20
o'ylab qo'yilgan, to'satdan vujudga kelgan), jinoyat motivi va maqsadining o'zgarishi, shuningdek, jinoyat sodir etilgan
joy, vaqt, vaziyati bilan bog'liq jinoyatning xavflilik darajasi bilan belgilanadi.
Jinoyatning moddiy belgisi hisoblangan ijtimoiy xavflilik yuqoridagi xususiyatlardan tashqari, «ijtimoiy xavf
tug'dir-maydigan, ya'ni shaxs, jamiyat va davlatga zarar yetkazmaydi va zarar yetkazish xavfini keltirib chiqarmaydigan
kam ahamiyatli qilmishlar Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilariga formal jihatdan ega bo'lsa ham, jinoiy
qilmish (harakat yoki harakatsizlik), deb hisoblanmaydi», degan qoidani ham o'z ichiga oladi.
Demak, ijtimoiy xavflilik jinoyatning moddiy (tashqi) belgisini ifodalaydigan tarkibi hisoblanadi. Ijtimoiy
xavflilik jinoyatning moddiy belgisi bo'lsa, jinoyatning formal belgisi - uning
huquqqa xilofliligi
hisoblanadi.
Huquqqa xiloflilik
- ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanganligini ifodalaydi. Bu belgi
qonuniylik prinsipining «qonunda ko'rsatilmagan bo'lsa, demak jinoyatning o'zi yo'q», qoidasidan kelib chiqadi
(«Nullum crimen sine cupla»).
Huquqqa xiloflilik jinoyatning yuridik belgisi bo'lib, keng ma'noda:
•
birinchidan,
jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli va aybli qilmishlarning taqiqlanganligini;
•
ikkinchidan,
jazo qo'llash tahdidini bildiradi.
Bundan tashqari, bu belgi «Jinoyat qonunining analogiya bo'yicha qo'llanilishiga yo'l qo'yilmaydi», qoidasini ham o'z
ichiga oladi. Demak, jinoiy huquqqa xiloflilik deganda, jinoyatlarning jinoyat huquqiy normalarda ko'rsatilgan jazo
qo'llash tahdidi bilan taqiqlanishi tushuniladi.
Huquqqa xiloflilik ma lum bir ijtimoiy xavfli qilmishga qarshi kurashish -
davlatning mutlaq vakolati
ekanligidan darak beradi. Ya'ni qilmishni huquqqa xilof deb topish, uning davlat tomonidan ijtimoiy xavfliligini rasman
belgilanishini bildiradi. Qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanishi uning ma'lum darajada ijtimoiy xavfli, deb
topilganligini anglatadi. Shuning uchun ham qonunda qilmishning jinoyat, deb belgilanishi uning huquqqa xiloflilik
xususiyatini ko'rsatadi.
Shaxsning unday yoki bunday xulq-atvori, uning shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, g'ayriqonuniy,
deb topilgunga qadar jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Jinoyatning huquqqa xiloflilik belgisining mohiyati shundaki, huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ga u
yoki bu vakolatli mansabdor shaxslar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari) tomonidan qanday baho
berilishidan qat'iy nazar, bunday qilmish uchun qonunda javobgarlik belgilanmaguncha formal jihatdan ijtimoiy xavfli,
deb hisoblanmaydi. Jinoyat kodeksida («Maxsus» qismi) belgilangan jinoyat qonunlarini shartli ravshda ikki guruhga
bo'lish mumkin:
1) kriminologik jinoyatlar;
2) jinoyat huquqiy jinoyatlar.
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi ayrim moddalarida muayyan qilmish uchun ma'muriy jazo
qo'llanilganidan keyin yana sodir etilsa, jinoyat deb hisoblanadi. Masalan, qasddan badanga yengil shikast yetkazish
(Jinoyat kodeksining 109-moddasi), pornografik narsalarni tayyorlash yoki tarqatish (Jinoyat kodeksining 130-
moddasi), tuhmat (Jinoyat kodeksining 139-moddasi), haqorat qilish (Jinoyat kodeksining 140-moddasi) va hokazolar.
Bunday qilmishlar birinchi marta sodir qilinsa, jinoiy qilmish darajasidagi ijtimoiy xavfli tus olmaydi. Ammo bunday
qilmish ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa, ijtimoiy xavfli tus oladi va jinoyat, deb hisoblanadi.
Huquqqa xiloflilikni belgilashda Jinoyat kodeksining faqat «Maxsus» qismi normalariga tayanmasdan,
«Umumiy» qism institutlari ham e'tiborga olinishi shart. «Umumiy» qism normalari «Maxsus» qism normalarini
mustahkamlab, «Maxsus» qism normalarining buzilishi «Umumiy» qism normalarining buzilishiga olib keladi.
Jinoyat tushunchasini izohlashda ijtimoiy xavflilik va huquqqa xHoflilik jinoyatning asosiy va bir-biriga
aloqador belgilari ekanligini ko'rish mumkin. Jinoyatda ijtimoiy xavflilik belgisining mavjud emasligi o'z navbatida
huquqqa xiloflilikning mavjud emasligini bildiradi, ya'ni faqat jinoyat qonuni bilan ijtimoiy xavfli, deb topilgan
qilmishlargina huquqqa xilof hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: