Qatlam elastiklik rejimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari Neft va gaz qazib chiqarish amaliyotida qatlamlarda ko‘pincha no barqaror protsesslar sodir boladi. Bu no barqaror protsesslar asosan quduqlarni ishga tushirish va ularni to‘xtatish, quduqdan flyuidni olishda haroratni o‘zgarishi kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu nobarqaror protsesslarning xarakterlari qatlam bosimining qayta taqsimlanishida, fïltratsiya oqimlari tezliklarining quduq hamda debitlarining vaqtga bog‘liq holda o‘zgarishida va hokazolarda namoyon
boladi. Bu nobarqaror protsesslarning xususiyatlari qatlam elastiklik xossasiga va ularni to‘yintiradigan suyuqlik xossalariga bog’liq bo‘ladi. Bu protsesslardagi qatlamli energiyaning asosiy formasi bo‘lib, suyuqlikning (neft va gaz) elastik deformatsiya energiyasi va qatlam materiali energiyasi hisoblanadi.Bunda
fïltratsiya oqimi bir fazali deb qaraladi, ya’ni oqimning istalgan nuqtasidagi bosim to‘yingan bosimdan yuqori.
Suyuqlik elastik rejimli harakati sharoitlarida quduqni foydalanish
uchun ishga tushirish, quduqqa suyuqlik harakati qatlam deformatsiyasi potensial energiyasidan va quduq tubi atrofidagi suyuqlikning energiyasidan boshlanadi. Keyin qatlamning uzoqroq joylashgan fazasining energiyasidan harakat yuzaga keladi.
Qatlam bosimining tushishida siqilgan suyuqlik hajmi kengayadi,
qatlam materialining kengayishi hisobiga esa g‘ovak muhit hajmi qisqaradi. Bulaming hammasi qatlamdagi suyuqlikni siqib quduqqa
tushirish imkoniyatini hosil qiladi. Suyuqlikning hajmiy elastik deformatsiya koeffîtsiyentlari va qatlam jinslari juda kichik bolsa ham, lekin qatlam hajmlari va uning flyuidini to‘yintiruvchilar juda katta boladi. Shu sababli qatlam
elastikligi va suyuqligi hisobiga qatlamdan olinadigan suyuqlik hajmi
anchagina bolishi mumkin.
Qatlamdagi neft va gaz zaxiralari hisobida, neft konlarini ishlanishini loyihalashtirishda va ishlanish protsessining o‘zida qatlam hamda suyuqlikning elastiklik xossalari hisobga olinadi. Agar qatlam energiyasining ustuvor formasi bo‘lib, qatlam elastiklik deformatsiyasi va siqilgan suyuqlik manbai bo‘lsa, bu
qatlam rejimini elastik deb ataymiz. Qatlam energiyasining ustuvor formasini uning ishlanish protsessidagi qatlam rejimi aniqlaydi. Ba’zi hollarda quduq tubiga oqim kiradigan suyuqlik iste’mol zonadan qatlamga keladigan suv bosimi hisobiga saqlab turiladi. Unda qatlam rejimi elastik suv bosimli deyiladi. Elastik rejimning ikkinchi xil ko‘rinishi bo‘lib yopiq elastik rejim hisoblanadi.
Hamma tomondan yopiq qatlam «ushlagichlar»da neft yotqiziqlari uchraydi. Neftli yotqiziqlardan uncha katta bolmagan masofalarda mahsuldor qatlam yo tiqiladi yoki tashlamalar bilan ekranizatsiyalangan (qoplangan) bo‘ladi. Bunday yotqiziqlar ishlanishining boshlang‘ich paytida (qatlam bosimi to‘yinganlik bosimidan kichik bolmagunga qadar) filtratsiyali yopiq elastik rejim vujudga keladi.
Neft konlarini ishlanish protsessida, elastik rejim namoyon bo‘lishining xarakterli xususiyati bo‘lib, quduq ishlay boshlashidan keyingi qatlam bosimining taqsimlanishidagi protsessining uzoq muddatligi yoki quduqdan olinadigan suyuqlik haroratining o‘zgarishi hisoblanadi.
Bunda qatlamdagi qovushoq suyuqlik filtratsiyasida juda katta qarshilik
kuchlarining paydo bolishining bog’iqligi bilan ko‘rsatish mumkin.
Agar qatlamning k o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti qancha katta
bo‘lsa, nobarqaror protsesslar shunchalik tez bo‘lib o‘tadi.
Agar ц suyuqlikning qovuaror protsess shunchalik sekin bo‘lishi kuzatiladi.
shoqlik, ßchajmiy elastiklik va ß qatlam elastiklik koeffitsiyentlari qancha katta bo‘lsa, nobarqElastiklik rejim nazariyasi bilan 1940-yillarda Masket, Shilsuiz,
Xerst, Tseys va Jekoblar shug‘ullanganlar.
Lekin ular qatlam elastiklik hajmini hisobga olmaganlar. Elastiklik rejimi nazariyasi to‘liq V.N.Shelkachev tomonidan o‘rganilgan.