Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

 
Astrogliya.
Astrotsitar gliya markaziy nerv sistemasining (MNS) tayanch apparatini hosil 
qiladi. U mayda ko`p o`simtali kichik hujayralardan iborat bo`lib, nurli yulduz ko`rinishiga ega. 
Bunday tipdagi neyrogliya hujayralari astrotsitlar (yunon. astra - yulduz; cytos - hujayra) nomini 
oladi (96-rasmga q.). 
Usimtalarning tuzilishiga qarab 2 xil astrotsitlar farqlanadi: 1) protoplazmatik yoki qisqa 
o`simtali astrotsitlar (astrocyti protoplasmatici). 2) tolali yoki uzun o`simtali astrotsitlar (as-
trocyti fibrosi). 
Protoplazmatik astrotsitlar MNS asosini hosil qiladi va asosan kulrang moddada, ya’ni 
neyronlar sohasida joylashadi. Bu hujayralarning tanasi ko`p qirrali bo`lib, undan kalta ko`p 
tarmoqlanuvchi va «oyoqchalar» hosil qilib tugallanuvchi o`simtalar chiqadi. Hujayra kattaligi 
15-20 mkm bo`lib, yadrosi nisbatan katta, xromatini kamdir. Sitoplazmasida ko`p miqdorda 
glikogen, mitoxondriyalar hamda sust rivojlangan donador endoplazmatik to`r topilgan. 
Tolali astrotsitlar asosan MNS oq moddasida, ya’ni nerv tolalari sohasida joylashgan. 
Ularning hujayra tanasi nisbatan kichik bo`lib, shakli cho`zinchoqdir. Kattaligi 10-20 mkm 
bo`lib, sitoplazmaning ko`p qismini yadro egallagan. Hujayra tanasidan 20-40 tagacha ingichka 
kam shoxlanuvchi o`simtalar chiqib, glial tolalarga aylanadi va miyaning tayanch apparatini 
tashkil qiladi. Astrotsitlarning o`simtalari ko`pincha mayda qon tomirlar devorlarida 
tugmachasimon kengaymalar (perivaskulyar oyoqchalar) hosil qilib tugallanadi. 
Ependimogliya.
U asosan ependimotsit (ependymocyti) hujayralaridan tashkil topgan. 
Etuk ependimotsitlar epiteliy kabi silindrsimon shaklda bo`lib, orqa miya kanalini va bosh miya 
qorinchalarining devori-ni qoplab turadi (96-rasmga q.). Bosh miya qorinchalarining qon 
tomirlari chigallarini qoplovchi ependimotsitlar kubsimon shaklga ega. 
Ependimotsitlar sitoplazmasida mitoxondriyalar, yog`lar, pigmentlar va boshqa 
tuzilmalarni uchratish mumkin. Ependimotsitlar chegaralovchi, tayanch vazifalarni bajaradi 
hamda serebrospinal suyuqlikni hosil qilishda ishtirok etadi. Ayrim hujayralar esa sekretor 
funktsiyani o`taydi. Ependimotsitlarning nerv nayining ichiga qaragan yuzasida embrional 
davrda kiprikchalar bo`ladi, ular postembrional davrda yo`q bo`lib ketadi va MNS ning faqatgina 
ayrim qismlaridagina saqlanib qolishi mumkin. Bu hujayralarning bazal qismidan esa birgina 
uzun o`simta chiqadi. Bu o`simta tarmoqlangan va tarmoqlanmagan bo`lishi mumkin. 
Tarmoqlangan o`simtalar miyaning oq va kulrang moddasida joylashgan neyronlar va boshqa 
gliya hujayralari o`simtalariga tegib yotadi. Gliotsitlarning o`simtalari ko`pincha shoxsimon tar-
moqlangan bo`lib, ular nerv nayining hamma qavatlaridan o`tib, tashqi chegaralovchi 
membranani (membrana limitans gliae superficialis) hosil qilishda ishtirok etadi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish