159
perpendikulyar holatda turadi. Ular hujayra tanasining va dendritlar yuzasining 40% ini
egallaydi, Do`mboqchalarda boshqa hujayraning o`simtalari kelib tugaydi va neyronlararo
kontaktlar hosil qiladi.
Aksonlar butun uzunligi bo`yicha do`mboqchalar hosil qilmaydi, lekin oxiri konussimon
kengayib akson «tepaligi» bilan tugaydi. Akson tepaligi tigroid moddadan xoli bo`lib, shu tufay-
li uni dendritdan ajratish qiyin emas. Bu sohada elektron mikroskop ostida ko`pgina
neyrofilamentlarni va mikronaychalarni ko`rish mumkin.
Neyrotsitlar sitoplazmasida yuqori darajada sintetik jarayonlar sodir bo`lib, sintezlangan
moddalarning (asosan, oqsillarning) hujayra o`siqlariga transport qilinishi ham kuzatiladi. Bu
jarayon sekin (1 sutkada 1-3mm) yoki juda tez (soatiga 5-10 mm) kechishi mumkin. Shu bilan
birga teskari yoki retrograd transport ham mavjud. Bunda bir qator moddalar o`siqlardan
sitoplazmaga qaytadi. Moddalar transportida endoplazmatik to`r, pufakchalar, donachalar va
mikronaychalar ishtirok etadi.
Usimtalar soniga qarab: 1)
unipolyar
-bitta o`simtali; 2) bipolyar - ikki o`simtali; 3)
multipolyar
- uch va undan ortiq o`simtali nerv hujayralari farqlanadi (96- rasmga q.) Bundan
tashqari,
psevdounipolyar
nerv hujayralari ham mavjud. Haqiqiy unipolyar neyronlar odamda
uchramaydi. Faqatgina kam differensiallangan hujayra - neyroblast unipolyar bo`lib, noksimon
shaklga ega va undan bitta o`simta - neyrit chiqadi. Psevdounipolyar hujayralardan ham bir
o`simta chiqib, nerv hujayrasining tanasidan chiqqandan so`ng «T» shaklida ikkiga bo`linadi:
bulardan biri markaziy nerv sistemasiga impuls olib ketuvchi neyrit va ikkinchisi periferiya
tomon yo`nalib, u yerda sezuvchi nerv oxirini hosil qilib tugallanuvchi dendritdir (bu hujayralar
spinal gangliylarda joylashadi).
Bipolyar nerv hujayralaridan 2 o`simta chiqib, ulardan biri neyrit, ikkinchisi dendritdir.
Odam organizmida ular uncha tarqalmagan bo`lib, ko`zning to`r pardasida uchraydi.
Multipolyar nerv hujayralari - odam va hayvon organizmida eng keng tarqalgan nerv
hujayralari turlaridan bo`lib, ularda uch va undan ortiq o`simtalar bor. Bu o`simtalarning faqat
bittasi neyrit bo’lib, qolganlari dendritdir.
Bajaradigan vazifalariga qarab neyronlar
sezuvchi
(retseptor yoki afferent),
assotsiativ
va
harakatlantiruvchi
(effektor yoki efferent) neyronlarga bo`linadi. Birinchilari tashqi yoki ichki
muhit ta’sirida nerv impulslarini hosil qiladi. Effektor neyronlar qo`zg`alishni turli organlarning
to`qimalariga o`tkazib, ularni harakatga undaydi. Assotsiativ (oraliq) nerv hujayralari
neyronlarni o`zaro bog`lash vazifasini o`taydi.
Neyronlarning sitoplazmasi va o`simtalarida neyrofibrillalar bo`lib, ular ingichka iplar
shaklida aniqlanadi. Neyrofibrillyar apparat juda uyg`un bo`lib, hujayraning turli holatiga qarab
tez o`zgarishi mumkin. Elektron mikroskop ostida olingan dalillar neyrofibrillalarning diametri
6-10 nm keladigan neyroipchalar (neyrofilamentlar) tutamidan va diametri 25 nm bo`lgan
mikronaychalardan (neyrotubulalardan) iborat ekanligini ko`rsatadi. Bu tuzilmalar yadro atrofida
(perikarionda) to`r shaklida, dendrit va aksonda o`zaro parallel joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: