144
bo`ladi. U perixondral ko`payayotgan suyakdan shu bilan farq qiladiki, uning tarkibida
ohaklangan hujayralararo tog`ay; moddasining qoldiqlari saqlanib qolgan bo`ladi.
Ammo bu
suyak. uzoq turmaydi. Mezenxima (kam differensiallashgan) hujayralaridan takomil etgan
osteoklast hujayralari hosil bo`lgan suyakni yemira boshlaydi.
Enxondral suyak to`qimasining parchalanishi natijasida kalta bo`shliqlar va chuqurchalar
paydo bo`ladi va ular birlashib, suyak ko`migi uchun bo`shliq hosil qiladi. Qon tomirlar atrofida
parchalanayotgan dag`al tolali suyak o`rnida osteoblast hujayralar kontsentrik plastinkalar hosil
qila boshlaydi. Ular ma’lum tartibda joylashgan parallel kollagen tolalardan tuzilgan, ulardan
osteonlar hosil bo`ladi. Periost tarafdan seas tashqi umumiy plastinkalar taraqqiyoti davom etadi.
Shunday qilib, tog`ay o`rnida suyak hosil bo`lish jarayonida ma’lum bosqichlar ko`riladi.
Dastlab dag`al tolali suyak to`qimasidan iborat perixondral suyak manjetkasi hosil bo`ladi.
So`ngra tog`ay modelida bir qator o`zgarishlar (distrofiya, xondroliz) yuz: berib, tog`ay ichida
endoxondral suyaklanish ham sodir bo`ladi.. Nihoyat, dag`al tolali suyak to`qimasining
parchalanishi va uni nozik tolali kompakt plastinkasimon suyak to`qimasi
bilan almashinishi
sodir bo`ladi.
Suyakning epifiz va diafiz qismlari orasnda tog`aydan ibo rat metafizar yoki epifizar
plastinkasi joylashadi. Uning diafizga yaqin qismida tog`ay hujayralari shishgan, hujayralararo
modda esa ohaklangan bo`ladi. Chunki uning ostidagi hujayralar parchalanib,
u yerda
endoxondral suyaklanish davom etadi. Tog`ay to`qima bilan endoxondral suyak orasidagi
chegara qism
suyaklanish
yoki
ossifikatsiya chizig`i
deb ataladi. Epifizar plastinkaning qolgan
qismlarida tog`ay hujayralari bo`linishda va yangi hujayralararo modda hosil qilishda davom
etadi, natijada,. epifizar plastinka hujayralari
bir-birining ustida joylashib, tanga ustunchalarini
eslatuvchi to`qima hosil qiladi. Xuddi ana shu zona tog`ayining o`sishi hisobiga suyak uzunasiga
o`sadi. Epifizar plastinkaning uzunasiga o`sishi embrional taraqqiyot davridan boshlanib, 17-23
yoshgacha davom etadi, so`ngra esa suyakning o`sishi to`xtaydi.
Epifiz tog`ayining suyakka aylanishi diafizga nisbatan ancha kech sodir bo`ladi. Inson
tug`ilganda diafiz perixondral va endoxondral suyaklanish natijasida hosil bo`lgan dag`al tolali
suyakdan iborat bo`lsa, epifiz hali tog`ay ko`rinishga ega bo`ladi. Yangi tug`ilgan chaqaloq
naysimon suyagining epifizida suyaklanish nuqtasi hosil bo`lib, u yerdagi tog`ayda
xuddi
diafizdagi singari bir qator degenerativ o`zgarishlar sodir bo`ladi. So`ngra, diafizdagi singari,
epifiz ichiga qon tomirlar va mezenxima hujayralari o`sib kirib, u yerda endoxondral suyaklanish
ketadi. Keyinchalik endoxondral suyaklanishda hosil bo`lgan dag`al tolali to`qimasi o`rniga
plastinkasimon suyak rivojlanadi. Suyakning diafiz qismidan farqli ravishda epifizda
plastinkasimon suyakning g`ovak turi hosil bo`ladi. U suyak to`sinchalaridan iborat bo`lib,
osteonlar hosil qilmaydi. Epifiz suyaklanishi natijasida epifizar plastinka chegaralari aniq bo`lib
qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: