Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


SINAPSLAR, NERV OXIRLAҒI (SYNAPSIS, TERMINATIONS NERVOSUM)



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

SINAPSLAR, NERV OXIRLAҒI (SYNAPSIS, TERMINATIONS NERVOSUM) 
Nerv hujayrasi o`simtalarining boshqa neyronlar yoki nerv bo`lmagan tuzilmalar bilan 
hosil qilgan maxsus birikmalariga 
sinapslar 
(yunon. synapsis - birikish, qo`shilish) deb ataladi. 
Ikki nerv hujayralarining o`zaro birikishi organizmdagi sinapslarning asosiy qismini tashkil qilib, 
ularni 
neyronlararo sinapslar 
( synapsis interneuronales ) deb ataladi. Agar nerv hujayrasi 
o`simtalari nerv bo`lmagan tuzilmalarda- (retseptor hujayralarda, mushak tolalarida, bezlarda va 
boshqa bir qator to`qimalarda) tugasa, bu sinapslar 
neyroeffektor 
(effector) va 
neyroretseptor 
(receptor) 
sinapslar 
yoki 
nerv oxirlari 
deb yurtiladi. 
NEYRONLARARO SINAPSLAR 
Ikki nerv hujayrasi orasida sinapslarning quyidagi turlari farqlanadi:
1. Aksosomatik sinapslar (birinchi neyronning aksoni ikinchisining tanasida tugallanadi). 
2. Aksodendritik sinapslar (birinchi neyronning aksoni ik-kinchi neyron dendritlari bilan 
sinapslar hosil qiladi (101-rasm). 
3. Aksoaksonal sinapslar (birinchi neyronning aksoni ikkinchi neyron aksonida 
tugallanadi). 
Hozirgi vaqtda ikki neyron tanasi o`rtasida va dendrodendritik sinapslar ham mavjudligi 
mualliflar tomonidan qayd etilgan. 
Sinaps sohasida birinchi neyronning aksoni nozik tolalarga tarmoqlanib tugmachasimon 
kengaymalar hosil qiladi va ikkinchi neyronning dendritlarida yoki tanasida tugaydi. Sinapslar 
qo`zg`alishni retseptor neyrondan effektor yoki assotsiativ neyronga, faqat bir tomonga o`tkazish 
qobiliyatiga ega. Bir nerv hujayrada bir necha nerv hujayralarining o`simtalari tugashi mumkin. 
Orqa miyaning oldingi shoxlaridagi harakatlantiruvchi nerv hujayrasida taxminan 10 000 nerv 
tarmoqlari tugaydi. 


166 
Ayrim nozik tuzilishlarni hisobga olmaganda hamma sinapslar bir xil tuzilishga ega. 
Sinaps sohasida aksonning oxirgi tarmoqlari kengaymalar hosil qiladi (presinaptik qism, pars 
presynaptica). Presinaptik qismda ko`p miqdorda mitoxondriyalar hamda diametri 40-100 nm 
keladigan sinaptik pufakchalar joylashadi. 
101- rasm. Nerv hujayrasining ultramikroskopik tuzilishi (sxema).
1

aksodendritik sinaps; 2 - aksosomatik sinaps; 3 - presinaptik pufakchalar; 4 – sinaps bo`shligi: 
5- presinaptik membrana; 6 - postsinaptik membrana; 7 - endoplazmatik to`r; 8 
-
mitoxondriya;
9 - Golji kompleksi; 10 - neyrofibrillalar; 11 - yadro; 12 - yadrocha; 13 - neyrit (akson). 
(V.G. Yeliseev va boshqalardan, 1970). 
Xolinergik sinapslarda pufakchalar kichikroq (30-50 nm) bo`lib, monoaminoergik sinapslarda 
yirikroq (50-90 nm) bo`ladi. Bu qism tutashuvchi yuzasi 
presinaptik 
membrana deb nomlanadi. 
Presinaptik qism bilan ikkinchi neyronning tanasi yoki dendriti bir-biriga zich tegib turmasdan, 
ular oralig`ida kengligi taxminan 20 nm bo`lgan sinaps bo`shlig`i (yorig`i) joylashgan. Ikkinchi 
neyronning postsinaptik qismi (pars postsynaptica ) postsinaptik membrana bilan qoplangan. 
Shunday qilib, presinaptik va postsinaptik membranalar birinchi va ikkinchi neyronlar 
aksolemmasidir. 
Sinaptik pufakchalarda mediatorlar bo`ladi, ular yordamida nerv qo`zg`alishi bir hujayradan 
ikkinchisiga uzatiladi. Mediator nerv hujayrada hosil bo`lgani uchun neyronlarni 
sekretor 
hujayralar 
deb ham aytish mumkin. Har bir neyron ma’lum tuda mediatorlar ishlash qobiliyatiga 
ega. 
Mediatorlarning turiga qarab quyidagi neyronlar farq qilinadi: 
1. Xolinergik (atsetilxolin ajratuvchi) neyronlar. 
2. Monoaminergik (dofamin, noradrenalin, adrenalin, serotonin, norepineftin, ya’ni 
katexolaminlar ajratuvchi) neyronlar. 


167 
3. Peptidergik (peptidlar ajratuvchi) neyronlar. 
4. Mediator sifatida aminokislotalarni (glyutamat, glitsin, gamma-amin - yog` kislota) 
saqlovchi neyronlar. 
5. Purinergik (mediator sifatida ATF va uning mahsulotlarini saqlovchi) neyronlar. 
Atsetilxolin parasimpatik, noradrenalin esa simpatik nerv oxirlarida hosil bo`lsa, serotonin faqat 
miya o`zagi sohasida, peptidlar gipotalamo-gipofizar neyrosekretor sohada hosil bo`ladi. 
Dofamin, glitsin va gamma-amin-yog` kislotasi tormozlovchi mediatorlar hisoblanadi. 
Nerv hujayrasi bo`yicha tarqalayotgan nerv impulsi presinaptik qismga yetgach sinaptik 
pufakchalarda saqlanayotgan mediator presinaptik membrana orqali sinaps bo`shlig`iga chiqadi. 
Bu yoriq. tor bo`lganligi sababli (20 nm) mediator qisqa vaqt ichida postsinaptik membranaga 
yetadi va uning natriy va kaliy ionlariga bo`lgan o`tkazuvchanligini oshirib yuboradi. Natijada, 
depolyarizatsiya yuzaga keladi. Depolyarizatsiya ma’lum darajada (kiritik nuqtaga) yetganidan 
so`ng, ikkinchi neyronda ham nerv impulsi hosil bo`lib, u nerv hujayra bo`yicha tarqala 
boshlaydi. Sinaps sohasida mediatorlarni parchalovchi fermentlar joylashganlign tufayli 
mediatorlar juda qisqa vaqt ichida qo`zg`alishni yuzaga keltirish qobiliyatiga ega bo`ladi. 
Ko`rib o`tilgan sinapslar ximiyaviy sinapslarga misol bo`lib, ularda bo`ladigan ximiyaviy 
jarayonlar nerv impulsi ta’sirida sinaptik pufakchalardagi mediatorni sinaptik yoriqqa chiqishi 
va shu moddani postsinaptik membranaga ta’sir qilib, unda qo`zg`atuvchi potensialni yuzaga 
keltirishdan iborat. 
Ximiyaviy sinapslardan tashqari elektrik sinapslar ham mavjud bo`lib, ular baliqlarning 
elektr organida va dengiz qisqichbaqasida topilgan. by sinapslarda qo`zg`alish ximiyaviy yo`l 
bilan emas, balki elektrik usulda faqat bir tomonga uzatiladi. 
NERV OXIRLARI 
Nerv oxirlari sezuvchi (retseptor) va harakatlantiruvchi (effektor) nerv oxirlariga 
bo`liiadi. Retseptor nerv oxirlari butkul reflekslarning boshlanish qismi bo`lsa, effektorlar 
qo`zg`alishni ishchi a’zolarga yetkazadi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish