12-ma’ruza. Quduqlarni kompressor usulida o‘zlashtirish texnologiyasi Ma’ruza rejasi



Download 423,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana21.12.2022
Hajmi423,48 Kb.
#892495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-m

. To‘g‘ri va teskari yuvishni
1200-1500 m
3
/kun sarf kattaligida teskari 
yuvish oqimida amalga oshirilganda uning tarkibida kichik miqdordagi va muallaq 
holatdagi zarrachalar barqaror miqdorda bo‘lishi kerak. YUvish 1÷3 kun davom 
etadi.
Suv uzatmalaridan yoki maxsus tindirilgan sig‘im idishlarida tayyorlangan 
halqali sxema yordamida yuvuvchi suvlarni haydashda nasos agregatlaridan 
foydalaniladi. Shuning uchun chiquvchi va haydovchi suvlarning tarkibidagi 
muallaq cho‘kmalarning miqdori qattiq nazorat qilinadi. Umuman olganda hamma 
jarayondan keyin quduq yuviladi, uning yutish sig‘imdorlik holati o‘rganiladi.
2
. Quduq tubi zonasini tozalash uchun jadalli drenaj hosil qilinadi.
Drenaj har xil usullarda amalga oshiriladi:


a) Porshenlash yo‘li bilan porshen maksimal chuqurlikgacha tushuriladi. 
Buning uchun halqa oralig‘ini bekituvchi paker o‘rnatiladi. Bunday sharoitda 
qatlamga yuqori depressiya hosil qilinadi (12 MPa-gacha).
b) Kompressor usulida suyuqlik NKQning boshmoqigacha bostirilganda 
quduqdan suyuqlikni olishda ko‘chma kompressordan foydalaniladi. Bunday 
sharoitda quvurlar filtrning yuqori teshigigacha tushiriladi. Kompressordagi bosimni 
pasaytirish uchun NKQda ishga qo‘shish teshiklarni parmalash maqsadga muvofiq 
emas, yana NKQ orqali quduqqa suv haydalganda bu teshiklar orqali quvur halqa 
fazosiga chiqishi mumkin.
Suvning tarkibidagi muallaq cho‘kmalarning miqdori nazorat qilinadi va 
barqarorlashguncha drenajlashtirish davom ettiriladi.
v) Nasos usulida suvning tarkibidagi muallaq cho‘kmalarni miqdorini 
barqarorlashgunga qadar drenajlashtirish mumkin.
g) Suv jadal oqimga yig‘iladi va o‘z oqimi bilan quduqdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
oqovaga tashlanadi. Bunday jarayon ko‘p martali takrorlanadi va qisqa muddatda 
oqib chiqarish samarali bo‘ladi, quduq 6÷15 daqiqa davomida davriy maksimal 
ko‘rsatgichda chiqarib yuborish rejimida ishlaydi. Bunday jarayon muallaq 
cho‘kmalarni tarkibi barqarorlashgunga qadar takrorlanadi.
Bunday usulni qo‘llash quduqning debiti bir kunda bir necha o‘nlab metr 
kubni tashkil qilganda maqsadga muvofiqdir. Muallaq cho‘kmalarni barqaror 
tarkibiga erishish uchun suvni sarfi qisqa vaqt davomida 4-6 martaga kamaytiriladi. 
3. 
Qatlamlarni karbonat qatlamlarni ochishda
, tarkibi karbonatli 
sementlangan materiallardan tashkil topgan quduq tubi atrofi zonasini ochishda tuz 
kislotali ishlov berish qo‘llaniladi. Buning uchun qatlamning bir metr qalinligiga 10-
15% li ingibirlangan tuz kislotali aralashma 0,8-1,5 m
3
miqdorida haydaladi va bir 
kun davomida qoldiriladi. Quduq drenajlashtirilgandan va yuvilgandan keyin 
haydash rejimiga o‘tkaziladi.
4. 
Qatlamni gidravlik yorish (QGYO
). 
III-guruhdagi quduqlar QGYO va bir qator navbatdagi (drenajlash, yuvish) 
usullar qo‘llanilib o‘zlashtirish amalga oshiriladi. Ba’zida qatlamlashib 


takrorlanayotgan gilli va qumoqtoshlar uchraganda QGYO samarasizdir, bunda 
yoriqlar eng yaxshi o‘tkazuvchan qatlamlarda shakllanadi va haydalgan suv esa shu 
oraliqlar orqali bir yo‘nalishda qatlamga yutilib ketadi. Eng yaxshi natijaga erishish 
uchun oraliqlararo har bir qatlamda alohida QGYO amalga oshiriladi. Bunday 
sharoitda ikkita paker qo‘llaniladi, u NKQ orqali tushiriladi, ishlov beriladigan 
oraliqning yuqorisi va pastki qismlariga o‘rnatiladi.
5. 
Quduqlarni NKQ-lar va suv-qumli aralashmali suv uzatmalar orqali 
yuvish. 
Ko‘pincha haydovchi quduqlarni o‘zlashtirishni kam samarali yoki qatlamni 
kam qabul qiluvchanlikka ega bo‘lishiga sabab suv oqimi orqali uzatmalardan temir 
quyqumlarini va qattiq zarrachalarni tashilishi hamda qatlam yuzalarini 
ifloslantirishining natijasidir.
Bunday holatni bartaraf qilishda suv uzatmalari va quduqlar suv qum 
aralashmasi (1 m
3
suvga 50 kg qum) bilan sementlash agregati yordamida yuviladi.
Bunday usulda quduqlar yoki suv uzatmalar yuvilib kuzatilganda suv qum 
aralashmasi chiqadi. 20-30 daqiqadan so‘ng esa yuvish jadalligiga bog‘liq holda toza 
suv yoki muallaq cho‘kindilarning zarrachalari chiqadi. Yuvish tugallangandan 
keyin suv uzatmalarida bosim yo‘qotilishi ham kamayadi.
6. 
Yuqori bosimda quduqqa suv haydalganda qatlam kollektorlari yoriqli 
bo‘lganda haydash bosimi normal belgilangan bosimdan oshiriladi. 
Buning uchun 
quduqqa uch-to‘rtta nasos agregati ulanadi va qo‘shimcha bosim hosil qilinadi. 
Bunda qatlamdagi tabiiy yoriqlar kengayadi va quduqning yutish qobiliyati keskin 
oshadi. Bu QGYOning eng sodda sxemasi bo‘lib, qatlamda yoriqlarni ochilishi sodir 
bo‘ladi hamda cho‘kmalar va gilli zarrachalar qatlamga chuqurroq kirib boradi.
7. 
Neft quduqlariga issiq suv yoki neft bilan ishlov berilganda quduq tubi 
zonasining atrofida to‘planib qolgan parafin va smolalar yuvib chiqariladi. 
Isitish 
avtomobillarga o‘rnatilgan ko‘chma qurilmalar yordamida bug‘ haydash amalga 
oshiriladi. Haydaladigan suvning sarfi bosim ko‘tarilishi bilan tezda oshadi. 
CHuqurlik sarf o‘lchagichlar yordamida quduqlarda tadqiqot o‘tkazilganda yutish 
oralig‘i va yutilish oshadi, tabiiy yoriqlar kengayadi va suyuqlikning yutilish 
jarayonida qo‘shimcha qatlamlar ham bir-biri bilan tutashib ketadi.



Download 423,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish