TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
ayrimlari asosiy bo‘lib, qolganlari uning atrofida shakllanishi mumkin. Bir resursdagi kamchilikni
boshqalaridagi ustunlik to‘ldirishi mumkin. Biz tadqiqotlarimiz davomida talabalar kasbiy
shakllanishida zarur sifatlarni kopping strategiyani rivojlantirish orqali yuksaltirishga
mo‘ljallangan psixokorreksiya dasturini yaratishga eʼtibor qaratdik.
Hozirgi davr talabi maʼnaviy jihatdan yetuk har tomonlama bilimdon, mustaqil fikrlovchi,
yuqori kasbiy salohiyatga ega bo‘lgan, raqobatbardosh kadrlarni shakllantirish bo‘lib, bu
muammo shaxsga beriladigan taʼlim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Talaba shaxsining
maʼnaviy yetukligi, bilimi, zehnliligi, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi kabilar ham
aynan shu taʼlim-tarbiya jarayonida namoyon bo‘ladi. Shunday ekan, taʼlim-tarbiya jarayonida
talabalarda odoblilik, muomala madaniyati, teran fikrlilik, hozirjavoblik, taʼsirchanlik sezgirlikni
shakllantirish va rivojlantirish orqali xulq-atvoriga taʼsir ko‘rsatish, psixokorreksion vositalar
yordamida tuzatish ishlarini olib borish muhim.
Tadqiqotimizning asosiy vazifasi taʼlim jarayonida talabalarning kasbiy, ijtimoiy-maʼnaviy
shakllanganlik darajasini oshirish va tafakkurni rivojlantirishda korreksion dasturini ishlab chiqish
hamda xulq-atvorida salbiy fazilatlari bo‘lgan, psixokorreksion yordamga muhtoj talabalar bilan
ishlashdan iborat edi.
Taʼlim-tarbiya jarayonida talabalar kasbiy shakllanishini nazorat qilish, maʼnaviyati hamda
tafakkurini ro‘yobga chiqarish maqsadida olib borilgan dastlabki psixodiagnostik tadqiqotlar
talabalar kasbiy shakllanishi va tafakkurida o‘ziga xos tafovutlar mavjudligini ko‘rsatdi.
Talabalarning kasbiy shakllanishi va tafakkur xususiyatlari hamda maʼnaviy shakllanishida
bog‘liqlik bo‘lishi mumkinligi haqidagi ilmiy faraz asosida ish olib borib, talabalarning ijobiy
fazilatlarini shakllantirish hamda maʼnaviy-psixologik jihatdan yetuk kadr bo‘lib voyaga yetishiga
xizmat qiluvchi psixokorreksion dasturlar yaratib, psixologik treninglarga jalb etish lozimligini
hisobga olib psixokorreksion dastur ishlab chiqdik.
Maʼlumki, psixokorreksiya atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, ruhiy tuzatish, o‘zgartirish
yoki qisman tuzatish degan maʼnoni anglatadi. Psixologik korreksiya esa psixolog-pedagogning
turli salbiy psixologik taʼsirlarning oldini olish va tuzatish ishlarini amalga oshiradigan faoliyatdir.
Bizning psixokorreksion ishlarimizning bosh maqsadi talabalarning kasbiy shakllanishi va
shaxsiy jihatdan mukammal rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: