gazaklarni o‘z ichiga oladi. Prezident lyuksi xonasi 250 kvadrat metrdan katta maydonga ega bo‘lib, unda mehmonlar uchun xona, tushlik uchun xona va oshxona mavjud.




«Hilton» – dunyo yorlig‘iga aylangan eng mashhur tarmoqlardan biri. «Hilton mehmonxonasi» iborasi uzoq vaqtdan beri farovonlik, hashamat va boy hayot bilan sinonim bo‘lib kelgan. «Hilton» tarmog‘i o‘z mijozlari uchun «Hilton Honnors» sodiqlik dasturini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, mijozlar turar joy uchun ballarni to‘plashi mumkin.

Hilton Tashkent City’da tadbir o‘tkazish uchun mo‘ljallangan joylarning umumiy maydoni 2 453 kvadrat metrni tashkil qilib, unda 5 ta ko‘p funksiyali anjumanlar zali hamda yozgi ayvonga chiqadigan keng banketlar zali mavjud. Barcha anjumanlar zallari 1 va 2-qavatlarda joylashgan bo‘lib, tadbirlar davomida mehmonlarning harakatlanishini osonlashtiradi.


Ushbu mehmonxona tadbirlar uchun barcha zallarning tabiiy yoritishga egaligi bilan Toshkentda yagonadir. Bundan tashqari mehmonxona 4 ming odamlik sig‘imga ega kongress-markazining yonida joylashgan. Serenity Spa majmuasi Hilton Tashkent City mehmonlariga badan parvarishi va relaks borasida dunyoning yetakchi tajribasini taklif qiladi. Jakuzi va hovuz, 24 soatli fitnes markazi, 5 ta muolaja xonasi, jakuziga ega VIP hudud, fin va bug‘li saunalar 1 400 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan. Hilton Tashkent City’da turli oshxonalarni taklif qiluvchi bir necha restoran xizmatlarini taklif qiladi: 21-qavatda joylashgan Izakaya Restaurant & Lounge Panosiyo restoranida janubi-sharqiy Osiyo taomlari, Shosh restoranida milliy va Yevropa taomlari, Tumbler barida uning an’anaviy taomlaridan bahramand bo‘lish mumkin. Lobby Lounge lobbisida esa kofe, ichimliklar va mualliflik desertlari taklif etiladi.
Hilton Tashkent City Hilton Honors xayrixohlik dasturining tarkibiga kirib, ushbu dastur 17 ta Hilton mehmonxona brendlarini birlashtiradi. Hilton sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma qiluvchi dastur ishtirokchilari turli imtiyozlarga ega bo‘ladi. Bu o‘z navbatida mijozlarga imtiyozli ballar va mablag‘ning deyarli barcha uyg‘unligini, eksklyuziv chegirmalarni, hamda Hilton Honors ilovasi orqali qo‘shimcha raqamli xizmatlarni taqdim qiladi. Diamond darajasi yuqori tezlikdagi Wi-Fi internet, xona toifasini oshirish imkoniyati, bepul nonushta, birinchi toifali mehmonlar xonasi va yashash uchun 1000 imtiyozli ball beradi. Gold darajasidagi dastur ishtirokchilari bepul nonushta yoki yashash uchun 1000 imtiyozli ballni tanlash imkoniyatini beradi.

Hilton Hotels & Resorts brendi haqida


100 yil davomida Hilton Hotels & Resorts nomli zamonaviy va progressiv mehmonxonalar mehmonnavozlik borasida shubhasiz yetakchilik qiladi. Bir asrlik tajribaga ega Hilton mehmonxonaning eng yaxshi an’analarini davom ettirib, mehmonlarga xizmat ko‘rsatishni innovatsion yondashuv bilan boyitib boradi. Olti qit’ada 585 mehmonxonaga ega Hilton Hotels & Resorts dunyoning eng mashhur joylarida o‘z mehmonxonalarini joylashtirgan.
Hilton — mehmondo‘stlik sohasidagi yetakchi, dunyoning 17 darajali portfoliosiga ega kompaniya bo‘lib, u 114 davlatda joylashgan 5 900 mehmonxona va 939 000 xonaga ega. Kompaniyaning asosiy maqsadi mehmonnavozlik borasida yetakchilikka ega bo‘lishdir. 2018-yilda Hilton ish uchun eng yaxshi kompaniyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Download 18,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish