Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Suyak to`qimasining regeneratsiyasi



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Suyak to`qimasining regeneratsiyasi.
Suyak to`qimasining regeneratsiyasi suyak usti 
pardasi hisobiga bo`ladi. Agar suyak butunligi buzilsa, suyak singan yerga qo`shni qismlarning 
suyak usti pardasi hujayralari intiladi. Natijada, ikki tomonning suyak usti pardasi birlashadi. 
Suyak usti pardasida juda ko`p qon tomirlar va osteoblastlar paydo bo`ladi. Shu yerda nozik 
suyak plastinkalari hosil bo`la boshlaydi. 10-12 kundan so`ng suyak plastinkasi suyak-ning 
singan qismini mufta shaklida o`rab oladi va buni 
suyak qadog`i 
deyiladi. Dastlab suyak qadog`i 
osteon tuzilishga ega bo`lmaydi, lekin keyinchalik uning o`rta qismi shunday tuzilishga ega 
bo`lishi mumkin. Suyak to`qimasining regeneratsiyasi organizmda yetarli miqdorda kaltsiy, 
fosfor tuzlari va turli mikroelementlar bo`lishini talab qiladi. Uzida turli xil mikroelementlar 
kompleksini saqlovchi bkologik aktiv birikmalar (masalan, mumiyo) suyak jarohati bitishini 
tezlashtiradi. 
Ba’zi patologik holatlarda suyak to`qimasi sog` organizmlarda uchramaydigan yerlarda 
ham (buyrak, o`pka, qalqonsimon bez, ko`z pardalari, qon tomir devorlarida) hosil bo`lishi 
mumkin. Bunday suyaklanish holati ektopik yoki skeletdan tashqarida suyaklanish deyiladi. 


145 
SUYAK O’SISHIGA TA’SIR KURSATUVCHI OMILLAR 
Suyakning normal o`sishi va rivojlanishi tashqi va ichki omil-larga bog`liq. Shunday 
omillardan biri ovqat rejimidir. Kaltsiy va fosfornnng qonda yetishmasligi suyak to`qimasining 
qattiqligi va plastikligining o`zgarishlariga olib keladi. Suyak to`qi-masining va suyaklarning 
tuzilishi va o`sishiga vitaminlar (C, D, A), endokrin bezlar ishlab chiqargan gormonlar katta 
ta’sir ko`rsatadp. Vitamin D yetishmasligi (raxit kasalligi) suyakda kaltsiy tuzlarn kamayishiga 
va suyak to`qimasining yum-shoqlanishiga olib keladi. Vitamin C yetishmasa suyaklarning 
o`sishi sustlashadi va to`xtaydi. Endokrin bezlardan qalqonsimon old bezi gormoni (paratirin) 
suyaklarning o`sishi va tuzilishiga kuchli ta’sir ko`rsatadi. Bu gormon ko`payganda suyaklardan 
kal-tsiy yuvilib ketib, ularning plastikligi buziladi (fibroz ostit kasalligi). Qalqonsimon bez 
gormoni tireokaltsitonin esa paratiringa qarama-qarshi ta’sir ko`rsatadi. Shuningdek, suyak to`-
qimasining tuzilishi, o`sishi gipofiz, epifiz va jinsiy bezlar garmonlarining ta’siriga ham bog`liq. 
Suyak to`qimasida butun umr davomida yemirilish va qayta ho-sil bo`lish jarayonlari 
sodir bo`lib turadi. Eskirgan osteonlar osteoklastlar tomonidan yemiriladi va so`riladi (resorptia - 
so`rilish). Ular o`rniga osteoblast hujayralari yordamida yangi osteonlar hosil bo`ladi. Suyak 
to`qimasining qayta qurilib turishiga ko`p omillar, jumladan, to`qimaga ko`rsatiladigan jismoniy 
bosimning o`zgarishi, to`qimaning ma’lum bir qismlarida manfiy va musbat zaryadlangan 
zonalarning bo`lishi (pyezoelektrik effekt) va boshqalar ta’sir ko`rsatadi. 
SUYAKLARNING O’ZARO BIRLASHUVI 
Suyaklararo bog`lanish 
harakatsiz 
(sindesmozlar, simfizlar, sinxondrozlar va sinostozlar) 
va 
erkin 
harakatli bo`g`imlar shaklida bo`lishi mumkin. 
Sindesmozlar - suyaklarning o`zaro zich tolali biriktiruvchi to`qima orqali birlashuvidir. 
Bunda pishiq kollagen tolalar qo`shni suyaklar to`qimasiga teshib kiradi va u bilan tutashib 
ketadi. Sindesmozlarga kalla suyaklarining bog`lanishi misol bo`ladi. 
Si n x on d r o z l a r - suyakning tog`ay to`qimasi yordamida birlashuvidir. Bunda asosan 
tolali tog`ay ishtirok etadi (umurtqalararo disklar). Har bir disk tashqi tolali fibroz halqa va 
yumshoqroq bo`lgan pulpoz markazdan iborat. Pulpoz markaz yosh bolalarda asosan gomogen 
moddadan iborat. 7-8 yoshda unda kollagen tolalar va tog`ay hujayralar paydo bo`ladi. Tolalar 
miqdori bola ulg`aygan sari oshib boradi va 20-23 yoshga kelib pulpoz markaz tolali tog`ay 
tusini oladi. Simfizlar - suyaklarning tog`ay va biriktiruvchi to`qima orqali birlashuvi, qov 
suyaklarining birlashuvi bunga misol bo`la oladi. Bunda, ikki qov suyagi o`zaro mustahkam zich 
tolali biriktiruvchi to`qima yordamida birlashadi. Tog`ay to`qimasi esa faqatgina ikkala qov 
suyagining yuzasida joylashadi. Chanoq suyaklaridagi bu simfiz birlashuv ayol ko`zi yorish 
vaqtida cho`zilib, homilaning tug`ilishiga imkon yaratib beradi. 
Sinostozlar - ikki suyakning bir-biri bilan o`ta mustahkam birlashuvi bo`lib, bunga 
chanoq suyaklarining tutashuvi misoldir. 
Ajralgan (erkin harakatli) birlashuvlar yoki bo`g`imlarda suyaklarning bir-biriga tegib 
turuvchi yuzalari tog`ay bilan qoplangan. Ular orasida ba’zan oraliq tog`ay meniski bo`lishi 
mumkin. Bo`g`imlar kapsula bilan o`ralgan. Bo`g`imlar orasida sinovial suyuqliq bo`lib, u 
harakatning erkin kechishini ta’min.laydi. 
Suyaklar yuzasini qoplovchi tog`ay 
bo`g`im tog`ayi 
deb ataladi. Bo`g`im tog`ayida 
mayda, yassilashgan xondrotsitlar joylashadi. Ularning ostida tipik xondrotsitlar izogen 
gruppalar hosil qiladi. T o g` a y t o` q i m a c i n i n g suyak bilan chegarasida ohaklangan 
tog`ayni va kngi hosil bo`layotgan suyak to`qimasini ko`rish mumkin. 
Bo`g`im kapsulasi tashqi fibroz qavat va ichki sinovial pardadan iborat. Tashqi qavat zich 
tolali biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan. Ichki pardada esa bo`g`im bo`shlig`iga qaragan 
qoplovchi qavat, uning ostida esa kollagen-elastik tolalar qavatlari farqlanadi. Ichki qoplovchi 
qavat sinoviotsit hujayralaridan tashkil topadi. Bu hujayralar bir turda bo`lmay, ular orasida 
sinovial fibroblastlar, makrofaglar va kam differensiallashgan hujayralarni ko`rish mumkin. 


146 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish