O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
 
12.4. Jinoyatlaming ideal jami


79 
Yuridik adabiyotlarda jinoyatlar majmuyi ideal jami bilan birgalikda real jami ham o'rganiladi. Ushbu 
tushunchalarning ikkalasi ham bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasiga kiradi. Jinoyatlar majmuyi 1845-yildayoq 
jinoyatlaming ideal va real jamiga bo'lingan edi, ya'ni bir vaqtda sodir etilgan qilmishlar jinoyatlaming ideal jami va 
«turli vaqtlarda» sodir etilgan qilmishlar jinoyatlaming real jami, deb tushunilgan. Jinoyatlaming ideal jamiga 
quyidagicha ta'rif berish mumkin: 
Jinoyatning 
ideal jami 
deganda, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi turli moddalarida nazarda tutilgan ikki 
yoki bir necha jinoiy qilmishni bir vaqtning o'zida bitta jinoiy harakat bilan sodir qilishga aytiladi. 
Murakkab aybli jinoyatlar (Jinoyat kodeksining 23-moddasi) bu bir tarkibli jinoyatlar bo'lib, o'zining belgilari, 
xususiyatlariga ko'ra, jinoyatlaming ideal jamidan farq qiladi. Jinoyat kodeksining 23-moddasida: «Agar shaxsning 
qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimioiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday 
qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog'lagan bo'lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan, deb topiladi», 
deyiladi. 
Jinoyat kodeksida shunday normalar mavjudki, ularda ijtimoiy xavfli harakat aybning qasd shaklida sodir 
etilgan bo'lishi mumkin, kelib chiqqan oqibatlar esa ehtiyotsizlik orqasida yuz berishi mumkin. Masalan, qasddan 
badanga shikast yetkazish jabrlanuvchining o'Umiga sabab bo'lsa (Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismi, «d» 
bandi). Bu jinoyatni sodir etishda shaxs qasddan badanga og'ir shikast yetkazadi, o'limga nisbatan esa, ehtiyotsizlik 
munosabatida bo'ladi, chunki aybdor sog'liqqa tajovuz qilganda uni o'ldirish niyati yo'q bo'lgan. Umuman, bu jinoyat 
aybning qasd shaklida sodir etilgan jinoyat, deb qaraladi. 
Moddiy tartibli ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan har bir muayyan holda shaxsning aybini, qilmishga nisbatan 
emas, yuz bergan oqibatga nisbatan belgilash lozim. Shuning uchun agar oqibat yuz bersa, unda shaxsning 
ehtiyotsizlikdan kelib chiqqan oqibatning yuz berishida aybi bo'lmasa, uni yuz bergan oqibatlari uchun jinoiy 
javobgarlikka tortish mumkin emas. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, murakkab aybli jinoyatlarda ehtiyotsizlik faqat 
kvalifikatsiya qilinadigan oqibatlarga nisbatan bo'lishi mumkin, lekin yuqorida ta'kidlanganidek, ular umuman qasddan 
qilingan jinoyat, deb hisoblanadi. 
Demak, murakkab aybli jinoyatlardan Jinoyat kodeksining ikki yoki undan ortiq moddalari bilan kvalifikatsiya 
qilinadigan bir qancha jinoyatlar sodir qilishning farqini aniqlash, qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilish va adolatli jazo 
tayinlashning muhim shartidir. 
Ma'lumki, sodir etilgan qilmishni ideal jami tariqasida kvalifikatsiya qilishda sud-tergov amliyotida ma'lum bir 
qiyinchiliklar uchrab, Oliy sud plenumi qarorlarida ushbu masala o'z aksini topgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi plenumining 1996-yil 20-dekabridagi «Qasddan odam o'ldirishga oid ishlar bo'yicha sud amaliyoti 
to'g'risida»gi qarori 21-bandida shunday deyiladi: «Aybdorning hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga 
chiqib, sodir etgan qasddan odam o'ldirish harakatlari odam o'ldirish uchun javobgarlikm nazarda tutuvchi moddalar va 
Jinoyat kodeksining 206-moddasi tegishli qismlari bilan tasnif qilinishi kerak». 
Ushbu qarorning 22-bandida esa, «ozodlikdan mahrum etish jazosini о'tayotgan shaxs tomonidan ozodlikdan 
mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaravchi harakatlari bilan bog'liq holda qasddan odam 
o'ldirishni Jinoyat kodeksining 220-moddasi dispozitsiyasi jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishni qamrab olmasligi 
sababli, Jinoyat kodeksining qasddan odam o'ldirish va ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining 
ishini izdan chiqargan harakatlari uchun javobgarlikm ko'zda tutuvchi moddalari bilan tavsif qilinishi kerak»ligi 
ko'rsatib o'tilgan. 
Shuni ta'kidlash lozimki, shaxsning qilmishida jinoyatlar ideal jamining mavjudligi yoki yo'qligi tegishli jinoyat 
tarkibining qanday belgilarni o'zida mujassamlashtirishiga bog'liqdir. Muayyan jinoyat tarkibiga qo'shimcha qandaydir 
belgilarning kiritilishi yoki ularni chiqarilishi qilmishda jinoyatlarning ideal jami mavjudligi yoki yo'qligini namoyon 
qilishi mumkin. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddalarini tuzishda jinoyat tarkibining belgilari qanchalik to'liq 
aks ettirilsa, amaliyotda qilmishni ideal jami tariqasida kvalifikatsiya qilish uchun ehtiyoj nazarimizda shuncha kam 
bo'ladi.

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish