Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


IX BOB .   MUSHAK TO`QIMASI (TEXTUS MUSCULARIS)



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

IX BOB

 MUSHAK TO`QIMASI (TEXTUS MUSCULARIS) 
Mushak to`qimasi odam va hayvon organizmining harakatga kelishini ta’minlaydi. 
Mushaklarning tuzilishi ularning bajarayotgan funktsiyasiga moslashgan, ya’ni ularning shakli 
cho`ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga tutashgandir. 
Tuzilishi va bajarayotgan funktsiyasiga ko`ra silliq, ko`ndalang-targ`il 
(skelet), 
yurak 
mushagi va ba’zi a’zodarda uchrovchi maxsus mushak to`qimasi farq qilinadi. Maxsus mushak 
to`qimasi kelib chiqishi, tuzilishi va vazifasiga ko`ra turlichadir. Ko`ndalang-targ`il yurak 
mushagi hamda maxsus mushak to`qima - mioepitelial hujayralar (ter, sut va so`lak bezlarida 
uchrovchi hujayralar), ko`zning siliar va qorachig` mushaklari xususiy gistologiyaning tegishli 
boblarida keltirilgan. 
SILLIQ MUSHAK TO’QIMASI 
Silliq mushak to`qimasi 
hujayra 
tuzilishiga ega. Silliq mushak ko`pgina ichki organlar - 
me’da-ichak yo`li, tanosil organlari, tomirlar devorining shakllanishida qatnashadi. Silliq 
mushak tuzilishi hamda funktsiyasi bo`yicha ko`ndalang-targ`il mushakdan qancha farq qiladi. 
Silliq mushaklar vegetativ nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi va shu sababli kishi 
ixtnyoriga bo`ysunmaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, silliq mushak to`qimasi hujayra 
tuzilishiga ega bo`lib, cho`ziq, duksimon va tarmoqlangan bo`ladi. Hujayraning o`lchamlari 
turlicha bo`ladi, ya’ni uzunligi 50-250 mkm, yadro sathining maksimal diametri 5-20 mkm. 
To`qimada bir-biriga yondoshib yotgan hujayralar qatlamlar hosil qiladi (90-rasm). 
90-rasm. Silliq mushak to`qimasining tuzilishi (sxema). 
A - ichak devorining silliq mushak qavati, B - alohida ajratilgan silliq mushak hujayralari 
(oddiy mikroskop ostida ko`rinishi).1 - mushak qavatining bo`ylama kesimi; 2 - mushak 
qavatining ko`ndalang kesimi; 3 -silliq mushak hujayra; 4 - hujayra yadrosi; 5 - mushak 
hujayralari orasidagi biriktiruvchi to`qima; 6 - qon tomir. 
V, G -silliq mushak hujayrasining bo`shashgan (V) va qisqargan (G) holati (elektron 
mikroskopda ko`rinishi). (A.Xem, D.Kormakdan, 1982). 1 - sarkolemma (plazmolemma); 2 - 
yadro; 3 - yadro teshiklari; 4 - Golji kompleksi; 5 - miofibrillalar; 6 - zich tanacha; 7 -ribosoma 
va polisomalar; 8 - mikropinotsitoz pufakchalar; 9 - mitoxondriyalar. 


147 
Ular bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga boshqa 
hujayraning o`tkir uch qismi yopishadi. Silliq mushak hujayralari sirtdan 
sarkolemma 
bilan 
qoplangan, unda qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng plazmatik membrana va tashqi bazal 
membrana farq qilinadi. 
Yonma-yon yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba’zi joylarda juda 
yaqinlashib tutashish nuqtalarini hosil qiladi. Membranalarning bunday yaqinlashish joylari silliq 
mushak hujayralarining biridan ikkinchisiga qo`zg`alish o`tishiga xizmat qiladi, degan taxminlar 
bor. Hujayra sitoplazmasida yadro, umumiy organellalar va miofibrillalar joylashadi. 
91-rasm. Silliq mushak. Me’da devori shilliq qavatining mushak plastinkasidan olingan 
silliq mushak hujayrasi. Elektron mikrofotogramma. X.85OO. 
1- yadro; 2 - sitoplazma; 3 - hujayra atrofidagi kollagen tolalar. 
Yadro va organellalar hujayraning t r o f i k a p p a r a t i n i tashkil etadi. Silliq mushak 
hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib, cho`ziq oval yoki tayoqchasimon shaklga ega 
(90, 91-rasmlar). Yadroning shakli qissarish paytida o`zgaradi. Unda ko`p hollarda ikkita yoki 
undan ko`proq yadrocha bo`ladi. Yadro yonida sust rizojlangan plastinkasnmon kompleks 
joylashadi. Shu yerda hujayra markazi ham yotadi. Mushak hujayrasida endoplazmatik to`r sust 
rivojlangan. Mitoxondriyalar kichik, shakli cho`ziq, oz miqdorda bo`lib, sitoplazmada tarqoq 


148 
joylashadi. Ammo yadro yonida ularning soni ko`proq bo`lishi mumkin. Mitoxondriyalarning 
kristallari ko`ndalang-targ`il mushaklardagiga nisbatan kam. 

Miofibrillalar 
mushak hujayrasining q i s q a r u v c h I a p p a r a t i n i tashkil etishi 
sababli ular eng muhim ahamiyatga ega. Miofibrillalar skelet mushagiga xos bo`lgan 
ko`ndalang-targ`illikka ega emas va oddiy mikroskopda bir jinsli ipchalar 'shaklida ko`rinadi. 
Elsktron mikroskop bilan silliq mushak hujayralari o`rganilganda hujayraning butun uzunligi 
bo`yicha yotuvchi uzluksiz miofibrillalar aniqlangan emas. Hujayra sitoplazmasida bo`ylama 
joylashgan submikroskopik 
protofibrillalar mavjud 
bo`lib, ular tutamlar hosil qilmaydi. 
Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi farqlanadi: a k t i n va m i o z i n . Miozin 
protofibrillalar diametri 17 nm ga teng bo`lib, yo`g`on protofibrillalardir. Aktin mikrofilamentlar 
nozik bo`lib qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak bo`shashgak holatda burchak 
hosil qilib yoki hujayra bo`yi bo`yicha joylashgan bo`lib mushak qisqarganda o`z joylashishini 
uzgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko`ndalang-targ`illik kuzatilmaydi, chunki filamentlar 
o`zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qilmaydi, plastinkalar ham topilmagan. Sil-
liq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktinin oqsillari topilgan. 
Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin protofibrillaning o`rta 
qismida 
zich tanachalar uchraydi. 
Zich tanachalar oddiy mikroskopda to`q dog` shakliga ega. 
Zich tana-chalar ko`ndalang-targ`il mushak tolasining Z plastinkasida uchrovchi aktinin tutgani 
uchun, bu tanachalarni Z plastinkaning analogi deb taxmin qilish mumkin, lekin ular betartib 
joylashtan. Mushak qisqarish jarayonida xuddi ko`ndalang-targ`il mushakdagi singari aktin va 
miozinning o`zaro sirpanishi yuzaga keladi. Tortilish kuchi zich tanachalar orqali sarkolemmaga 
(sitolemmaga) o`tadi, natijada, silliq mushak hujayra qisqaradi. 
Silliq mushak hujayra sitoplazmasida kaltsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo`lib, 
ular ko`ndalang-targ`il mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin sarkoplazmatik 
retikulumning o`zi silliq mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik 
membranasining botishidan hosil bo`lgan tuzilmalar tegib yetadi. Bu tuzilmalar ko`ndalang-
targ`il mushakning T-sistemasini eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kaltsiy ionining 
sitoplazmaga chiqishida muhim o`rin tutadi. 
Har bir mushak hujayra yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana bilan qoplangan. 
Mushak hujayralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida tirqishli tutashish - 
neksuslar 
uchrab 
ular silliq mushak hujayralarining ma’lum guruhlari barobar qisqarishinn ta’minlaydi. Bazal 
membranaga biriktiruvchi to`qima tolalari kirib to`r hosil qiladi. Mushak hujayralarining 
truppalari yoki muayyan qavatlari biriktiruvchi to`qima qatlamlari bilan o`raladi. Ana shu 
biriktiruvchi to`qima sarkolemma bilan birga silliq mushak to`qimasining tayanch apparatini 
hosil qiladi. 
Silliq mushak to`qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega, Qon tomirlar 
to`qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak hujayralari tutamlari orasidagi birikti-
ruvchi to`qima qatlamlarida kapillyarlar to`rini hosil qiladi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish