2.4. Jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilishi
Jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilishi hududiylik luqarolik, universal va aniqlik prinsiplariga
asoslanadi.
Jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilishi haqidagi masala muhim siyosiy ahamiyatga egadir, chunki bu
masala davlatimizning mustaqifligi va suveren huquqi bilan bevosita bog'liqdir.
Jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilishi Jinoyat kodeksining 11-12-moddalaridaberilgan. Jinoyat
kodeksining 11-mod-dasida O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladigan
qoidalar belgilab berilgan. Unga muvofiq qilmish:
1. O'zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to'xtatilgan bo'lsa;
2. O'zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O'zbekiston Respublikasi hududida yuz bergan
bo'lsa;
3. O'zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O'zbekiston hududidan tashqarida yuz bergan bo'lsa;
4. Bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan bo'lib, uning bir qismi
O'zbekiston hududida yuz bergan bo'lsa, O'zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat, deb topiladi.
O'zbekiston bayrog'i ostida yoki O'zbekiston portida ro'yxatga olingan dengiz yoki havo kemasi O'zbekiston
hududidan tashqarida bo'lib, chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun
ushbu kodeksga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Jinoyat kodeksi 11-moddasiga binoan jinoyatga tayyorgarlik yoki suiqasd qilish chet elda amalga oshirilib,
O'zbekiston hududida tugatilsa yoki jinoiy oqibat ro'y bersa, jinoyat respublika hududida sodir etilgan, deb hisoblanadi.
Ushbu moddadagi qoidalarga ko'ra, agar jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, dalolat qilish, yordamchilik chet el davlatlarida
sodir etilsa-yu, bajaravchi O'zbekiston Respublikasi hududida harakat qilgan bo'lsa, yoki aksincha, ishtirokchilik
O'zbekiston hududida ro'y berib, bajaravchi chet elda harakat qilgan bo'lsa, jinoyat O'zbekiston hududida sodir etilgan
hisoblanadi.
Agar qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi to'g'risidagi
masala O'zbekiston Respublikasi sudlariga tegishli bo'lmasa, ular O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan
holda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi.
Jinoyat kodeksining 11-moddasida ifodalangan
hududiylik prinsipi
shuni anglatadiki, bu prinsip davlat
hokimiyatining suverenitetidan kelib chiqadi va uning huquqda, xususan, jinoyat huquqida ifodalanishi hisoblanadi.
Davlat suvereniteti va hududiylik prinsipi davlat hokimiyatining muayyan hudud doirasida chegaralanganligi va uning
qonunlari ushbu hududdagina amal qilishini anglatadi. O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan har bir
shaxs uning O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs ekanligidan qat'iy
nazar, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortiladi. Yer kurasining
muayyan bir qismida O'zbekiston mustaqil hududga ega ekanligi uning suveren davlat bo'lishini ta'minlaydi. Davlatning
hududi deganda, O'zbekiston suvereniteti ostida bo'lgan hudud tushuniladi. Bu hudud quruqlik, suv va havo yo'llari
chegarasi bilan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi hududiga diplomatik va konsulliklar joylashgan chet davlatdagi hududlar ham kiradi.
Ular joylashgan hudud xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga ko'ra eksterritorial, ya'ni ularda jinoyat sodir
etilsa, mahalliy qonunga emas, balki ular qaysi davlat fuqarosi bo'lsa, o'sha davlatning milliy qonunchiligiga asosan
javobgarlik masalasi hal qilinadi. Shuning uchun diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasa-larida sodir etilgan
jinoyatlar O'zbekiston Respublikasi qonun-chiligi bilan javobgarlikka tortiladi. Respublikada boshqa davlatlarning
vakolatxonalari hududida sodir etilgan jinoyatlar ham shunday hal qilinadi. Vakolatxona hududi sifatida, nafaqat,
vakolatxona binolari, shuningdek, bu bino joylashgan yer uchastkasi, ushbu davlat hududi yurisdiksiyasida imunitetga
ega bo'lgan vakolatxona boshliqlari, xizmatchilari tomonidan egallangan yashash joylari, ularning mashinalari ham
hisoblanadi.
Agar jinoyat vakolatxona hududi yoki uning xizmatchilariga qarshi O'zbekiston hududida turib sodir etilsa,
O'zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan, boshqa hollarda esa, boshqa davlat hududida sodir etilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |