O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
12.6. Retsidiv jinoyatlar
Retsidiv so'zi jinoyat huquqida jinoyat fakti hodisasining qaytarilib turishi, kriminologiyada esa, ijtimoiy hodisa 
sifatida jinoyatchilikning qaytarilib turishiga nisbatan ishlatiladi. Shunga ko'ra, jinoyat huquqida retsidiv jinoyat sodir 
qilish tushunchasi, kriminologiyada ishlatiladigan retsidiv jinoyatchilik tushunchasidan farq qiladi. Jinoyat huquqida 
retsidiv jinoyat sodir qilish tak-rorlangan yuridik faktga nisbatan ishlatilsa, kriminologiyada jinoyatchilikning tizimida 
ijtimoiy hodisa sifatida takrorlangan jinoyatchilikka nisbatan ishlatiladi. Kriminologiyada shaxsning ilgari sodir etgan 
jinoyati tegishli davlat organiga ma'lum bo'lgan va ro'yxatga olingandan keyin, yangi jinoyat sodir etishni retsidiv 
jinoyat sodir etish, deb tushuniladi. 
Retsidiv jinoyat tushunchasi ilk bor 1919-yilgi «RSFSR jinoyat huquqi bo'yicha boshqaruv asoslari»ning 12-
moddasi, «g»bandida belgilangan. Unda sudlar jazo tayinlashda jinoyat professional jinoyatchi (retsidiv) tomonidan 
yoki ilk bor sodir etilganligini hisobga olishlari kerakligi belgilangan edi. O'zbekiston Respub-likasining 1994-yilda 
qabul qilingan amaldagi Jinoyat kodeksida retsidiv jinoyatlarning quyidagi turlari: 
1) oddiy retsidiv; 
2) xavfli retsidiv 
3) o'ta xavfli retsidiv ajtatilgan. 
Jinoyat kodeksining 34-moddasida retsidiv jinoyat tushunchasiga ta'rif berilgan. Unga ko'ra, shaxsning ilgari 
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat, deb topiladi. 
Demak, quyidagi hollarda jinoyatlar retsidiv jinoyat, deb aytiladi: 
a) ilgari jinoyati uchun sudlangandan keyin yangi jinoyat sodir etishi; 
b) birinchi hukm yuridik oqibatlari yoki muddat o'tishi natija-sida yoxud boshqa tartibda hali tugamagan davrda jinoyat 
sodir etishi. 
Jinoyat huquqi doktrinasida «haqiqiy retsidiv jinoyat» tushunchasi mayjud bo'lib, bu tushuncha shaxs 
tomonidan ikkita yoki undan ko'p jinoiy qilmishlar sodir etganlikning barcha hollarini, subyektda awalgi qilmishlari 
uchun sudlanganligi bor-yo'qligidan qat'iy nazar, qamrab oladi. 
Qonuchilik va sud amaliyoti jinoyatchilar shaxsi xavfliligi darajasini jazo muddatini belgilashda muhim omil 
sifatida e'tirof etadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 54-moddasida «Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning 
xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, 
aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi», deyilgan. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1996-yil 19-iyuldagi «Jinoiy jazo choralarini tayinlash amaliyoti 
to'g'risida»gi qarorida sudlar og'ir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qattiq jazo choralari qo'llashi lozimligi 
belgilangan. Jinoyatchi shaxsining yuqori darajada xavfliligini ta'kidlashga, uni retsidivistlar toifasiga kiritishga va 
tegishlicha unga nisbatan jazo muddatini oshirishga imkon beradigan yuridik jihatdan jiddiy alomatlarga e'tibor qaratish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Jinoyat kodeksining 34-moddasi, 2-qismiga asosan ilgari hukm qilingan jinoyatga o'xshash jinoyat sodir etgan, 
ushbu kodeksda alohida ko'rsatilgan hollarda esa, «Maxsus» qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan 
shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat, deb topiladi. Oddiy retsidivdan farqli ravishda xavfli 
retsidiv qonun chiqaruvchi tomo-nidan ba'zi jinoyat tarkiblari uchun kvalifikatsiya qilish belgisi sifatida baholanadigan 
belgi kabi ta'riflanadi. Bunday holatda sodir etgan jinoyati uchun ilgari ozodlikdan mahram etilgan shaxs yana o'sha 
jinoyatga o'xshash qilmishni sodir etsa, xavfli retsidivist, deb topiladi. Shaxsni xavfli retsidivist, deb topish uchun 
bundan boshqa protsessual qarorga ehtiyoj bo'lmaydi. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1997-yil 2-may-dagi «Sud hukmi to'g'risida»gi 2-sonli qarorida 
«Xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etilishi bir qator jinoyatlarning tavsif-lash belgisi hisoblanadi va jiddiyroq 
jazo choralarini qo'llashga olib keladi. Shu sababli bu holat shaxs dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishida 
ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinayotganda ko'rsatib o'tilgan bo'lishi lozim va keyinchalik bu sud 
hukmimng tavsif qismida ham o'z aksini topishi kerak»
1
, deb ta'kidlangan. 
Shaxsni o'ta xavfli retsidivist, deb topish uchun unga nisbatan besh yildan kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo'lgan yangi jinoyat sodir etishi, ya'ni: 


82 
a) ilgari o'ta og'ir jinoyati uchun yoki ikki marta og'ir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan 
kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan o'ta og'ir jinoyat sodir etilishi; 
b) oldin-keyinligidan qat'iy nazar, og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bo'lmagan 
muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og'ir jinoyat sodir etishi o'ta xavfli retsidiv jinoyat, 
deb topiladi. 
Shaxsni faqat sudning hukmi bilangina o'ta xavfli retsidivist, deb topish mumkin. Bundan tashqari, shaxsni o'ta 
xavfli retsidivist, deb topish uchun boshqa davlatlarning hukmlari ham e'tiborga olinadi. Shaxsni o'ta xavfli retsidivist, 
deb topish bir qator huquqiy oqibatlarga sabab bo'ladi: 
1) o'ta xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etganlik «Maxsus» qismning ko'p moddalarida qonun chiqaruvchi 
tomonidan tasniflovchi yoki alohida tasniflovchi belgi sifatida baho-lanadi; 
2) o'ta xavfli retsidivist erkaklar ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni maxsus tartibli koloniyalarda, ayollar esa, 
qattiq tartibli koloniyalarda o'taydilar; 
3) o'ta xavfli retsidivistlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi muddatining bir qismini turma qamog'ida saqlash tarzida 
o'tash tayinlanishi mumkin; 
4) ularga nisbatan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etishni qo'llashning bir qancha cheklashlari belgilanishi 
mumkin; 
5) ularga nisbatan shartli ravishda jazo tayinlash, jazo muddatidan ilgari shartli ozod etish va jazoni yengilrog'i bilan 
almashtirish qo'llanilmaydi; 
6) o'ta xavfli retsidivistlarga nisbatan sudlanganlikni olib tashlashning alohida tartibda belgilanadi. 
Retsidiv jinoyat ham quyidagi huquqiy oqibatlarga sabab bo'ladi: 
1) retsidiv jinoyat uchun jazo tayinlashda og'irlashtiruvchi holat sifatida Jinoyat kodeksining 56-moddasi, «n» bandi 
asosida hisobga olinadi; 
2) Jinoyat kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha jazo tayinlashning alohida tartibiga sabab 
bo'ladi; 
3) shartli hukm qilishga to'sqinlik qiladi (Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi); 
4) jazoni haqiqiy muddatini uzaytirish uchun, jazo o'tash muddatidan ilgari shartli ozod qilishda hisobga olinadi 
(Jinoyat kodeksining 73-moddasi). 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish