Silliq mushak to`qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi.
Silliq mushak to`qimasi
mezenximadan rivojlanadi. Hosil bo`layotgan mushak hujayralari dastlab o`simtalarga ega
bo`lib, uning yordamida o`zaro bog`lanadi va shu tufayli mezenxima tuzilishini eslatadi. Ularda
miofibrillalar paydo bo`lishi differensiallanish boshlanganligining belgisi bo`lib xizmat qiladi.
Keyinchalik silliq mushak hujayralari o`simtalarini yo`qotib, duksimon shaklni oladi va bir-
biriga zich yopishib yotadi. Ularda fibrillalarning soni ortib, hujayraning uzun yo`nalishi bo`y-
lab tartibli ravishda joylasha boradi.
Silliq mushak anchagina yaxshi ifodalangan regeneratsiya qobiliyatiga ega. Mushak
hujairalarining mitoz yo`li bilan bo`linish qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma’lumotlar bor.
Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va ko`payishini qon tomirlarning o`sishi va
tiklanishi jarayonlarida ko`rish mumkin. Tajribada yirik arteriya bog`lab qo`yilgan hollarda qon
aylanish kam joylardagi mayda tomirlarning kengayishi kuzatiladi. Bunda ularning devorida
yangidan hosil bo`lgan mushakning qalin qatlamlari paydo bo`ladi. Silliq mushak hujayra-
larining gipertrofiyasi va giperplaziyasi bachadonda homiladorlik davrida yuz beradi.
149
KUNDALANG-TARG’IL MUSHAK TO’QIMASI
Ko`ndalang- targ`il mushak to`qimasi skelet mushaklarini, ovqat hazm qilish traktining
ba’zi a’zolari (til, tanglay, qizilo`ngach bir qismi) mushaklarini, ko`z mushaklarini, mimik va
nafas olish mushaklarini hosil qiladi. Yurak mushagi ko`ndalang-targil mushak to`qimasining
maxsus turi bo`lib, u haqda quyida maxsus fikrlar bayoni bor.
Ko`ndalang-targ`il mushak tolalarining tuzilishi. Ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasi
tolalardan
iborat bo`lib, ularning uzunligi bir necha santimetrgacha (12,5 sm), diametri 100
mkm gacha yetishi mumkin. Shu sababli ko`ndalang-targ`il mushak tolalari
simplastik tuzilmalar
deb ataladi. Ular uzun silindrik tuzilmalar bo`lib, sirtdan yaxshi ifodalangan parda - sarkolemma
bilan qoplangan. Mushak tolalarining yadrolari oval shaklli, xromatini kam, pereferiyada,
sarkolemma ostida joylashadi (92-rasm,
a).
Mushak tolalari mitoxondriyalarga boy bo`lib, ular
miofibrillalar orasida tizilib yotadi. Shuni qayd qilish lozimki, mushakning harakat aktivligi
ancha yuqori bo`lsa (qisqarish tezligi qancha katta bo`lsa), mushak tolasida sarkosomalar
(mitoxondriyalar) shunchalik ko`p bo`ladi. Mushak tolalari sarkosomalarning kristallari kuchli
rivojlangan bo`lib, sarkosomalarning uzun o`qiga nisbatan perpendikulyar yo`nalgan. Donador-
endoplazmatik to`r sust rivojlangan, yadro atrofida joylashadi. Sust rivojlangan plastinkasimon
kompleks ham shu yerda yotadi.
Ko`ndalang-targ`il mushakda
sillik kanalchalar sistemasi
mavjud bo`lib, uning mushak
tolalarining maxsus strukturasi deb-hisoblash mumkin. Kanalchalar sistemasi tolaning uzun o`qi
bo`ylab miofibrillalar oralig`ida joylashdi va Z chiziq qarshisida yoki
A
va
I
disklar chegarasida
kengaymalar hosil qilib tugaydi. Bu sistema sarkoplazmatik retikulum (to`r) deb nomlanadi..
Bundan tashqari,
A
va
I
disklar chegarasida (sut emizuvchilarda) sarkolemmaning plazmatik
membranasi tola ichiga botib kirib
T
sistema naychalarini hosil qiladi. Bu naychalar tolaning
uzun o`qiga ko`ndalang yo`nalgan (tubulus transversalis).
T
sistema kanalchalari
A
va
I
disk
chegarasida atrofidagi simmetrik joylashgan sarkoplazmatik to`r naycha kengaymalari bilan
triadalar
hosil qiladi. Sarkoplazmatik to`r qisqarishining yuzaga chiqishida ishtirok etadi.
92-rasm. A-Skelet ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasi tuzilishi (sxema). 1 - mushak
to`qichasining bo`ylama kesimi; 2 - biriktiruvchi to`qima; 3 - yadro; 4 - A – disk; 5 - I - disk; 6 -
mushak to`qimasining ko`ndalang kesimi
B-ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasining ultramikroskopik tuzilishi (sxema).
1-sarkolemmaning bazal qismi; 2 - sarkolemmaning plazmatik membranasi; 3 - satellit
hujayralar; 4 - yadro; 5 - mitoxondriya; 6 - A disk hosil qiluvchi yo`g`on protofibrillalar;
7 - I disk hosil qiluvchi ingichka protofibrillalar; 8 - N zona; 9 - M liniya; 13 -. Z liniya;
11 -triada (uchlik). (M.M. Ismoilovdan).
Miofibrillalar
tolaning qisqarishini ta’minlovchi tuzilmalardir. Bu ipsimon
tuzilmalarning qalinligi 2 mikron keladi. Qo`ndalang-targ`il mushakning miofibrillalari silliq
150
mushakdan farq qilib, ko`ndalangiga taram-taram bo`lib bo`yaladi. Bu ularning nozik tuzilish
xususiyatlariga bog`liq. Miofibrillalarda
Do'stlaringiz bilan baham: |