Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


SOG„LOM TURMUSH TARZINI TARKIB TOPTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   414
Bog'liq
Туплам

 
SOG„LOM TURMUSH TARZINI TARKIB TOPTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-
SHAROITLARI 
 
Mahmudova M.M
1
., Akbarova G
2

O‘zbekiston milliy universiteti
1
, Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi akademik litsey
2
 
Faqatgina, mustaqil O‘zbekistonda inson manfaatlari, uning salomatligi va farovon yashashi 
davlat siyosati darajasiga aylangan.
 
Bundan ko‘rinib turibdiki, zamondoshlarimizning sog‘liklarini 
mustahkam bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishi uchun ob‘ektiv sharoitlar yaxshilanmoqda. Masalaning bu 
tomoni esa o‘zimizga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun har bir kishining o‘z tanasini parvarishi haqida 
bilim va malakaga ega bo‘lishi va buni o‘zining kundalik turmushida qo‘llashi eng muhim talab. Busiz 
sog‘lik va uzoq umr ko‘rish to‘g‘risida biror bir natijaga erishish umuman mumkin emas. So‘glom 
avlod va sog‘lom hayotni shakllantirish uchun quyidagi amaliy tavsiyalarni bajarish lozim: 
Sigareta, nos chekish va giyohvandlikka odatlanmaslik; 
Yog‘li ovqatlarni me‘yoridan ortiq iste‘mol qilmaslik, gazeta o‘qib yoki televizor ko‘rish 
paytida ovqatlanmaslik; 
Haddan ziyod asabiylashishni to‘xtatish; 
Kun davomida mobil telefonlarda uzoq vaqt suhbatlashmaslik; 
Qarmoqqa aylangan tarmoq va komputer o‘yinlaridan yoshlarni asrash ; 
Oilada va mahallada, ta'lim muassasasi hamkorligida tashkil etiladigan "ozodalik hashari", 
"daraxt ekish marosimlari"da faol ishtirok etish va farzandni ham bunga o'rgatish; 
Farzandini hamisha shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishiga odatlantirish; 
Har bir oilada tibbiy ekologik madaniyatga oid burchak tashkillash; 
―Ekologiya va sog‘lom hayot‖ mavzusiga oid ko‘rgazmalar sonini keskin orttirish; 
Radio, televideniya va ommabop jurnallarda ko‘proq ekologiya va salomatlikka oid 
ma‘lumotlar, reklamalar joylash; 
Mobil telefonlariga ―eko sms‖ lar jo‘natilishini tashkillash; 

Kuzatishlardan ma‘lum bo‗ldiki, hozirgi kunda aholi o‗rtasida, ayniqsa yoshlar organizmida turli


xil yuqumli kasalliklarni ko‗plab uchrashi, kamqonlik, raxit kasalligi, tug‗ma nogironlar sonini
ortib borishi, nafas olish a‘zolar kasalliklari, saraton, qon tomirlar va bo‗g‗im kasalliklari ko‗plab 
uchramoqda. Ushbu kasalliklarning sabablari aksariyat bir omilga, ya‘ni sog‗lom turmush tarzini
to‗g‗ri tashkil etmaslik, uning omillariga amal qilmaslik, avvalom bor oila muhitida ota-
onalarning farzandlarini o‗sib ulg‗ayishi organizmidagi bo‗ladigan o‗zgarishlarga e‘tiborsizligi
oqibatida kelib chiqishiga amin bo‗ldik. Ushbu muammolarni hal etish maqsadida ta‘lim-
tarbiya sohasida pedagoglardan umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, allomalarimiz merosiga
tayangan holda tabiiy fanlarni o‗qitilishida darsning didaktik maqsadini, shuningdek, bobdagi
mavzularning ta‘limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini yoritilishida sog`lom turmush 
tarzini tarkib toptirishning metodlarini o`qitish shakllari-dars, darsdan tashqari va sinfdan tashqari 
mashg‗ulotlarda tadbiq qilib borishini maqsad qilib olish zarur. Buning uchun o‗qituvchi o‗zi va
talaba uchun qulay bo‗lgan yo‗llarni, usul va o‗qitish shakllarini izlaydi, pedagogik texnologiya 


416 
asosida sog‗lom turmush tarzi ko‗nikmalarini tarkib toptirish tizimi o`rganiladi. 
Sog‗lom turmush tarzini tarkib toptirishda ta‘lim jarayonida quyidagi vazifalarga amal
qilinishi zarurligi aniqlandi: 
1. O‗quvchilarni muntazam bilim olishini ta‘minlash, ularda bilim olish ehtiyojini 
rivojlantirish, STTga oid bazaviy o‗quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish; 
2. O‗quvchilar tibbiy ta‘lim jarayonida ijodiy mustaqil fikrlashni, kasb tanlashga va o‗zgalar 
salomatligini saqlash ko‗nikmalarini hosil qilish;
3. STTni tarkib toptirish metodlarini dars samaradorligini oshirishga, ilmiy, tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi maqsadlarga uyg‗un ravishda bog‗liqligini ta‘minlash; 
4. Ehtiyotkorlik his-tuyg‗usini shakllantirish, xavfsizlikka doir bilimlar bilan qurollantirish; 
5. Tibbiy bilimlarni o‗qitishda STT tarkib toptirish modelini ishlab chiqish; 
6. Sog‗lom turmush tarzi asoslariga oid videolavhalardan, tadqiqot ishlardan foydalanish; 
7. Darslarni ilg`or pedagogik texnologiya asosida tashkillash, talabalar fikrlarini o‗rganish 
maqsadida interfaol metodlar (aqliy hujum, STT muammosi, dolzarb mavzu metodi ) va hokazolardan 
foydalanish. 
Ta`lim muassasalarda ta‘lim olayotgan yosh avlodlarda sog‗lom turmush tarzi ko‗nikmalarini 
tarkib toptirish, turmush tarzi davomida uchraydigan ko‗pgina kasalliklarning oldini olish maqsadida 
qator tibbiy-gigienik ko‗nikmalarni shakllantirish, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini o‗stirish, 
o‗quvchilar sog‗ligini saqlash ishiga ko‗maklashish ta‘lim-tarbiya ishining asosidir. Shu boisdan, 
tabiiy fanlar mazmunida sog‗lom turmush tarzi ko‗nikmalari asosida individual uslubni tarkib 
toptirishning pedagogik tadqiq etilishi, o‗quvchilarda turmush tarzi davomida o‗z hayoti faoliyatini
to‗g‗ri tahlil qilish va baholash ko‗nikmasini shakllantirib borish, hamda bu borada pedagoglarning 
tayyorgarligini oshirish maqsadida metodik ko‗rsatmalar ishlab chiqish muhim vazifalardan biridir. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish