Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Retseptorlar.
Ular ta’sirlanuvchi maxsus (neyroepitelial, neyroglial) hujayralardan va 
sezuvchi nerv hujayrasining den-drit o`simtalaridan iborat. Ta’sirlanuvchi hujayra presinaptik 
qism, nerv hujayraning dendrit o`simtasi esa postsinaptik qism sifatida sinapslar hosil qiladi. 
Retseptorlar ikki yirik gruppaga: interoretseptorlarg (ichki a’zolarda va muvozanat 
organlarida joylashgan) va ekstroretseptorlarga (tashqi muhitdan ta’sirni qabul qiluvchi) 
bo`linadi. Qabul qilib oladigan ta’sirotning xossasiga ko`ra mexanoretseptorlar, baroretseptorlar, 
xemo r y e t s e p t o r l a r va termoretseptor l a r farqlanadi. 
Retseptorlar sezuvchi nerv oxirlarining tuzilish xususiyatlariga qarab faqatgina o`q 
silindrning oxirgi tolalaridan iborat bo`lgan erkin nerv oxirlariga (terminatio nervi libera) hamda 
o`q silindr tarmoqlaridan tashqari gliya hujayralari saqlovchi erkin bo`lmagan turlarga bo`linadi. 
Erkin bo`lmagan nerv oxirlari biriktiruvchi to`qimali kapsulali (corpusculum nervi capsulatum) 
va (kapsulasiz nerv oxirlariga bo`linadi (corpusculum nervi noncapsulatum). 
Erkin nerv oxirlari epiteliy to`qimasida joylashgan bo`lib, ularning tuzilishi oddiy. 
Epiteliy osti qavatidagi sezuvchi nervlardan tarmoqlar chiqib, epiteliy sirti tomon ko`tariladi va 
o`zining miyelin qavatini yo`qotib, epiteliy hujayralari orasiga o`tadi. Ulardan yon shoxlar chiqib 
epiteliy hujayralarlda tugallanadi. Bunday nerv oxirlari og`riqni qabul qiladi. 
Ko`p qavatli epiteliy to`qimasida yuqorida ko`rib chiqilgan nerv oxirlariga qaraganda 
murakkabroq tuzilgan nerv oxirlari ham bor. Ular sezish menisklari (meniscus tactus )yoki 
Merkel hujayralaridan ( epitheli oidocytus tactus) va nerv oxirlaridan tashkil topgan. Merkel 
hujayralari sezuvchi nerv oxkrlarining presinaptik qismini hosil qilib, u atrof hujayralarda och 
bo`yalgan sitoplazmasi va to`q bo`yalgan cho`zinchoq yadrosi bilan ajralib turadi. Elektron 
mikroskop ostida bu hujayralar sitoplazmasida maxsus donachalar topilgan. Postsinaptik qism 
bo`lgan nerv tolasi tarmoqlari Merkel hujayrasi atrofida nafis to`r hosil qilib joylashadi. Bu 
hujayralar taktil sezgini qabul qiladi. Merkel hujayralari eshituv, muvozanat, ta’m bilish va 
boshqa a’zolardagi hujayralar singari ektodermadan rivojlanib, ta’surotni sezuvchi neyronlarning 


168 
dendritiga uzatgani uchun ularni sensoepitelial yoki neyroepitelial (ikkilamchi sezuvchi) 
hujayralar deyiladi. Agar ta’sirotni sezuvchi nerv hujayraning dendrit o`simtasi bevosita qabul 
qilsa (bu hujayralar nerv plastinkasidan rivojlanadp), bunday hujayralar birlamchi - sezuvchi 
yoki neyrosensor hujayralar hisoblanadi. Ko`zning to`r pardasidagi tayoqcha va kolbachalar 
hosil qiluvchi fotoretseptor hujayralar neyrosensor' hujayralar timsolidir. 
Elektron mikroskop neyroepitelial hujayralarning apikal qismida kiprikchalar yoki 
mikrovorsinkalar borligini ko`rsatdi. Neyroepitelial hujayralar nafas yo`llarida, o`pka alveolala-
rida, jigar, o`t chiqaruv yo`llarida, o`t xaltasida, me’da osti bezida, me’dada aniqlangan. Bizda 
olingan dalillar neyroepitelial hujayralar ingichka ichak epiteliysida ham uchrashini ko`rsatdi. Bu 
hujayralar noksimon shaklga ega bo`lib, jiyakli enterotsit hujayralari orasida joylashadi. 
Ularning ustki yuzasida kam miqdorda uzunligi 0,8-1,0 mkm, eni esa 0,2-0,3 mkm ga teng 
mikrovorsinkalar joylashgan. 
Biriktiruvchi to`qimadagi retseptorlar turlicha bo`lib, ular butasimon tarmoqlangan o`q 
silindrdan va uni o`rab turuvchi o`ziga xos glial hujayralardan - neyrolemmotsitlardan iborat, 
Kapsulaga o`ralgan nerv oxirlari ham turlicha shaklga ega bo`lib, bu retseptorlarga Fater-Pachini 
plastinkasimon (corpusculum lamellosum) tanachasi, Meysner sezish (corpusculum tactus ) tana- 
chalari, genital tanachalar va boshqalar kiradi. Hamma kapsulali nerv oxirlari quyidagi 3 
tuzilmadan: 1) sezuvchi nerv hujayrasi dendritining o`q silindridan; 2) o`q silindr atrofidagi ney-
rolemmotsitlardan; 3) eng tashqi qism - biriktiruvchi to`qimali kapsuladan iborat. 
F a t e r-P a c h i n i tanachalari - yirik, oval shakldagi tuzilmalar bo`lib, ularning 
kattaligi 3 mm gacha bo`ladi va shuning uchun uni oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin. Unda 
kapsula yoki tash-qi kolba bo`lib, bir-biriga kontsentrik joylashgan fibroblastlar va kollagen 
tolalardan tashkil topgan plastinkalardan iborat (102-rasm). Tanachaning markazida o`z 
pardasini yo`qotgan o`q silindr, uning atrofida neyrolemmotsitlar kolba (bulbus interims) hosil 
qilib joylashadi. Fater-Pachini tanachalari bosim va og`riqni qabul qiladi. 
M e y s n e r t a n a c h a l a r i - cho`zinchoq shaklga ega bo`lib, elastik tolaga boy yupqa 
biriktiruvchi to`qimali kapsula bilan o`ralgan. Kapsula ichiga o`q silindr kirib, juda mayda 
shoxlarga tarmoqlanadi va ular har bir neyrolemmotsit ostida kengayib tugallanadi. Meysner 
tanachalari terining so`rg`ichli yuzasiga berilgan bosimni qabul qiladi (103-rasm). G e n i t a l
tanachalar dumaloq shaklda bo`lib, tashqi tomondan yupqa biriktiruvchi to`qima kapsula bilan 
o`ralgan, uning ichida neirolemmotsitlar bor. Kapsula ichiga bir emas, bir necha o`q silindrlar 
kiradi va ularnimg shoxlari bu yerda joylashgan glial hujayralar bilan kontaktlar hosil qiladi. 
Genital tanachalar jinsiy va boshqa organlarning biriktiruvchi to`qimalarida joylashgan,. Krauze 
kolbalari kichik bo`lib uning ichiga birgina o`q silindr kiradi va mayda shoxlarga ajraladi. Bu 
shoxchalar glial kolba va tashqi biriktiruvchi to`qimali kapsula bilan o`ralgan. Krauze kolbalari 
butun tana bo`ylab tarqalgan bo`lib, temperatura sezgisini qabul qiladi. 
Skelet mushaklarining retseptorlari murakkab tuzilgan. Oddiy holatlarda miyelinli nerv 
tolasi mushakka yaqinlashib miyelin qavatini yo`qotadi va bir necha shoxlarga parchalanadi. 
Ular alohida mushak tolalarining sarkolemmasi sirtida korzinka hosil qilib tugallanadi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish