O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


«Jinoyat huquqi» fanining boshqa huquqiy fanlar (ma'muriy huquq



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
1.4. «Jinoyat huquqi» fanining boshqa huquqiy fanlar (ma'muriy huquq,
jinoyat protsessi, kriminologiya) bilan bog'liqligi. Jinoyat huquqining 
 «Umumiy» va «Maxsus» qismlari
Jinoyat huquqi— 
huquq tizimidagi huquq sohalari bilan o'zaro bog'liqlikda bo'lib, ulardan ayrimlari bilan 
o'xshashUgi ham mavjud. Lekin jinoyat huquqini boshqa huquq sohalaridan farqlay olish kerak; 
Jinoyat huquqi boshqa huquq sohalaridan o'zining predmeti, vazifalari va tartibga solish uslublari bilan farq 
qiladi. 
Jinoyat huquqining boshqa huquq sohalari — kriminologiya, jinoyat ijroiya huquqi, kriminalistika, jinoyat 
protsessi, ma'muriy huquq va shu kabi huquq sohalaridan farqli va o'xshash tomonlari mavjud. 
Kriminologiya jinoyatchilik, uning sabablari, jinoyatchi shaxsi va jinoyatlarning oldini olishni o'rganadi. Jinoyat 
huquqining predmeti jinoyat qonunchiligi hisoblansa, kriminologiyada jinoyatchilik, uning sabablari, vujudga kelish 
shart-sharoitlari, o'sish darajasi, jinoyatchining shaxsi va jinoyatlarning oldini olish chora-lari o'rganiladi. 
Kriminologiyada ham jinoyat huquqi singari jinoyat qonunchiligi muammolari bo'yicha tadqiqotlar olib boriladi, lekin 
bunday vaziyatda kriminologiyaning metodi sotsiologik xususiyatga ega bo'ladi. 
Kriminologiyaning jinoyat huquqi bilan bog'liqligi shundaki, latent jinoyatchilik, jinoyatchilikning tarkibiy 
ko'rsatkichlari liisoblangan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, retsidiv guruh tomonidan sodir etilgan, zo'ravonlik bilan 
sodir etilgan, shuningdek, g'ayriqonuniy muomala vositalarining qurol-yarog' va giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlar 
darajasi haqidagi kriminologik ma'lumotlar jinoyat qonunchiligi, uning tartibga solish mexanizmi ishlash darajasini 
taqqoslash uchun qo'llaniladi. 
Shuningdek, jinoyatchining shaxsi haqidagi mavjud kriminologik ma'lumotlar, ya'ni ijtimoiy-demografik, 
ijtimoiy-psixologik belgilar — jinoiy javobgarlik va jazo tayinlash uchun asos sifatida jinoyat huquqining 
«jinoyatchining shaxsi», deb nomlangan toifasini to'ldiruvchi ishonchli statistik ma'lumotlar bo'lib xizmat qiladi. 
Jinoyat-ijroiya huquqi — 
sud hukmlari bo'yicha jazoni ijro etish tartibini belgilaydi va bu borada vujudga 
kelgan ijtimoiy munosa-batlarni tartibga soladi. 
«Jinoyat-ijroiya huquqi» fani jinoiy jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralarini ijro etish jarayonida jazoning 
maqsadi, uni amalga oshirish va jazoni qo'llash natijalarini o'rganadi. 
Jinoyat-ijroiya huquqi jazo, kriminal retsidivi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluychi holatlar kabi 
masalalar bo'yicha jinoyat huquqi bilan bevosita bog'liqdir.
Kriminalistika - 
sodir etilgan jinoyatga oid dalillanni topish, mustahkamlash va tadqiq qilish, shuningdek, 
jinoyatchi shaxsini aniqlash va qidiruv ishlarini amalga oshirish usul, uslub va vositalari tizimini o'rganuvchi fandir. 
«Jinoyat huquqi» fani kriminalistika bilan bevosita bog'liq bo'lib, jinoyat huquqi boshqa fanlar, sud 
psixiatriyasi, sud tibbiyoti, sud psixologiyasi kabilardan foydalanib, qilmish va jinoyatchining ijtimoiy xavflilik 
darajasini belgilash, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchi shaxsiga baho berish hamda jinoyat tarkibining 
barcha elementlarini aniqlashda kriminalistikaga tayanadi. 
Jinoyat protsessi va jinoyat huquqi o'zaro bog'liq fanlar bo'lib, ular birgalikda yurisprudensiyada «moddiy va 
protsessual jinoyat huquqi», deb ataladi. Jinoyat huquqi jinoyat huquqiy munosa-batlarning moddiy asosini belgilab 
bersa, jinoyat protsessi jinoyat-huquqiy munosabatlarning protsessual tartibini asoslab beradi. 
Jinoyat huquqi - jinoiy qilmishlar doirasi, javobgarlik asoslari va prinsiplari, jazo tayinlash, jazo turlari va 
chegaralarini, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar haqidagi moddiynormalarni belgilab bersa, jinoyat 
protsessi jinoyat ishlarini yuritish, jinoyatlarni ochish, jinoyat ishlarini ko'rib chiqib hal qilish bo'yicha huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini belgilovchi protsessual normalar majmuyini ifodalaydi. 
Ma'muriy huquq — 
ma'muriy huquqbuzarlik, ma'muriy javobgarlikka tortish asoslari va tartibi, ma'muriy 
ishlarni ko'rib chiqish tartibini belgilab beruvchi hamda o'rganuvchi fandir. 
Ma 'muriy huquq — 
ma'muriy huquqbuzarlik bilan jinoyatlar o'rtasidagi chegarani belgilash, ma'muriy va jinoiy 
jazo sanksiyalari, jinoiy qilmishning ma'muriy huquqbuzarlikka aylanishi va aksincha, ma'muriy huquqbuzarlikning 
kriminalizatsiya qilish bo'yicha jinoyat huquqi bilan bog'liq. 
Jinoyat qonunchiligidan kelib chiqib, «Jinoyat huquqi» fani ikki qismdan iboratdir: 
l.«Umumiy» qism


11 
2. «Maxsus» qism. 
«Umumiy» qism jinoyat huquqining umumiy qoidalari va tushunchalarini o'z ichiga olib, unda jinoyat huquqi 
tushunchasi, o'rganish predmeti va metodlari, vazifalari, prinsiplari, jinoyat va jinoyatchilik tushunchalari, jinoyat 
tarkibi, jinoiy javobgarlik tushunchasi va asoslari, jazo tayinlash, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar 
kabi masalalar o'rganiladi. 
Jinoyat huquqining «Maxsus» qismida esa, har bir aniq jinoyat, uning tarkibi, ushbu jinoyat uchun javobgarlik 
hajmi, javobgarlikni og'irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar, jazo tayinlash kabi masalalar o'rganiladi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish