O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

Birinchi sharti — 
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida 
ushlashdir. Ya'ni, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash — ijtimoiy foydali hisoblanadi. Ijtimoiy foydalilik 
tushunchasi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash zarurati bilan birga shaxsni hokimiyat organlariga 
topshirish maqsadida zarar yetkazish holatini ham-o'z ichiga oladi. Jinoyat sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida o'ch olish 
maqsadida unga zarar yetkazgan bo'lsa, bunday hollarda ushlab bergan shaxs yetkazgan zarari uchun umumiy asoslarda 
javobgarlikka tortiladi. 
Shaxsni ushlash maqsadini aniqlash uchun konkret ish bo'yicha barcha holatlarni, xususan, ushlashni amalga 
oshirgan shaxs faoliyatining motivlari, ushlashda tanlangan usul va vositalar, shart-sharoit, yetkazilgan zararning 
xarakteri va og'irlik darajasi, shuningdek, qasdning yo'naltirilganligini ifodalovchi boshqa holat-lar tahlil qilinishi kerak. 
Ikkinchi sharti — 
ushlanayotgan shaxsning sog'lig'i yoki mulkiga muayyan zarar yetkazilishiga yo'l qo'yiladi. 
Albatta, shaxsni ushlayotganda uni hayotidan mahrum etish mumkin emas, ushlashdan maqsad jinoyatchini tegishli 
hokimiyat organlariga topshirishdir (insoniyatga qarshi yoki terroristik xatti-harakatlarni bir necha marta sodir etgan, 
jazoni og'irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o'ldirgan shaxsni ushlash vaqtida vaziyatga qarab, uning hayotiga zarar 
yetkazilishi mumkin). 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga zarar yetkazishning shartlaridan yana biri ushlanishi mumkin bo'lgan 
shaxslar doirasining belgilanganligidir. Ya'ni, qonunda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarnigina ushlash 
mumkinligi belgilab berilgan. Bunday shaxslarni ushlash vaqtida zarar faqat ularning o'ziga yetkazilishi kerak, zarar 
uchinchi shaxslarga yetkazilgan taqdirda bunday qilmish ish holatlariga qarab oxirgi zarurat yoki mustaqil tarkibli 
jinoyat sifatida baholanishi mumkin. 
Uchinchi shart — 
ushlash vaqtida zarar yetkazish jinoyatchining qochishiga yo'l qo'ymaydigan yagona vosita 
bo'lishi lozim. Agar shaxsni ushlashda boshqa imkoniyatlar bo'lgan bo'lsa-yu, u imkoniyatlardan foydalanilmay unga 
zarar yetkazilsa, aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksining 39-moddasi, 1-qismida ko'rsatilgan holatlarga to'g'ri 
kelmaydi. 


92 
Zarar yetkazish ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning eng so'nggi imkoni, majburiy chora 
bo'lishi kerak. Zarar yetkazishning «majburiylik» holatini aniqlash maqsadida tergov va sud organlari quyidagilarni 
tahlil qilishlari kerak: 
a) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning jinoiy javob-garlikdan qochish imkoniyatiga ega yoki ega emasligi; 
b) bu borada ushlashga qarshilik ko'rsatuvchi shaxsning faolligi, qarshilik ko'rsatish choralari, qilmish sodir etilgan 
joydan qo-chishi, shuningdek, ogohlantirilgandan keyin ham o'z faoliyatini to'xtatmasligi; 
d) ushlashni amalga oshiravchi shaxsning imkoniyati, ushlashni zarar yetkazmasdan amalga oshirishi e'tiborga olinishi 
lozim. 
Bunday imkoniyatni aniqlash uchun ushlashni amalga oshi-ruvchi va ushlanuvchi shaxslarning soni, yoshi, 
jinsi, qurollan-ganligi, jismoniy kuchi va shu kabilar inobatga olinishi kerak. 
To 'rtinchi shart 
— ushlash zararlar nisbati teng bo'lgan holdagina qonuniy hisoblanadi, ya'ni ushlash vaqtida 
yetkazilgan zarar sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga va xarakteriga ushlash holatiga nisbatan to'g'ri 
kelmasligi mumkin emas. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning qonuniyligini 
baholashda ushlash vaqtidagi shart-sharoitlar va vaziyat, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish 
maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, xavflilik darajasi, ruhiy holati bilan bog'liq bo'lgan 
boshqa holatlar hisobga olinadi. Xususan, odam o'ldirgan shaxs qarshilik ko'rsatmasa yoki uning qarshiligi ahamiyatsiz 
bo'lsa, unga zarar yetkazish ushlash chegarasidan chiqmasligi kerak. Mabodo, shaxs jinoiy javobgarlikdan qochib, uni 
ushlamoqchi bo'lgan shaxsga tajovuz qilsa, ushlashni amalga oshiruvchi shaxs zarar yetkazishning yo'l qo'yilgan 
chegarasidan chetga chiqish huquqiga egadir. Bunday harakat yetkazilgan zarar zaruriy mudofaa, deb kvaliflkatsiya 
qilinishi kerak. 
Demak, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning qonuniyligi shartlarini 
ikki guruhga bo'lib o'rganish mumkin. 
Ushlashning qonuniyligi va asoslanganligini belgilovchi shartlar: 
a) ushlash uchun asoslarning jinoyat qonuni bilan taqiqlangan jinoiy qilmish sodir etilgan vaqtda vujudga kelishi; 
b) jinoyat sodir etgan shaxsning odil sudlovdan yashirinish maqsadida qochishi. 
Ushlashni amalga oshirayotgan shaxsning harakatlarini ifoda-lovchi shartlarga: 
1) zararning jinoyat huquqiy ushlashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan yetkazilishi; 
2) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida qo'llaniladigan usul va vositalarning ehtimoliy bo'lmasligi 
kerak. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashga qaratilgan chora-tadbirlar qilmish va shaxsning ijtimoiy 
xavflilik darajasiga mos kelishi kerak. 
Ushlangan shaxsga u yetkazgan zararga nisbatan kam yoki teng darajada zarar yetkazilgan bo'lsa, u holda 
jinoyat sodir qilganni ushlagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Nisbatan aybdor va ushlagan shaxsning 
harakatlarida tenglik bo'lmagan bo'lsa, ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish holati mavjud bo'ladi. 
Jinoyat kodeksining 39-moddasi, 2-qismiga ko'ra, ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deganda, 
ushlash vositalari va usullariga, qilmish va uni sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga, shuningdek, ushlash 
sharoitiga butunlay mos kelmay-digan va natijada ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazilishini tushunish lozim. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash chora-laridan chetga chiqish — zarar yetkazishning 
majburiyligi va nisbatan tenglik belgilaridan tashqari yuqorida sanab o'tilgan boshqa shartlar mavjud bo'lgandagina 
huquqiy hisoblanadi. Albatta, ko'p hollarda jinoyatchini ushlash vaqtida unga ma'lum bir zarar yetkazilishi mumkin. 
Zaruriy choralar chegarasidan chetga chiqish, deb topish uchun jinoyatchini ushlagan shaxs yetkazgan zarar va 
jinoyatchi tomonidan yetkazgan zararlarning teng emasligi shart, lekin bu tengsizlik jinoyatchini ushlagan shaxs uchun 
yetarlicha aniq va ravshan bo'lgan bo'lishi lozim. Ushlash vaqtida ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish 
oqibatida yetkazilgan zarar, nafaqat, ochiq va ravshan, balki ushlash zaruriyatining oqibatida vujudga kelgan bo'lishi 
zarar. 
Jinoyat kodeksining 101-moddasida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarar choralari 
chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o'ldirganlik uchun, 108-moddasida esa, ijtimony xavfli qilmish sodir etgan 
shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og'ir shikast yetkazganlik uchun 
javobgarlik nazarda tutilgan. 
Ko'rsatilgan jinoyat-huquqiy normalarning tahlili, Jinoyat kodeksida jinoyatchini ushlash choralari chegarasidan 
chetga chiqish oqibatida uning badaniga og'ir shikast yetkazilishigacha ruxsat beriladi, degan xulosa qilish imkonini 
beradi. Ushlash choralaridan chetga chiqishda ehtiyotsizlik bilan har qanday darajadagi shikast yetkazish hamda tajovuz 
qilayotgan shaxsni ehtiyotsizlik orqasida o'ldirilganligi uchun mudofaalanuvchi javobgarlikka tortilmaydi. 
Tergov va sud amaliyotida u yoki bu qilmishni zaruriy mudofaa, oxirgi zararat yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir 
etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish, deb topishda ularni sodir etilish belgilariga ko'ra farqlash masalasida 
ma'lum bir qiyinchiliklar mavjud. Shu bilan birga, qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qila olish -

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish