12-ma’ruza. Quduqlarni kompressor usulida o‘zlashtirish texnologiyasi Ma’ruza rejasi



Download 423,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana21.12.2022
Hajmi423,48 Kb.
#892495
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-m



12-ma’ruza. Quduqlarni kompressor usulida o‘zlashtirish 
texnologiyasi 
Ma’ruza rejasi: 
12.1. Quduq tubidagi bosimni kompressor yordamida pasaytirish 
jihozlari ishini o‘rganish 
12.2. Gaz yordamida suyuqlikni siqish qurilmasining ishini o‘rganish 
12.3. Quduqlarni o‘zlashtirishda pachkali havo haydash texnologiyasi 
12.4.Kompressor usulida quduqlarni o‘zlashtirish jarayonining hisobi 
12.5. Haydovchi quduqlarni o‘zlashtirish 
12.6. Ejektorlardan foydalanib ko‘pik yordamida qatlamdan oqimni 
chaqirish texnologiyasi 
Tayanchi so’zlar: 
Kompressor yordamida bosim pasaytirish, Gaz bilan suyuqlikni siqib 
chiqarish, pachkali havo haydash, haydovchi quduqlarni o’zlashtirish, ejektordan 
foydalanish o’zlashtirish.
 
12.1. Quduq tubidagi bosimni kompressor yordamida pasaytirish jihozlari 
ishini o‘rganish 
Kompressor usuli quduqlarni o‘zlashtirishda eng ko‘p qo‘llaniladigan 
usuldir. Quduqning o‘zlashtirilishi oldidan NKQ quduqqa tushuriladi, quduq usti 
favvora armaturasi bilan jihozlanadi. Quvur orqa fazosiga haydovchi quvur uzatma 
orqali harakatlanuvchi kompressor biriktiriladi yoki gaz chizig‘i orqali yuqori 
bosimli gazkompressor stansiyasiga ulanadi.
Quduqqa gaz haydalganda suyuqlik quvur oralig‘i fazosida NKQ-ni 
bashmoqigacha siqiladi yoki NKQ – ni qo‘yirish teshigigacha (3÷4 mm). Bu teshik 
oldindan quduq ustidan 700-800 m masofada bajarilgan va NKQ – ga yorib kiradi. 
Gaz NKQ – ga to‘plangandan so‘ng suyuqlikni gazlantiradi. Quduq tubida bosim 
pasayadi. Gazni sarfini boshqarib, quvurlardagi gaz suyuqlik aralashmasini zichligi 
o‘zgaradi, shu bilan birgalikda quduq tubidagi bosim ham o‘zgaradi. (R
qud.tubi



Quduq tubidagi bosim R
qud.tubi
< R
qat
shart bajarilganda quduqqa suyuqlik va gaz 
oqimini kirib kelishi boshlanadi. Barqaror oqim olingandan so‘ng quduqda doimiy 
barqaror ish rejimiga o‘tiladi. Bu usulda qatlamda katta depresiya olish mumkin, 
ayniqsa quduq tubi zonasini samarali tozalash mumkin. 
Qatlamdagi mustahkam jinslar sharoitida (qumoktoshlar, ohaktoshlar) 
g‘ovaklik muhitini kolmatatsiya materiallaridan jadal tozalashga olib keladi.
Quduqni bir tekis ishga tushirish uchun quduqqa kompressor yordamida 
quvur orqa fazosi orqali aeratsiyali suyuqlik haydaladi. Quduqni bir tekis ishga 
tushirish uchun quduqqa kompressor yordamida quvur orqa fazosi orqali aeratsiyasi 
suyuqlik haydaladi. 
Hozirgi paytda siqilgan havo yordamida quduqlarni o‘zlashtirish taqiqlangan 
bo‘lib, ko‘chma UKP-80 yoki KS-100 markali stansiyalardan foydalaniladi. 
Kompressor KS-80 bosimni 8 MPa gacha ko‘tarib, 8 m
3
dan, sarf haydaydi, KS-100 
stansiyasi esa 100 MPa bosimda 16m
3
dan sarfda haydaydi. Siqilgan havo portlash 
xavfi bo‘lganligi uchun qo‘llanilmaydi.
Ishlatish tizmasida suyuqlikni aralashtirib chaqirish usulida zichligi yuqori 
bo‘lgan suyuqlik kichik zichlikka ega bo‘lgan suyuqlikka aralashtirib, NKQ orqali 
perforatsiya teshigini yuqori chegarasigacha tushiriladi. (Quvur orqa halqasiga nasos 
agregati yordamida zichligi katta bo‘lgan suyuqlik siqiladi. Bunda NKQ ga zichligi 
katta bo‘lgan suyuqlik haydalib, NKQ ga zichligi katta bo‘lgan suyuqlik siqiladi. 
Bunda zichligi kichik bo‘lgan suyuqlik quduq tubiga tushiriladi va NKQga yetib 
boradi. Quduq tubida bosim pasaya boshlaydi. Qaysiki, quduq tubidagi bosim 
qatlam bosimidan kichik bo‘ladi, qatlamga deprissiya hosil bo‘ladi, mahsuldor 
gorizontdan oqimning kelishiga imkon tug‘iladi. Agar mahsuldor qatlam tog‘ jinsi 
yoriqlaridan shakllangan bo‘lsa, unda suyuqliklarni aralashtirish bir nechta 
bosqichda olib boriladi. Bunda har bir bosqichda suyuqliklarning zichligi 
oldingisidan kichik bo‘ladi.
Quduqning tubidagi bosimni pasaytirib oqimni chaqirish maqsadida 
kompressorning qo‘llanilishi eng ko‘p ishlatiladigan usullardan biridir. Bunday 


usulda oqimni chaqirish quduq ustiga o‘rnatilgan jihozlar amalga oshiriladi, buning 
uchun qatlamga keskin yoki bir tekis depressiya hosil qilinadi.
Quduqlarning chuqurligiga, tizmaning chidamligiga va jihozning 
mavjudligiga qarab, quduq tubidagi bosim har xil texnologik jarayonlarni 
mukamallashtirish orqali amalga oshiriladi. Quduqdagi suyuqlikning bir qismini 
almashtirib gaz havo yordamida siqib chiqarish siqilgan havoning oqimini 
yo‘nalishini o‘zgartirib, qo‘shish klapanlari va teshiklarni qo‘llab; quduqqa har bir 
butun havoni haydab; ko‘piklar yordamida yuvish. Har bir usullar o‘zining 
texnologik sxemalari orqali amalga oshiriladi.

Download 423,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish