Ключевые слова:
правовая культура, образование, воспитание, правовая
грамотность, несовершеннолетние, этика.
THE IMPORTANCE OF LEGAL SCIENCES
IN THE FORMATION OF THE LEGAL CULTURE OF
PUPILS OF SECONDARY SCHOOLS.
Abdurasulov A.A.
–
Lecturer of the Kokand State Pedagogical Institute
Annotation.
The role of legal education in shaping the legal culture of school-age children
is highlighted in the. The need for a systematic legal education is also highlighted in the
normative documents. The article analyzes juvenile delinquency and emphasizes that its
prevention is achieved through the formation of legal knowledge of students, obedience to the
law, respect for the rights of others, understanding the inevitability of punishment for crime.
Key words:
legal culture, education, upbringing, legal literacy, teenagers, ethics.
“Biz jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarimizni uzluksiz
davom ettirishimiz zarur. Huquqiy tarbiyani maktabgacha taʼlim tizimidan boshlashimiz, bu boradagi
ilk ko‘nikmalar ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olishi darkor”
1
.
1
Sh.Mirziyoyev. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim
76
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Mamlakatda qonunlarning kuchliligi ularning qanchalik ko‘p yoki mukammal darajada
qabul qilinganligi bilan emas, balki shu mamlakat fuqarolari qonunlarga qanchalik amal
qilayotganligi bilan belgilanadi. Qonunlar qanchalik insonparvar va hayotiy bo‘lsa, fuqarolarning
amal qilishlari ham oson kechadi.
Har qanday mamlakat mustaqil bo‘lib, o‘z taqdirini, o‘z kelajak yo‘lini belgilab olar ekan,
ertangi kun tayanchi bo‘lgan yoshlarning taʼlim tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratadi.
Demokratik huquqiy davlat qurishni o‘zining maqsadi qilib olagan respublikamizda
yoshlarning huquqiy madaniyati va ongini oshirib borish, ularga huquqiy tarbiya berishni
mukammallashtirishga mustaqillikning ilk kunlaridanoq katta eʼtibor qaratildi.
Har qanday faoliyat kabi taʼlim, xususan, huquqiy taʼlim ham faoliyat olib borilishi uchun
huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilishi talab etiladi. Zero, taʼlim davlat tomonidan o‘rnatilgan
aniq standartlar va talablar doirasida olib borilishi lozim.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev taʼlim muassasalarida o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini
oshirish mavzusiga to‘xtalar ekan: “Har bir soha va yo‘nalish, taʼlimning barcha bosqichlari
uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanishi kerak. Bunda,
avvalambor, Konstitutsiyani o‘rganishga jiddiy yondashish lozim. Umumtaʼlim maktablari uchun
“Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya saboqlari”, “Konstitutsiya asoslari” kabi darsliklarni
yaratish zarur, deb hisoblayman.”
1
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy maktab
shakllantirildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi samarasi o‘laroq bugungi kunda taʼlim
muassasalaridan yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka,
ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan,
istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir yoshlar yetishib chiqmoqda.
Shu bilan bir qatorda yoshlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga
to‘sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. “Xususan, huquqiy
madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va
uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va
ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati
boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha taʼminlanmagan.
Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy
immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy
qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish ishiga
kompleks tarzda yondashilmadi”
2
.
Shunga ko‘ra, bugungi taʼlim tizimimizda yoshlarning huquqiy bilimlarini tizimli oshirib
borishga alohida ahamiyat berish zarurati paydo bo‘lmoqda.
Huquqiy taʼlim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan berib borilishi lozim. Bolalar maktabgacha
tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi, maʼnaviy va baʼzi huquqiy
normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida o‘quv davomida bu bilimlar
kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur
3
.
Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirishda respublikamiz umumtaʼlim maktablari,
akademik litseylari, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan
huquqshunoslikka oid fanlarning o‘rni va ahamiyati cheksizdir.
mezonidir. Prezident Shavkat Mirziyoevning Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga
bagʼishlangan
tantanali
marosimdagi
maʼruzasidan.
https://uza.uz/oz/politics/konstitutsiya-va-onun-ustuvorligi-u-u-iy-
demokratik-davlat-v-07-12-2019
1
O‘sha manba
2
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish
tizimini tubdan takomillashtirish to‘g'risida”gi PF-5618-son Farmoni. https://www.lex.uz/docs/4149765
3
O.Karimova. “Huquq ta'limini o'qitish metodikasi” O'quv qo'llanma. T.:”O'zbekiston”, 2011 yil, 45-bet.
77
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Аholining huquqiy tarbiyasi va taʼlimini takomillashtirishga o‘qitishning hali
foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, tarbiya va taʼlimning
yangi shakllari, vositalarini joriy etish, moddiy-texnika negizini kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi.
Umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini oshirib borish o‘quvchi
ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur
singdirib borish bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida jamiyatda huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni yuksaltirish
Do'stlaringiz bilan baham: |