Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


SUYAK TO’QIMASINING TARAQQIYOTI, USISHI VA REGENERATSIYASI



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

SUYAK TO’QIMASINING TARAQQIYOTI, USISHI VA REGENERATSIYASI 
Suyak to`qimasining taraqqiyoti 
osteogistogenez 
deb atalib, u embrional va 
postembrional osteogistogenezlarga bo`linadi. Embrional (homila davridagi) osteogistogenez 
ikki usulda amalga oshadi: 
1) To`g`ridan-to`g`ri mezenximadan suyak hosil bo`lishi (to`g`ri yoki bevosita 
osteogistogenez). 
2) Mezenximadan hosil bo`lgan tog`ay modeli o`rnida suyak takomili (noto`g`ri yoki 
vositali osteogistogenez). 
Postembrional osteogistogenez homila tug`ilgandan keyingi davrni o`z ichiga olib, 
asosan, suyak o`sishi va regeneratsiyasi bilan bog`liq. 


142 
Suyak to`qimasining mezenximadan rivojlanishi
(bevosita osteogistogenez). Bu usul 
asosan yassi suyaklar, jumladan, kalla suyaklari uchun xosdir. Bo`lajak suyak o`rnida 
mezenxima hujayralari ko`paya boshlaydi va osteogen orolchalar hosil bo`ladi (88-rasm). 
88-rasm. Suyakning mezenximadan rivojlanishi. Gematoksi1in-eozin bilan bo`yalgan. 
0b. 20, ok. 10. 
1 - mezenxima hujayralari; 2 - qon tomirlar; 3 - suyak to`sinlari yoki orolchalari; 4 - os- 
teotsit: 5 - osteoblast. 
Hujayralar orasida kollagen tolalar hosil bo`ladi va bu tolalar hujayralarni bir-biridan 
uzoqlashtiradi. Bunday hujayralarni 
preosteoblastlar 
deb hisoblash mumkin. Ular kollagen 
tolalardan tashqari glikozaminoglikanlar ham hosil qiladi. Natijada, hujayra oraliq moddasi 
oksifil bo`ladi. Preosteoblastlar 
osteoblast 
hujayralariga aylanib, yana ko`poq hujayralararo 
modda ishlab chiqara boshlaydi. Bu davrni 
osteoid davr 
deb ham yuritiladi. Shu davrga kelib 
osteoblast hujayralari hujayralararo modda bilan o`ralib, ko`payish qobiliyatini yo`qotadi va 
osteotsit hujayralariga aylanadi. Ammo chekka joylashgan hujayralar yangi osteoblastlarga ayla-
nishini davom ettiradi. Hosil bo`lgan hujayralararo modda (osseomukoid) asosan 
glikozaminoglikanlardan va kollagendan tuzilgan. Mineral tuzlar bu yerda yo`q, chunki 
osseomukoid kaltsiy tuzlarining kollagen tolalariga o`tishiga yo`l qo`ymaydi. 
Taraqqiyotining keyingi bosqichida 
(mineralizatsiya yoki kaltsifikatsiya davrida) 
to`qimada ko`p miqdorda ishqoriy fosfataza fermenti to`planadi. U organik fosfatlarni, asosan, 
glitserofosfatni karbonsuv va fosfat kislotagacha parchalaydi va mineral tuzlarning cho`kishiga 
yo`l ochadi. Shu bilan birga hujayralararo moddada depolimerizatsiya, ya’ni osseomukoid 
moddasining parchalanishi va erib ketishi kuzatiladi. Shu vaqtdan boshlab hujayralararo 
moddaning organik qismi faqat kollagendan tashkil topadi. Fosfat kislota kaltsiy tuzlari bilan 
birikib kaltsiy fosfat tuzlarini hosil qiladi. Bu tuzlar dastavval amorf {Ca
3
(PO
4
)
2
] shaklida bo`lib, 
keyinchalik ular gidroksiapatit [Ca
10
(PO
4
)
6
(OH)
2
] kristallarini hosil qiladi. Dastlab hosil bo`lgan 
suyak to`qimasi noaniq tuzilishga ega bo`ladi va ko`p miqdorda dag`al kollagen tolalar va 
tartibsiz joylashgan gid-roksiapatit kristallaridan iborat bo`ladi. Shunday yo`l bilan dastlabki 
dag`al tolali suyak to`qimasi hosil bo`ladi. Bu asta-sekin plastinkasimon suyak to`qimasiga 
aylanadi. Mezenxima hujayralaridan hosil bo`lgan osteoklast hujayralari hujayralararo moddani 
yemiraboshlaydi va dag`al tolali suyak to`qimasiga qon tomirlar o`sib kiradi. Yangi suyak 
plastinkalari qon tomirlar atrofida hosil bo`la boshlaydi. Ossein tolalar tartibli joylashib, ular 
ustida yangi osteoblast hujayralari hosil bo`ladi va yangi suyak plastinkasi rivojlanadi. Shu yo`l 
bilan suyak osteonlari hosil bo`ladi. Tashqi general plastinkalar qavatn esa, suyak usti pardasi 
osteoblast hujayralari hisobiga hosi.ch bo`ladp. Natijada, suyak eniga o`sa boshlaydi. Suyak usti 
pardasi va endost atrofdagi biriktiruvchi to`qimadan shakllanadi. Keyinchalik embrional davrda 


143 
89- rasm. Suyakning tog`ay o`rnida rivojlanishi. Gematoksilin- eosin bilan bo`yalgan. 
Ob. 10, ok.10 
1 - pufakchasimon o’zgargan hujayralar zonasi; 2 - tangasimon ustunchalar zonasi: 3 -
suyaklanish zonasi. 
hosil bo`lgan suyak qaytadan tuziladi. Birlamchi osteonlar yemirilib, yangi osteonlar 
hosil bo`ladi. Eski osteonlar o`rniga yangilari hosil bo`lishi butun umr davom etadi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish