O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

Birinchi shart. 
Oxirgi zarurat holatida shaxsning huquq va manfaatlari himoyalanishi kabi boshqa shaxslarning
jamiyat va davlatning ham manfaatlari mudofaalanadi. 
Ikkinchi shart. 
Oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo'lishi kerak. 
Oldi olingan zararga nisbatan oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar teng yoki haddan ortiq bo'lsa, shaxs oxirgi zarurat 
holati chegarasidan chetga chiqqan hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 38-moddasi, 2-qismida: «Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, 
oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan bo'lsa, qonuniy, deb topiladi», deb qayd etilgan. 
Uchinchi shart. 
Oxirgi zaruratning zaruriy mudofaa holatidan farqi birinchi holatda zararning uchinchi shaxs 
manfaatlariga yetkazilishi zaruriy shart hisoblanadi. 
Amaldagi jinoyat qonunida birinchi marta (Jinoyat kodeksining 38-moddasi, 3-qismi) oxirgi zarurat 
chegarasidan chetga chiqish tushunchasi berildi. Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo'lsa yoki 
yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qo'riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar 
yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish, deb topiladi. Shaxsning qilmishni oxirgi zarurat chegarasidan 
chetga chiqmasdan sodir etishini oxirgi zaruratning huquqiyligi shart-laridan biri, deb hisoblash mumkin. Qilmishni 
oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish, deb topish borasida tergov va sud organlari oxirgi zarurat holatining 


89 
mavjudligi, «majburiylik» va «muvofiqlik» belgilaridan tashqari yuqorida sanab o'tilgan barcha huquqiy shartlar 
mavjudligiga e'tibor berishlari kerak. Bundan tashqari oxirgi zarurat doirasidan chetga chiqish, deb kvalifikatsiya qilish 
uchun shaxs qilmishining subyektiv tomonini ham inobatga olish zarur. Kuchli ruhiy hayajonlanishda shaxs o'zining 
qilmishini har doim ham to'g'ri baholay olmasligi mumkin. 
Oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda shaxs qilmishi subyektiv tomonining maqsadi ijtimoiy foydali 
ahamiyatga ega bo'lib, kamroq zarar yetkazish vositasida ko'p miqdordagi zararni bartaraf etishni bildiradi. Oxirgi 
zaruratni amalga oshirish barcha shaxslarning subyektiv huquqidir. Bu borada qonunda hech qanday cheklov mavjud 
emas. Ayni vaqtda xavfni bartaraf etish ma'lum bir shaxslarning xizmat majburiyati hisoblanadi. Masalan, miUtsiya, 
MXX, davlat yong'inni nazorat qilish organlari xodimlari va h.k. Bunday hollarda ushbu shaxslarning qilmishlari 
umumiy qoidalar bo'yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. 
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim bo'lgan xavfning 
xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz bergan vaqtning 
yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsdagi mavjud imkoniyatlar, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa 
holatlari hisobga olinadi. 
Sud-tergov amaliyotida ruhiy yoki jismoniy zo'rlik ta'siri ostida jinoyat sodir etish hollari ham uchrab turadi. 
Jinoyat qonunchiligi tarixida birinchi marta bunday holatlarning qonuniy yechimi Jinoyat kodeksining 38-moddasi, 5-
qismida aks ettirildi, jismoniy yoki ruhiy zo'rlik natijasida huquqlar va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar 
yetkazilganlik uchun javobgarlik masalasi sud tomonidan oxirgi zarurat holatini hisobga olgan holda hal qilinadi. 
Majburlash deganda, shaxsning o'z xohishiga qarshi biron-bir qilmishni sodir etishga majbur etish maqsadida 
amalga oshiriladigan barcha ruhiy yoki jismoniy ta'sir choralari tushunilishi lozim. Agar shaxs jismoniy yoki ruhiy 
majburlash ta'siri ostida jinoyat sodir etsa-yu, ammo oxirgi zaruratning barcha shartlariga amal qilsa, uning qilmishlari 
jinoyat, deb topilmaydi. 
Jismoniy yoki ruhiy zo'rlik uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlariga zarar yetkazuvchi majburlov ostidagi 
shaxsning erkin xulq-atvoriga turli xil ta'sir ko'rsatishi mumkin. Xususan, shaxsning o'zi harakatlarini tanlash erkinligi 
butunlay cheklangan yoki bunday cheklanganlik nisbiy xususiyatga ega bo'lishi mumkin. 
Shaxs faoliyatining turli xususiyatdaligi ularni har xil huquqiy baholashga olib keladi. Xususan, agar shaxs 
o'zining xatti-harakatini boshqara olmagan (masalan, toiiq izolatsiya yoki gipnoz ostida boiish) hollarda majburlanuvchi 
shaxs qo'l ostidagi jinoyat quroli bo'lib, u o'z harakatlarini tanlash imkoniyatidan mahrum bo'ladi va shuning uchun ham 
u jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 
Agar shaxs o'zi xatti-harakatini boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgan bo'lsa (masalan, zarar yetkazish xavfi 
mavjud bo'lganda), majburlangan shaxsning qilmishi oxirgi zarurat bo'yicha baholanishi lozim. Agar shaxsning qilmishi 
oxirgi zaruratning huquqiy shartlariga mos kelmasa yoki uning chegarasidan chetga chiqqan bo'lsa, majburlangan 
shaxsning xatti-harakati mustaqil tarkibli jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday vaziyatda shaxsning 
majburlov ostida sodir etgan qilmishi jinoiy javobgarlikni yengillashtiruvchi holat sifatida ko'rilishi kerak (Jinoyat 
kodeksining 55-moddasi, 5-qismi). 
Sud yoki tergov amaliyotida u yoki bu qilmishni o'xshash institutlar hisoblangan oxirgi zarurat yoki zaruriy 
mudofaa, deb kvalifikatsiya qilish masalasida ma'lum bir qiyinchiliklar mavjud. 
Bu borada qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilish jinoyat qonunchiligi oldida turgan vazifalarni bajarish, zarar 
yetkazgan qilmish huquqiyligi chegarasini belgilash hamda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun muhimdir. 
Oxirgi zarurat va zaruriy mudofaaning farqlari: 
Xavf manbayiga ko'ra, 
ya'ni zaruriy mudofaada xavf manbayi 
shaxsning ijtimoiy Ghioiy) xavfli qilmishi bo'lsa, oxirgi zaruratda xavf manbayi bo'lib, nafaqat, shaxsning ijtimoiy 
xavfli qilmishi, balki yengib bo'lmas kuch natijasida yuzaga kelgan (fors-major) holatlari ham bo'lishi mumkin. 
Sodir etish usuliga ко 'га, 
zaruriy mudofaada tajovuzdan qochib yoki hokimiyat organlari yoxud boshqa 
shaxslarga yordam so'rab murojaat qilish imkoni bo'la turib ham zarar yetkazilishi mumkin, oxirgi zaruratda esa, zarar 
yetkazish xavfni bartaraf etishning birdan bir usuli hisoblanadi. Shuningdek, zaruriy mudofaada himoya faqat faol 
harakat orqali ifodalansa, oxirgi zaruratda xavfni bartaraf etish harakatsizlik bilan ham, ya'ni harakat yoki harakatsizlik 
bilan amalga oshiriladi. 
Yetkazilgan zarar (subyekti): zaruriy mudofaa zarar faqat tajovuz qiluvchi shaxsga yetkaziladi, oxirgi zaruratda 
esa, zarar uchinchi shaxsga yetkaziladi. Yetkaziladigan va bartaraf etiladigan zararning o'zaro munosabatiga ko'ra, ya'ni 
zaruriy mudofaada yetkazilgan zarar bartaraf etilgan zarar bilan teng yoki undan ko'proq bo'lishi mumkin, oxirgi 
zaruratda esa, ko'proq zararni bartaraf etish maqsadida kamroq zarar yetkazish hisoblanadi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish