147
Ular bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga boshqa
hujayraning o`tkir uch qismi yopishadi. Silliq
mushak hujayralari sirtdan
sarkolemma
bilan
qoplangan, unda qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng plazmatik membrana va tashqi bazal
membrana farq qilinadi.
Yonma-yon yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba’zi joylarda juda
yaqinlashib tutashish nuqtalarini hosil qiladi. Membranalarning bunday yaqinlashish joylari silliq
mushak hujayralarining biridan ikkinchisiga qo`zg`alish o`tishiga xizmat qiladi, degan taxminlar
bor. Hujayra sitoplazmasida yadro, umumiy organellalar va miofibrillalar joylashadi.
91-rasm. Silliq mushak. Me’da devori shilliq qavatining mushak
plastinkasidan olingan
silliq mushak hujayrasi. Elektron mikrofotogramma. X.85OO.
1- yadro; 2 - sitoplazma; 3 - hujayra atrofidagi kollagen tolalar.
Yadro va organellalar hujayraning t r o f i k a p p a r a t i n i tashkil etadi. Silliq mushak
hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib, cho`ziq oval yoki tayoqchasimon shaklga ega
(90, 91-rasmlar). Yadroning shakli qissarish paytida o`zgaradi. Unda ko`p hollarda ikkita yoki
undan ko`proq yadrocha bo`ladi. Yadro yonida sust rizojlangan plastinkasnmon kompleks
joylashadi. Shu yerda hujayra markazi ham yotadi. Mushak hujayrasida endoplazmatik to`r sust
rivojlangan. Mitoxondriyalar kichik, shakli cho`ziq, oz miqdorda bo`lib,
sitoplazmada tarqoq
148
joylashadi. Ammo yadro yonida ularning soni ko`proq bo`lishi mumkin. Mitoxondriyalarning
kristallari ko`ndalang-targ`il mushaklardagiga nisbatan kam.
-
Miofibrillalar
mushak hujayrasining q i s q a r u v c h I a p p a r a t i n i tashkil etishi
sababli ular eng muhim ahamiyatga ega. Miofibrillalar skelet mushagiga xos bo`lgan
ko`ndalang-targ`illikka ega emas va oddiy mikroskopda bir jinsli ipchalar 'shaklida ko`rinadi.
Elsktron mikroskop bilan silliq mushak hujayralari o`rganilganda hujayraning butun uzunligi
bo`yicha yotuvchi uzluksiz miofibrillalar aniqlangan emas. Hujayra sitoplazmasida bo`ylama
joylashgan submikroskopik
protofibrillalar mavjud
bo`lib, ular tutamlar hosil qilmaydi.
Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi farqlanadi: a k t i n va m i o z i n . Miozin
protofibrillalar diametri 17 nm ga teng bo`lib, yo`g`on protofibrillalardir. Aktin mikrofilamentlar
nozik bo`lib qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak bo`shashgak holatda burchak
hosil qilib yoki hujayra bo`yi bo`yicha joylashgan bo`lib mushak qisqarganda o`z joylashishini
uzgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko`ndalang-targ`illik
kuzatilmaydi, chunki filamentlar
o`zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qilmaydi, plastinkalar ham topilmagan. Sil-
liq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktinin oqsillari topilgan.
Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin protofibrillaning o`rta
qismida
zich tanachalar uchraydi.
Zich tanachalar oddiy mikroskopda to`q dog` shakliga ega.
Zich tana-chalar ko`ndalang-targ`il mushak tolasining Z plastinkasida uchrovchi aktinin tutgani
uchun, bu tanachalarni Z plastinkaning analogi deb taxmin qilish mumkin, lekin ular betartib
joylashtan. Mushak qisqarish jarayonida xuddi ko`ndalang-targ`il
mushakdagi singari aktin va
miozinning o`zaro sirpanishi yuzaga keladi. Tortilish kuchi zich tanachalar orqali sarkolemmaga
(sitolemmaga) o`tadi, natijada, silliq mushak hujayra qisqaradi.
Silliq mushak hujayra sitoplazmasida kaltsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo`lib,
ular ko`ndalang-targ`il mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin sarkoplazmatik
retikulumning o`zi silliq mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik
membranasining botishidan hosil bo`lgan tuzilmalar tegib yetadi. Bu tuzilmalar ko`ndalang-
targ`il mushakning T-sistemasini eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kaltsiy ionining
sitoplazmaga chiqishida muhim o`rin tutadi.
Har bir mushak hujayra
yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana bilan qoplangan.
Mushak hujayralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida tirqishli tutashish -
neksuslar
uchrab
ular silliq mushak hujayralarining ma’lum guruhlari barobar qisqarishinn ta’minlaydi. Bazal
membranaga biriktiruvchi to`qima tolalari kirib to`r hosil qiladi. Mushak hujayralarining
truppalari yoki muayyan qavatlari biriktiruvchi to`qima qatlamlari bilan o`raladi. Ana shu
biriktiruvchi to`qima sarkolemma bilan birga silliq mushak to`qimasining tayanch apparatini
hosil qiladi.
Silliq mushak to`qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega, Qon tomirlar
to`qima ichida
kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak hujayralari tutamlari orasidagi birikti-
ruvchi to`qima qatlamlarida kapillyarlar to`rini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: