91
U yoki bu usul yoki vositalardan foydalanish shakli va dara-jasi — aniq hollarda ijtimoiy xavfiilik darajasi,
shaxsning ijtimoiy xavfliligi hamda ushlashdagi vaziyat va shart-sharoitlar bilan bog'liq. Masalan, og'ir yoki o'ta og'ir
(odam o'ldirish, bosqinchilik va h.k.) jinoyatni sodir etgan shaxslarni ushlashda qo'liga kishan solinishi mumkin, uncha
og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan bu usul qo'llanilmaydi. Ushlash vositalari va usullari yuqorida
ko'rsatilgan mezonlarga mos kelmagan taqdirda ushlash g'ayriqonuniy deb, qarshilik ko'rsatuvchi shaxsning qilmishi esa
jinoiy emas, deb baholanishi mumkin.
Shaxsning erkinligini qisqa muddatga cheklash tarzidagi ushlab turish shaxsni hokimiyat organlariga topshirish
maqsadida amalga oshirilganida qonuniy hisoblanadi, boshqa maqsad (masalan, o'g'irlangan mulkni qaytarib olish
maqsadida ushlab turish) ko'zlangan taqdirda shaxsning bunday qilmishi jinoyat,
deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash element-laridan yana biri ushlashni amalga oshirish vaqti
hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashga bo'lgan huquq ijtimoiy xavfli qilmish tugallanishi
bilan vujudga keladi va jinoiy javobgarlikka tortish muddatining yoki ayblov hukmini ijro etish muddatining o'tib
ketishi bilan to'xtaydi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashga bo'lgan huquq jinoyat ishini yuritishga to'sqinlik qiladigan
quyidagi holatlar mavjud bo'lganda hisobga olinmaydi:
1) ish qo'zg'atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o'tkazilgan ish bo'yicha jinoiy hodisa yuz bermagan
bo'lsa;
2) shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo'lmasa;
3) shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxli bo'lmasa;
4) e'lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor bo'lsa;
5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo'yicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori)
yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan
qarori bo'lsa;
6)ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo'zg'atilgan hollarda uning shikoyati bo'lmasa, Jinoyat-protsessual
kodeksining 325-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
7) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo'lgan yoshga to'lmagan
bo'lsa (Jinoyat-protsessual kodeksining 83 va 84-moddalari, 1-qismi).
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning huquqiyligi elementlarini
izohlash bilan birga, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi, aybning shakli, jinoyatning tugallangan yoki
tugallanmaganligi, shuningdek, ishtirokchilik shakli ham inobatga olinishi lozim.
Ijtimoiy xavfli hisoblanmagan ma'muriy huquqbuzarlik yoki intizomiy qilmish sodir etgan shaxsni, shuningdek,
jinoyat sodir etish o'yida bo'lgan shaxsga ushlash vaqtida zarar yetkazilishiga yo'l qo'yilmaydi. Albatta, ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning qonuniylik darajasini belgilovchi bir qancha shartlari
bor.
Do'stlaringiz bilan baham: