O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


«Jinoyat huquqi» fani va uning predmeti



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
1.3. «Jinoyat huquqi» fani va uning predmeti
Jinoyat huquqi 
jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va shartlari, jinoyat va jazo tushunchalari, ularning mohiyati, 
jinoyat huquqi-ning institutlari va normalari, ularning amalda qo'llanilishi va ahamiyati, jinoyatchilikka qarshi kurash 
natijalarini yaxshilash maqsadida jinoyat qonunini amalda qo'llash an'analari haqidagi g'oyalar, fikrlar, qarashlar, 
konsepsiyalar va huquqiy bilimlar majmuyini ifodalovchi yuridik fandir. 
«Jinoyat huquqi» fani 
— yuridik fanlar tizimi (yurispru-densiya)dagi mustaqil huquqiy fan bo'lib, jinoyat 
huquqi, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurash yo'llari va vositalari haqidagi jamiyatda ayni vaqtda hukm surayotgan 
qarashlar, g'oyalar va fikrlar tizimidan iborat. 
«Jinoyat huquqi» fanining predmeti huquqiy hodisalar va jarayonlar bo'lganligi uchun u yuridik fanlar tizimiga 
kirsa ham, bir vaqtning o'zida ijtimoiy (gumanitar) fanlarning bir tarmog'i ham hisoblanadi. 
Ay'nan shuning uchun ham «Jinoyat huquqi» fani jinoyat qonunchiligining obyektiv hodisa va jarayonlar bilan 
bog'liqlikda o'rganadi, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishning nor-mativ huquqiy bazasini shakllantirish 
yo'nalishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tavsiyalar va O'zbekiston Respublikasi Oliy davlat qonunchilik 
organiga takliflar 
(de lege ferenda)ni 
ishlab ehiqish maqsadida huquqni muhofaza qilish va huquqni qo'llash umaliyoti 
bo'yicha impirik bilimlar va materiallarni umumlashtiradi va tahlil qiladi. 
«Jinoyat huquqi» fanining predmeti jinoyat-huquqiy tartibga solish predmetidan kengroq bo'lib, jinoyat huquqiy 
tartibga solish predmetini jinoyat huquqi tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tashkil etsa, «Jinoyat 
huquqi» fanining predmeti — jinoyat qonuni va uning amal qilish muammolari, shuningdek, jinoyat qonuni normalarini 
qo'llash amaliyoti hisoblanadi. 
Shunday qilib, «Jinoyat huquqi» fanining predmeti ikki asosiy institutdan: jinoyat va jazodan iborat. Jinoyat 
huquqi ushbu institutlarning rivojlanishi va o'zgarishini jinoyatchilikka qarshi kurash maqsadida ularni o'rganadi. 
«Jinoyat huquqi» fanining asosiy vazifalaridan biri — aniq ytimoiy-siyosiy holatlardan kelib chiqib, jinoyat 
qonunini amalda qo'llashning keng umumlashtirilgan asoslari bo'yicha jinoyat qonunchining amalda qo'llash va ularning 
samaradorligini oshirish hisoblanadi. 
Demak, «Jinoyat huquqi» fani o'rganadigan predmet: 
a) jinoyat qonunini ilmiy sharhlash; 
b) qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyoti bo'yicha tavsiyalar ishlab ehiqish; 
d) jinoyat huquqining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o'rganish; 
e) milliy va xorijiy huquqiy tizimlarni ilmiy-qiyosiy tahlil qilish; 


10 
f) jinoyat huquqining ijtimoiylik xususiyatidan kelib chiqib, qilmishlarni kriminalizatsiya qilish (qilmishlarni jinoyat, 
deb lopish) yoki dekriminalizatsiya qilish, jinoyat-huquqiy tartibga solish mexanizmi, jinoyat qonunchiligining 
qo'llanishi, jinoyat-chilik darajasi, tuzilishi va dinamikasi tushunchalari orqali jinoyat qonunchiligini real o'rganish; 
g)xalqaro jinoyat huquqiga oid muammolar bo'yicha ilmiy ladqiqotlar olib borish. 
Yuqoridagilarga asoslanib, «Jinoyat huquqi» fani zamonaviy huquqiy fan sifatida quyidagi vazifalari mavjud: 
1. Ma'lum bir ijtimoiy shart-sharoitlarga ta'sir qiluvchi amal-dagi jinoyat qonunlar hamda uning normalari bo'yicha 
tizimli va kompleks tadqiqotlar o'tkazish; 
2. Umuman jinoyat qonunlari va ularning alohida institutlari, ularning umumlashtirilgan va alohida qo'llanilishining 
tahlili borasida, shuningdek, u yoki bu ijtimoiy holatlarni kriminalizatsiya yoki dekriminalizatsiya qilish bo'yicha 
prognoz berish; 
3. Jinoyat qonunlarini qabul qilish, ularga o'zgartirish va qo'-shimchalar kiritish, shuningdek, uning amal qilishi va 
qo'llanishi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishda davlat organlarining qatna-shishini ta'minlash;
4. Xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunlarini o'rganish va ularning ijobiy tomonlarini O'zbekiston Respublikasi jinoyat 
qonunlariga kiritish va amaliyotda sinab ko'rish (xususan, shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, bozor 
iqtisodiyoti, tinchlik va insoniyat xavfsizligi masalalari bo'yicha qonunchilikdagi yangi normalarni qo'llash borasida); 
5. Jinoyat huquqining rivojlanish yo'llarini ilmiy jihatdan asoslash va prognoz qilish, huquqiy-demokratik davlatning 
mohiyati, vazifalari va prinsiplariga to'liq mos keluvchi jinoyat qonunchiligi konsepsiyalarini ishlab chiqish. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish