2.2. O'zbekiston Respublikasining amaldagi
Jinoyat kodeksi «Umumiy» va «Maxsus» qismlari
mazmuni hamda tuzilishi
1994-yil 22-sentabrda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi qabul qilindi. Ushbu Jinoyat
kodeksi 1959-yilda qabul qilinib 1995-yil 1-aprelgacha amalda bo'lgan Jinoyat kodeksidan tamomila farq qiladi.
Jinoyat kodeksi muayyan tizim asosida tuzilgan bo'Ub, u ikki -«Umumiy» va «Maxsus» qismlarga bo'linadi.
Ushbu ikki qism birgalikda bir butun yaxlitlikni tashkil etadi, ammo ayni paytda ular o'z normalarining mohiyati,
mazmuniga ko'ra bilan tubdan farq qiladi.
«Umumiy» qism yetti bo'lim, o'n yetti bobdan iborat.
Birinchi bo'lim
- O'zbekiston Respublikasining jinoyat qonunining umumiy qoidalari deb nomlanib,
kodeksning vazifalari, prinsiplari kodeksning amal qilish doirisini belgilovchi birinchi bob va kodeksning O'zbekiston
hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi, kodeksning O'zbekiston hududidan tashqarida jinoyat
sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi, qonunning vaqt bo'yicha amal qilishini belgilovchi ikkinchi bobdan iborat.
Ikkinchi bo'lim —
«Javobgarlik asoslari» jinoyat tushunchasi, jinoyatlarni tasniflash, jinoyat uchun javobgarlik
va uning asoslari, javobgarlikka tortilishi lozim bo'lgan shaxslar, ayb va uning shakllari, jinoyatda ishtirokchilik,
takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmuyi, retsidiv jinoyat tushunchasini ifodalovchi normalardan iborat.
,
Uchinchi bo 'Urn —
«Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar», ularning turlari, kam ahamiyatli
qilmishlar, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish,
13
buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish, kasb yoki xo'jalik faoliyati bilan bog'liq asosli tavakkalchilik tushunchalarini
ifodalovchi normalarni o'z ichiga oladi.
To'rtinchi bo 'Urn —
«Jazo va uni tayinlash» jazo tushunchasi va maqsadlari, jazo tizimi, jazo tayinlashning
umumiy asoslari, jozani yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlar, yengilroq jazo tayinlash, tamom bo'lmagan va
ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash, bir
necha hukm yuzasidan jazo tayinlash, jazolarni qo'shishni hisoblash qoidalari, dastlabki qamoq vaqtini hisoblash, jazo
muddatlarini hisoblash tartibini belgilovchi normalardan iborat.
Beshinchi bo'lim —
«Javobgarlik va jazodan ozod qilish» javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish, qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilish, aybdorning o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilish, yarashganlik munosabati bilan jazodan ozod qilish, kasallik tufayli javobgarlikdan ozod
qilish, amnistiya akt asosida javobgarlikdan ozod qilish, jazoni ijro etish muddati o'tib ketganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilish, shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish,
shartli jazo belgilash, jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrog'i bilan almashtirish,
kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo'qotishi oqibatida jazodan ozod qilish, sudlanganlik tushunchalarini ifodalovchi
normalardan iborat.
Oltinchi bo'lim —
«Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari» jazo tizimi, jarima, axloq tuzatish
ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish, jazo tayinlash, majburlov choralarini qo'llagan holda javobgarlikdan yoki
jazodan ozod qilish, majburlov choralari, jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish, jazoni
yengilrog'i bilan almashtirishdan iborat.
Yettinchi bo'lim -
«Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari» majburlov choralarining maqsadlari, ularni
qo'llashning umumiy asoslari, turlari, tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini tayinlash, muddatini uzaytirish, o'zgartirish
va bekor qilish, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo'liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo'sindagi
choralarni qo'llash tartiblarini belgilovchi normalardan iborat.
Jinoyat kodeksning «Maxsus» qismida jinoyat, deb hisobla-nuvchi muayyan ijtimoiy xavfli qilmishlar (harakat
yoki harakat-sizlik) va ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan jazo choralari ko'rsatilgan. Jinoyat
kodeksining «Maxsus» qismi ham muayyan bo'lim va boblardan iborat. Mazkur bo'linishlarning asosiy belgisi ~
ularning muayyan turga oid belgilariga taalluqliligi. Har bir bobda bir-biriga turdosh munosabatlar guruhining tarkibiy
qismi bo'lgan muayyan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadigan barcha jinoyatlarning to'la ro'yxatini berish ko'zda
tutilgan. Shu o'rinda A.S. Yakubovning «Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tizimini tuzish uchun maxsus obyekt
asos bo'lishi kerak», fikri katta ahamiyatga ega.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, «Maxsus» qismni quyidagi qismlarga bo'lamiz. Jumladan:
Birinchi bo'lim
- «Shaxsga qarshi jinoyatlar». Bu awalgi kodeks-lardan farqli ravishda jamiyatimizda huquqiy,
demokratik tamoyillarini amalga oshirish yo'lida jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida
insonning mavqeyi yuqori darajaga ko'tarilganligidan dalolat beradi. Respublikamiz Jinoyat kodeksi «Maxsus» qismida
shaxs hayoti, sog'lig'i, ozodligi, sha'ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlarning birinchi o'ringa qo'yilganligi va ular'
uchun ancha og'ir jazolar belgilanganligi O'zbekiston Respublikasining BMT a'zosi sifatida 1948-yil 10-dekabrda qabul
qilingan «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi»da ko'rsatilib оtilganidek, inson haq-huquqlarini himoya qilish
majburiyatiga amal qilayotganligi, shu bilan birga, Konstitutsiyamizning 2, 13, 18-moddalarida ko'rsatilgan normalarga
izchil rioya qilinayot-ganligining yaqqol namunasidir. Bu bo'lim quyidagi: «Hayotga qarshi jinoyatlar» (1-bob),
«Sog'liqqa qarshi jinoyatlar» (2-bob), «Hayot yoki sog'liq uchun xavfli jinoyatlar» (3-bob), «Jinsiy erkinlikka qarshi
jinoyatlar» (4-bob), «Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar» (5-bob), «Shaxsning ozodligi, sha'ni va qadr-
qimmatiga qarshi jinoyatlar» (6-bob), «Fuqarolarning Konstitut-siyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar» (7-
bob).
Ikkinchi bo'lim
— «Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar» — «Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga
qarshi jinoyatlar» (8-bob), «O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» (9-bob).
Uchinchi bo'lim ~
«Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar» bo'limida awalgi Jinoyat kodekslaridan farqli o'laroq,
mulkning hamma turlariga nisbatan sodir qilingan jinoyatlar uchun bir xilda jazo belgilanadigan bo'ldi. Bu bo'lim
quyidagi tartibda tashkil topgan: «O'zgalar mulkini talon-taroj qilish» (10-bob), «O'zgalar mulkini talon-taroj qilish
bilan bog'liq bo'lmagan jinoyatlar» (11-bob); «Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar» (12-bob), «Xo'jalik faoliyati
sohasidagi jinoyatlar» (13-bob).
To'rtinchi bo'lim -
«Ekologiya sohasidagi jinoyatlar» uchun Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida birinchi
marta alohida bir bo'limda javobgarlik belgilandi. Buni esa, Jinoyat kodeksining alohida sifat belgisi deyishimiz
mumkin. Bu bo'lim quyidagi tartibda tashkil topgan: «Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish
sohasidagi jinoyatlar» (14-bob).
Beshinchi bo'lim
- «Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi
jinoyatlar» - «Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar» (15-bob), «Odil sudlovga qarshi jinoyatlar» (16-bob).
Oltinchi bo'lim -
«Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar» - «Jamoat xavfsizligiga qarshi
jinoyatlar» (17-bob), «Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar» (18-bob), «Giyohvandlik
14
vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar» (19-bob), «Jamoat
tartibiga qarshi jinoyatlar» (20-bob).
Yettinchi bo'lim -
«Harbiy xizmatni o'tash tartibiga qarshi jinoyatlar» - «Bo'ysunish va harbiy sha'nga rioya etish
tartibiga qarshijinoyatlar» (21-bob), «Harbiy xizmat o'tash tartibiga qarshi jinoyatlar» (22-bob), «Harbiy mulkni saqlash
yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar» (23-bob), «Harbiy mansabdorlik jinoyatlari» (24-bob).
Sakkizinchi bo'lim —
«Atamalarning huquqiy ma'nosi»da ayrim kiritilgan atamalarning huquqiy ma'nosi ochib
berilgan.
«Maxsus» qism moddalari «Xususiy moddalar» deb ham nomlanadi. Chunki ularda ko'zda tutilgan jinoyat
torlarining belgilari va unga muvofiq jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qo'llanadigan jazo choralari ham o'z aksini
topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |